Falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 29.17 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi29.17 Kb.
#1588032
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mantiq


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI ANDIJON FAKULTETI 70-22 GURUH TALABASI
O’LMASBOYEV O’KTAMJONNING
FALSAFA FANIDAN TAYYORLAGAN


MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Mantiq fani predmeti, maqsadi va vazifalari
2022-2023 O’quv yili
Mavzu: Mantiq fani predmeti, maqsadi va vazifalari
Reja

Kirish
1. Mantiq fanining predmeti va ahamiyati.


2. Mantiq fani va til.
3. Formal mantiqning asosiy qonunlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Mantiq fani tafakkurning quyidagi qonunlarini o’rganadi. Ayniyat qonuni. Ob’yektiv voqelikdagi predmet va hodisalarning doimo o’zgarib turishiga qaramay, ularda nisbiy barqarorlik mavjud, u o’z ifodasini ayniyat qonunida topadi. Predmetlar va hodisalar bir holatdan ikkinchi holatga o’tib turadi, lekin ular ma’lum vaqtda ma’lum xususiyatlarni saqlab qoladi, o’sha ma’lum predmetli yoki hodisalik holatidan chiqib qolmaydi. Masalan, ilgari bizga tanish bo’lgan biror odamni ma’lum muddat o’tgandan so’ng ko’rsak, uning anchagina o’zgarib qolishiga qaramay, baribir tanib olamiz. Ayniyat qonuni fikralsh jarayonida fikrning aniqligini, muayyanligini ifodalaydi. Nisbiy barqarorlik tufayli tabiat va jamiyatdagi predmetlar va hodisalar hamda ularning inson ongidagi in’ikosi bir-biri bilan aralashib ketmaydi, shu tufayli odamlar fikrlash jarayonida bir necha ma’noli so’zlarni, iboralarni ishlatmaslikka harakat qiladi. Ayniyat qonunini quyidagicha ifodalash mumkin: ma’lum bir predmet va hodisa haqida aytilgan ayni bir fikr, ayni bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda o’z-o’ziga tengdir. U «A-Adir» formulasi orqali beriladi. Biror fikrni ma’lum bir ma’noda, ma’lum bir mazmunda bayon qilar ekanmiz, o’z muxokamamiz davomida fikrning shu mazmunida saqlab qolishimiz kerak. Aks holda fikr yuritishda chalkashlik, turli hatolar kelib chiqishi mumkin. Bilishda ayniyat qonunining ahamiyati katta. Bu qonunga asoslanib suxbatdoshdan to’g’ri fikr bilan hisoblashishni talab qilish mumkin.

Download 29.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling