Falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Download 58.83 Kb. Pdf ko'rish
|
ibn sinoning falsafiy qarashlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- TURGʻUNOVA XOSIYATXONNING FALSAFA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI NAMANGAN 2023
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI UNIVERSITY OF BUSINESS AND SCIENCE NODAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASASINING SIRTQI TA’LIM SHAKLI “BOSHLANG’ICH TA’LIM” YO’NALISHI 1-BOSQICH 22.20-GURUHI TALABASI TURGʻUNOVA XOSIYATXONNING FALSAFA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI NAMANGAN 2023 ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARI REJA: 1. Kirish 2. Abu Ali ibn Sinoning hayoti va ijodiy faoliyati. 3. Ibn Sino dunyoqarashining o’ziga xos xususiyatlari 4. Ibn Sino fan va ta’lim haqida 5. Xulosa 6. Foydalangan adabiyotlar KIRISH Sharq dunyosining buyuk mutafakkiri Abu Ali al-Xusayn ibn Abdulloh ibn al- Xasan ibn Ali ibn Sino 980 yili Buxoro yaqinidagi Afshona (hozirgi Isfara) qishlog’ida, somoniylar davlatining kichik bir amaldori oilasida tug’ildi. Uning otasi Abdulloh asli Balxdan bo’lib, ibn Sino besh yoshligida oilasi bilan Buxoroga ko’chib keladi. Ibn Sino onasining ismi Sitorabonu bo’lib, u haqda ismidan boshqa ma’lumotlar mavjud emas. 985 yili Ibn Sinolar oilasi Buxoroga ko’chib kelgan, otasi Abdulloh uni boshlang’ich musulmon maktabiga o’qishga beradi. O’rta Osiyoga arablar kirib kelganlaridan so’ng maktablar xalq ommasiga islom dinini singdirish o’chog’iga aylangan edi. Bu maktablarga bolalar besh-olti yoshligidan qabul qilinib, unda diniy kitoblar o’qitilar, o’qish va yozishga o’rgatilar edi. O’sha davrdagi maktablarda savod chiqarish va bilim olish juda qiyin edi. Shunga qaramay u juda yoshligidan ilm-fanga qiziqdi, iste’dodi va zehnining o’tkirligi va qobiliyatining kuchliligi bilan o’z tengdoshlaridan ajralib turar va o’z bilimi bilan hammani hayratda qoldirar edi. Ibn Sino 12 yoshlaridayoq har tomonlama bilimdon bo’lib etishgan va har xil fanlardan o’zi mashg’ulot o’tib borgan. O’zidan katta yoshdagi bolalar kelib undan ta’lim oladigan bo’lgan. Tushki ovqatgacha u bolalarni o’qitgan, mashg’ulotdan keyin o’z talabalari bilan har xil o’yinlarda qatnashgan. Ibn Sino oilada maktabdagiga nisbatan tamomila boshqacha sharoitda tarbiyalangan. Uning otasi Abdulloh davlatmand, bilimdon kishi bo’lib, u ko’proq Ismoiliylar ta’limotining muxlisi edi. Uning uyiga bilimdon, erkin fikr yurituvchi kishilar tez-tez kelib turishar, har xil ilmiy bahslashishlar olib borilar edi. “Ular, - deb yozadi Ibn Sino, -falsafa, handasa (geometriya) va hind hisobi haqida ham suhbatlashar edilar”. Download 58.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling