Falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Formal mantiqning asosiy qonunlari (prinsiplari)
Download 29.17 Kb.
|
Mantiq
Formal mantiqning asosiy qonunlari (prinsiplari).
Yuqorida aytib o’tilganidek formal mantiq fikrlar o’rtasidagi aloqani tadqiq etadi. Bu aloqa va bog’lanishlar biz ularni bilishimiz yoki bilmasligimizdan qat'iy nazar mavjud bo’ladi. Chunki bizning tafakkurimiz borliqning in'ikosidir. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar bir-biri bilan bevosita va bilvosita aloqada bo’ladi. Mana shu aloqadorlik bizning tafakkurimizda in'ikos etadi. Formal mantiq qonunlari tafakkurga xos bo’lib fikrning to’g’ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va yetarli asosga ega bo’lishini ta'minlaydi. Formal mantiq qonunlari ob'ektiv xarakterga ega. Bu qonunlarga rioya qilish to’g’ri fikrlashni ta'minlaydi. 1.Ayniyat qonuni. Har qanday fikr mulohaza jarayonida aniq, qat'iy mazmunga ega bo’lishi lozim. Bu tafakkurga xos xususiyatdir. Ayniyat qonuniga ko’ra har qanday fikr mulohaza jarayonida o’ziga aynan bo’lishi lozim. (A-A dir yoki A q A). Ayniyat qonuniga asosan turli mazmunga ega fikrlar aynan bo’lmaydi yoki aynan fikrlar aynansiz bo’lmaydi. Bu qoidani buzish bir fikrni tilda turli xil ifodalashga olib keladi. Masalan, «Osmon ibodatxonasi Pekinda joylashgan» va “Osmon ibodatxonasi Xitoy poytaxtida joylashgan” mulohazalarida predikatlar mazmunan turli xil bo’lsada, lekin aynan hisoblanadi. Boshqa jihatdan turli ma'noga ega bir so’zni aynan deyish ham noto’g’ri. Masalan, “yuz tuzilishi” da “yuz” so’zi qiyofa va soni anglatishi mumkin. Biroq ular ikkalasi aynan emas. Turli mazmundagi tushunchalarni aynan deb qabul qilish shu tushunchalarni bilmasdan yoki ongli ravishda buzib amalga oshiriladi. Bu mantiqda tushunchalarni almashtirish deyiladi. Tildagi omonim va sinonimlar ham ba'zan turli fikrlarning o’zaro aynanlashtirilishiga olib keladi. Shu bilan birga bir tushuncha turli sohalarda turlicha tushuniladi. O’zaro munozara jarayonida raqibini aldash yoki chalg’itish maqsadida ayniyat qonunini ataylab buzib, tushunchalarni almashtirish holatlari ham uchraydi. Bu ta'limot sofistika deb ataladi. Adabiyotdagi ma'lum bir janrlarda turli ma'nodagi bir xil so’zlar ishlatiladi. Shu bilan birga adabiyotdagi o’xshatish, bo’rtirish, kichraytirish uslublarida ham ayniyat qonuni buziladi, lekin bu adabiy uslubning o’ziga xos jihatidir. Ayniyat qonuni tafakkurning barcha element va shakllariga xos bo’lgan umumiy mantiqiy qonundir. 2. Nozidlik qonuni mantiqiy mulohaza ziddiyatsiz bo’lishi bilan xarakterlanadi. Ziddiyatlilik mulohazani buzadi, bilish jarayonini qiyinlashtiradi. Tafakkurning ziddiyatsizligi talabi formal mantiqning nozidlik qonunida o’z ifodasini topadi. Nozidlik qonuniga ko’ra ikki zid mulohaza bir vaqtda yoki ayni bir nisbatda birdaniga to’g’ri yoki birdaniga xato bo’la olmaydi har doim ulardan biri to’g’ri bo’lsa, ikkinchisi xato bo’ladi. Bu tamoyil qo’yidagicha ifodalanadi A va A emas formulasi ? (R G`g` ? R) R va R emas bir vaqtda chin bo’la olmaydi. ? - belgisi inkorni anglatadi. Nozidlik qonuni barcha sig’ishmaydigan munosabatlar qarama-qarshi va zid munosabatlarga ta'luqli. Bir vaqtda va bir munosabatda biron-bir predmet haqida tasdiqlab aytilgan fikrga zid ravishda shu predmet haqida inkor etib aytilgan fikr o’z fikriga qarshi chiqishdir. Agar biz ikki predmetdan bir-biriga bir belgini xos desak, ikkinchisiga esa shu belgini xos emas desak yoki bir predmetga bir belgini xos desak, shu predmetga ikkinchi belgini xos emas desak nozidlik qonuni buzilmaydi. Agar bir predmetga ma'lum belgini xos desak, ma'lum vaqtdan keyin shu predmetga o’sha belgini xos emas desak nozidlik qonuni buzilmaydi. Bir predmet turli munosabatda olinsa ham nozidlik qonuni buzilmaydi. Nozidlik qonuni mantiqiy fikrlashning tub mohiyatidan biri tafakkurning ziddiyatsiz, izchillikni ifodalaydi. Undan ongli foydalanish o’zimiz va o’zgalarning fikridagi ziddiyatni bartaraf etish har qanday noaniqlikka tanqidiy munosabat bildirish imkoniyatini beradi. Fikrimizdagi izchillik bizning faoliyatimizga ham izchillik bag’ishlaydi. 3.Uchinchisi istisno qonuni. Nozidlik qonuni barcha sig’ishmaydigan munosabatdagi hukmlarga ta'luqli bo’lsa uchinchisi istisno qonuni faqat zid munosabatdagi hukmlarga xosdir. U qo’yidagicha ifodalanadi: bir predmet haqidagi ikki zid fikrning biri to’g’ri ikkinchisi noto’g’ri, uchinchisi istisno bo’ladi. Masalan, «qor oqdir», “qor oq emas”, “qor sariqdir” degan mulohazalarning birinchisi to’g’ri, ikkinchisi noto’g’ri, uchunchisi istisnodir. Chunki «qor sariqdir» degan mulohaza «qor oq emas» degan mulohaza hajmiga kiradi. Zid munosabatdagi hukmlarning biri predmetlar sinfining bir qismiga xos xususiyat va munosabatni tasdiqlaydi, ikkinchisi esa shu predmetlarning boshqa qismiga shu xususiyat va munosabatni inkor etadi. Ularning har ikkalasi bir vaqtda to’g’ri yoki bir vaqtda noto’g’ri bo’la olmaydi. Bundan tashqari zid munosabatdagi hukmlardan biri predmetga ma'lum xususiyat va munosabatni ta'luqli ekanligini tasdiqlaydi, ikkinchisi esa aynan shu predmetga shu xususiyat va munosabatni xos ekanligini inkor etadi. Masalan, “Traktor mashinadir” va “Traktor mashina emas”. Uchinchisi istisno qonuni qo’yidagi formula bilan ifodalanadi: R v R. Uchinchisi istisno qonuni nozidlik qonunidek fikrimizning izchil, ziddiyatsiz bo’lishini ta'minlaydi. Uchinchisi istisno qonuni ikki zid fikrning aynan qaysi to’g’riligini ko’rsatmaydi, lekin ulardan biri har doim xato bo’lishini bildiradi. Bu qonunning ahamiyati shundaki haqiqatni izlashga yo’nalish beradi. Uchinchisi istisno qonuni ma'lum bir mazmundagi savolga bir paytni o’zida ham “ha” ham “yo’q” deb javob bermasdan aniq ulardan birini tanlashni talab etadi. Shu bilan birga ikki zid fikrni oralig’ida uchinchisi bo’lmasligini anglatadi. 4. yetarli asos qonuni. Bizning u yoki bu fakt, jarayon, hodisa haqidagi fikrimiz chin yoki xato bo’lishi mumkin. Chin fikrni biz uni chinligini ya'ni voqelikga mos kelishini ko’rsatishimiz lozim. Masalan, o’qituvchi o’quvchilarga ta'lim berish jarayonida o’zi ifodalayotgan fikrlarni asoslab berishi lozim. Shundagina u o’quvchilar uchun ishonarli bo’ladi. Fikrning asosli bo’lishi talabi yetarli asos qonuniga ifodalanadi. Har qanday fikr chin hisoblanadi, agar u yetarli asosiga ega bo’lsa. Agar V mavjud bo’lsa uning asosi A ham mavjud bo’ladi. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar o’zining asosiga ega bo’ladi. Mantiqiy fikrlash jarayonida, fikrimizning ifodalashda mana shu asosni ko’rsatish muhim rol o’ynaydi. Insonning shaxsiy tajribasi fikrning yetarli asosga ega bo’lishini ta'minlaydi. Ba'zi mulohazalarning chinligi uni bevosita voqelik bilan taqqoslash bilan tasdiqlanadi. Lekin ba'zi hollarda insonning shaxsiy tajribasi ma'lum bir fikrlarni asoslashga yetarli bo’lmaydi. Shu sababli u bu o’rinda boshqalar tajribasiga tayaniladi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida inson o’z fikrini asoslashda qonunlar, aksiomalar, tamoyil, qoidalarda ifodalangan butun insoniyat tajribasiga murojaat qiladi. Ilmiy qonun va aksiomalarning chinligi insoniyat tajribasida isbotlangan, shuning uchun qayta tasdiq talab etmaydi. Shu sababli bu qonun va aksiomalar doirasiga kiruvchi alohida holatlarni qayta isbotlash zarurati yo’q. Fan-texnika yutug’iga asoslanib biz har qanday hodisani tajribada sinab tasdiqlamaymiz. Demak, har qanday fikrning yetarli asosi avval isbotlangan, hamda undan mantiqan yuqoridagi fikr kelib chiqadigan chin fikr hisoblanadi. Agar A mulohazaning chinligidan V mulohazaning chinligini kelib chiqsa A mulohaza V mulohaza uchun asos bo’ladi. Oqibatning asosga bog’liqligi ob'ektiv borliqning tafakkurda in'ikosi hisoblanadi, shu jumladan xodisalar o’rtasidagi sabab – oqibat aloqadorligi ham. Lekin bu in'ikos bevosita bo’lmaydi. Ba'zi hollardagina mantiqiy asos hodisalar sababi bilan mos kelishi mumkin. Ko’p hollarda esa bunday bo’lmaydi ham. Shu sababli asos bilan natija o’rtasidagi bog’liqlikni sabab-oqibat bog’lanishidan faqlash lozim. Asoslilik – mantiqiy tafakkurning muhim xususiyatlaridandir. Barcha holatlarda biz ma'lum bir fikrni bildirganda, suhbatdoshlarimizni ishontirishga harakat qilganda shu fikrni chinligini isbotlash uchun yetarli asoslar keltiramiz. Fan har doim ilgari surilgan g’oya va ta'limotlarni isbotlab beradi. Agar shu g’oya ta'limotlarni isbotlash uchun yetarli asos bo’lmasa u chin deb qabul qilinmaydi. Din esa o’z aqida va ta'limotlarini hech qachon tajribada isbotlab bermaydi. Ularga ishonish diniy e'tiqodni o’zidan kelib chiqadi. Mantiqdagi yetarli asos qonuni har xil irimlarni ham oqlamaydi. Masalan, yo’lda ketayotgan kishini yo’lini qora mushuk kesib o’tsa, go’yoki uni falokat kutishi bu uydirma hisoblanadi. Bunday irimlar ko’p hollarda tasodiflarga asoslanadi. Etarli asos qonuni muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Formal mantiq qonunlari (tafakkur qonunlari) fikrlash jarayonida demak fikrimizning aniq, izchil, ziddiyatsiz, asosli bo’lishini ta'minlar ekan. Ularni har biri bir-biri bilan uzviy bog’liq. Ulardan uzluksiz foydalanish kundalik turmush tarzida ham mulohazalarni chin bo’lishi uchun xizmat qiladi. Xulosa Xulosa qilib aytganda mantiq, ya’ni biz o‘rganayotgan formal mantiq tafakkurning shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fan sifatida bilish jarayoni bilan bog‘liq masalalarni ham tahlil qiladi. Shu o‘rinda insonning bilish jarayoni o‘z mohiyati va tabiatiga ko‘ra o‘zaro farq qiluvchi ikki bosqichdan iborat ekanligini ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Dastavval inson dunyoni sezgi, idrok, tasavvur kabi hissiy bilish shakllari orqali taniydi. Keyingi bosqich aqliy bilish bilan bog‘liq bo‘lib, u tafakkurning tushuncha, hukm va xulosa kabi shakllarida namoyon bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, hissiy bilishning asosiy shakllari uchta bo‘lib, ular sezgi, idrok va tasavvurdir. Hissiy bilishning bu uch zaruriy ko‘rinishlari muhim xususiyatlarga ega. Sezgilar olam narsalarining ayrim tomonlarini aks ettiradi. Chunonchi, olamni sezgilar vositasida aks ettirganimizda uning ba’zi tomonlari sariq, qizil, ko‘k rangda ekanligi, dumaloqligi ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Idrok sezgiga nisbatan ancha murakkab bo‘lib, u sezish asosida vujudga keladi. Download 29.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling