Falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 58.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana24.06.2023
Hajmi58.83 Kb.
#1653478
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ibn sinoning falsafiy qarashlari



 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
UNIVERSITY OF BUSINESS AND SCIENCE 
NODAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASASINING 
SIRTQI TA’LIM SHAKLI 
“BOSHLANG’ICH TA’LIM” YO’NALISHI 
1-BOSQICH 22.20-GURUHI TALABASI 
TURGʻUNOVA XOSIYATXONNING 
FALSAFA FANIDAN TAYYORLAGAN 
 
MUSTAQIL ISHI 
 
 
NAMANGAN 2023 


ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY 
QARASHLARI
 
REJA:
 
 
1. Kirish 
2. Abu Ali ibn Sinoning hayoti va ijodiy faoliyati. 
3. Ibn Sino dunyoqarashining o’ziga xos xususiyatlari 
4. Ibn Sino fan va ta’lim haqida 
5. Xulosa 
6. Foydalangan adabiyotlar 
 


KIRISH 
 
Sharq dunyosining buyuk mutafakkiri Abu Ali al-Xusayn ibn Abdulloh ibn al-
Xasan ibn Ali ibn Sino 980 yili Buxoro yaqinidagi Afshona (hozirgi Isfara) 
qishlog’ida, somoniylar davlatining kichik bir amaldori oilasida tug’ildi. Uning otasi 
Abdulloh asli Balxdan bo’lib, ibn Sino besh yoshligida oilasi bilan Buxoroga 
ko’chib keladi. Ibn Sino onasining ismi Sitorabonu bo’lib, u haqda ismidan boshqa 
ma’lumotlar mavjud emas. 
985 yili Ibn Sinolar oilasi Buxoroga ko’chib kelgan, otasi Abdulloh uni 
boshlang’ich musulmon maktabiga o’qishga beradi. O’rta Osiyoga arablar kirib 
kelganlaridan so’ng maktablar xalq ommasiga islom dinini singdirish o’chog’iga 
aylangan edi. Bu maktablarga bolalar besh-olti yoshligidan qabul qilinib, unda diniy 
kitoblar o’qitilar, o’qish va yozishga o’rgatilar edi. O’sha davrdagi maktablarda 
savod chiqarish va bilim olish juda qiyin edi. Shunga qaramay u juda yoshligidan 
ilm-fanga qiziqdi, iste’dodi va zehnining o’tkirligi va qobiliyatining kuchliligi bilan 
o’z tengdoshlaridan ajralib turar va o’z bilimi bilan hammani hayratda qoldirar edi. 
Ibn Sino 12 yoshlaridayoq har tomonlama bilimdon bo’lib etishgan va har xil 
fanlardan o’zi mashg’ulot o’tib borgan. O’zidan katta yoshdagi bolalar kelib undan 
ta’lim oladigan bo’lgan. Tushki
ovqatgacha u bolalarni o’qitgan, mashg’ulotdan 
keyin o’z talabalari bilan har xil o’yinlarda qatnashgan. 
Ibn Sino oilada maktabdagiga nisbatan tamomila boshqacha sharoitda 
tarbiyalangan. Uning otasi Abdulloh davlatmand, bilimdon kishi bo’lib, u ko’proq 
Ismoiliylar ta’limotining muxlisi edi. Uning uyiga bilimdon, erkin fikr yurituvchi 
kishilar tez-tez kelib turishar, har xil ilmiy bahslashishlar olib borilar edi. “Ular, - 
deb yozadi Ibn Sino, -falsafa, handasa (geometriya) va hind hisobi haqida ham 
suhbatlashar edilar”. 

Download 58.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling