Falsafa” fanidan oraliq nazorat ishi Toshkent-2023 y. 3 -variant topshiriq. Quyidagi jadvalni to‘ldiring
Download 57.49 Kb.
|
210-guruh Jo\'rayeva Sitora Oraliq nazorat ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy muammolar
- 2-topshiriq. Quyidagi mavzu asosida glossariy tuzing.
2-topshiriq. Quyidagi mavzu asosida glossariy tuzing. Xulosa chiqarish va uning turlari. Xulosa chiqarish deb, bir yoki bir necha hukmlardan ma’lum qoidalar asosida yangi hukmni keltirib chiqarishga aytiladi. Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo‘ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan xolda vujudga keladi. Bunday bilimlarni xosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi.Har qanday xulosa asos, xulosa va natijadan iborat bo‘ladi. Yangi hukumni yasashga asos bo‘ladigan boshlang’ich hukumlar xulosaning asoslari deyiladi. Mantiqiy yo‘l bilan asoslardan olingan hukm xulosa deyiladi. Asoslardan xulosaga mantiqiy o‘tish natija deyiladi. Asoslar o‘rtasidagi ularning mazmuniga ko‘ra aloqa asoslar bilan xulosa o‘rtasidagi mantiqiy ergashuv munosabatlarini nazarda tutadi. Agar hukmlar bir-biri bilan mazmuniga ko‘ra bog‘lanmagan bo‘lsa, unda ulardan xulosa chiqarish mumkin emas. Asoslar o‘rtasida mazmunli aloqa mavjud bo‘lganida biz mulohaza jarayonida quyidagicha ikki shartga rioya qilgan holda yangi chin bilimni olishimiz mumkin: birinchidan, boshlang‘ich hukmlar - xulosaning asoslari chin bo‘lishi kerak; ikkinchidan, mulohaza jarayonida xulosaning mantiqiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishini nazarda tutadigan natija qoidalariga rioya qilish lozim. Masalan, «Aristotel-mantiq fanining asoschisi» va «Platon yunon faylasufidir» degan ikki chin muloxazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Chunki bu muloxazalar o‘rtasida mantiqiy aloqadorlik yo‘q. Xulosa asoslari va xulosa xam o‘zaro mantiqan bog‘langan bo‘lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo‘ladi. Bu qoidalar buzilsa, to‘g‘ri xulosa chiqmaydi. Masalan «Talaba Alisher – a’lochi» degan muloxazadan «Talaba Alisher– odobli», deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko‘ra, aniqrog‘i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko‘ra xamda xulosa asoslarining soniga va fikrning xarakat yo‘nalishiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. Хulosa chiqarishning 3 ta asosiy turi mavjud . Download 57.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling