Falsafa fanidan testlar to‘plami falsafa nimani o‘rgatadi?


Xo‘ja Ahmad Yassaviy tariqatining mohiyati nimada?


Download 39.82 Kb.
bet6/21
Sana29.01.2023
Hajmi39.82 Kb.
#1140337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
TESTLAR JAVOBI. (1)

41. Xo‘ja Ahmad Yassaviy tariqatining mohiyati nimada?
a) dunyoning o‘tkinchi ekanligini bayon qilib, kishilarni insof-diyonatli bo‘lishga chaqiradi;
b) kishilarni tarki dunyochilikka chaqiradi;
v) narigi va bu dunyo ne’matlaridan lazzatlanishga chaqiradi;
g) kishilarni ma’rifatlilikka chaqiradi.
42. Tasavvuf ta’limoti va uning Markaziy Osiyodagi tariqatlari:
a) Xamadoniy, Arslonbob, Xo‘ja Ahror; b) Mahdumi A’zam, Boharziy, Said Kulol;
v) Naqshbandiya, Yassaviya, Kubroviya; g) Xojagoniy, Zikri-Hufiya, Mavlaviya.
43. Amir Temur siyosati mohiyatan nechta tarkibli mazmunga ega?
a) Eron, Xorazmshoxlar, Hind va Xitoy saltanati tajribalarini o‘zida mujassam etadi;
b) Turk-mo‘g‘ul va islom shariati qonun va qoidalariga amal qiluvchi siyosatdir;
v) Movarounnahr, Xuroson, Xorazm ijtimoiy muhitidagi siyosiy manfaatlarni yoqlab chiquvchi siyosatdir;
g) faqat islom shariat qonun va qoidalariga izchil amal qiluvchi siyosatdir.
44. Mirzo Ulug‘bekning tarixiy ahamiyatga ega asarlari qanday nomlanadi?
a) «Ziji Ko‘ragoniy», «Temur tuzuklari»; b) «To‘rt Ulus tarixi», «Harakati as-samoviya»;
v)«Tarixi arba’ ulus», «Ziji Ko‘ragoniy»; g)«Usturlob xaqida risola», «Osmon jismlarining aylanish sferasi».
45. A.Navoiy ijtimoiy taraqqiyotni xarakatga keltiruvchi kuch deb nimani tushungan? a) adolatli jamiyat qurish uchun umumxalq xarakati;
b) ma’rifatli shoh yoki buyuk kishilar;
v) muayyan maqsad sari faoliyatlari yo‘naltirilgan ijtimoiy guruxlar;
g) iloxiy qobiliyat ato etgan kishilar.
46. XVI-XIX asrlarda Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy tushkunlikning tub sabablari nimada?
a) dunyoviy fanlarning o‘qitilmasligi;
b) Ortodoksal islomning jamiyatda xukmron mafkuraga aylanishi;
v) Xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy-madaniy aloqalarda dengiz yo‘llarining ahamiyati tobora oshib borishi;
g) «a», «b» va «v» xollarda;
47. «Muqimiy, Furqat, Avaz O‘tar - ma’rifatparvar shoirlar» degan fikr ostida qanday ijtimoiy qarashlar mavjud?
a) ular - xalqni dunyoviy bilimlar bilan qurollantirib mustamlakachilikdan ozod qilmoqchi bo‘ldilar;
b) ular - xalqni o‘qimishli, savodxon bo‘lishga chaqirib adolatli jamiyat qurmoqchi bo‘ldilar;
v) ular - adolatsizlikning bosh sababchisi deb ma’rifatsizlikdir deb tushungan;
g) ular - ma’rifatlilik deganda faqat dunyoviy ilmlar orqali xalqni qayta tarbiyalab demokpatik jamiyat qurmoqchi bo‘ldilar.

Download 39.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling