Falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
ABU ALI IBN SINONING HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI
Download 58.83 Kb. Pdf ko'rish
|
ibn sinoning falsafiy qarashlari
2. ABU ALI IBN SINONING HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI Ibn Sino yosh bo’lsa ham, har xil fanlar sohasida uyida olib boriladigan suhbatlarni diqqat bilan tingladi va uqib olishga harakat qildi. Ibn Sino o’zi yozib qoldirgan tarjimai holida “...Lekin ularning fikriga qushilgim kelmasdi” 1 deb yozgan bo’lsa ham, lekin uning olim sifatida voyaga etgandan keyingi faoliyati chuqur o’rganilsa, Ismoiliylar ta’limotiga yaqinlashganligini sezish qiyin emas. Ibn Sinoning bolalik va o’smirlik davrlarida Buxoro Sharqning eng yirik madaniy markazlaridan hisoblanar edi. Shaharning shimol tomonida joylashgan eng yirik Farjak madrasasi ham bo’lgan. Akademik V.V.Bartold “История культурной жизни Туркестана” degan asarida X asrda Samarqandda 17 madrasa bo’lganligini yozadi. Bulardan tashqari, Buxoroda ko’plab musulmon maktablari, kasalxona va katta kutubxona bo’lgan. Dunyoning turli mamlakatlaridan keltirilgan nodir kitoblar sotiladigan alohida shahobchalar ham bo’lgan. Shaharda juda ko’p qonunshunoslar, olim, faylasuflar, me’mor va tabiblar yashagan. Buxoroga turli mamlakatlardan olimlar kelib turar, ular ilmiy bahslashuvlarda qatnashishi bilan, yoshlarga ta’lim ham berar edilar. Shu olimlardan birining rahbarligida Ibn Sino hind hisobini o’rganishga kirishadi va keyinchalik fiqh (musulmon qonun-shunosligi) dan tortishuv va bahslashuvlarda e’tiroz bildirish usullarini o’rganib olish uchun boshqa bir o’qituvchi oldiga qatnaydi va uni ham muvaffaqiyatli o’zlashtirib oladi. Ibn Sinoning otasi o’g’lining o’tkir zehnini sezgach, Buxoroga kelgan faylasuf Abu Abdulloh Notiliyni o’z uyiga taklif qilib, o’g’li bilan falsafa, mantiq (mantiq), geometriya va boshqa qator dunyoviy fanlardan mashg’ulot olib borishni topshiradi. 1 Abu Ali ibn Sino tarjimai holi. Toshkent. “Fan”, 1980, 13-14 betlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling