Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo`lg`usi pedagoglarda o`qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


Download 61.5 Kb.
bet11/15
Sana05.01.2022
Hajmi61.5 Kb.
#217248
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-mavzu

Dinning asosiy ildizlari. Din qonuniy hodisa sifatida vujudga kelgan bo’lib, u insonning g’ayrioddiy narsalar va hodisalarga bo’lgan e’tiqodini to’yintiruvchi chuqur ildizlarga egadir.

Dinning psixologik ildizi avvalo inson tabiatida mavjud bo’lib, u inson intellektining rivojlanish darajasi va tanqidiy fikrlash qobiliyatidan qat’iy nazar, nafaqat tushunish, anglash, balki e’tiqod qilish istagi va hattoki ehtiyojining hamisha namoyon bo’lishidir.

Dinning gnoseologik ildizlari oqilona bilim nuqtayi nazaridan dunyo o’z rang-barangligida insonga cheksiz murakkab bo’lib tuyulishida namoyon bo’ladi. Forobiy fikricha “Din nazariy va amaliy qonunlar tuzilgan paytdagina odamlar e’tiqodi, ta’limi tarbiyasi yo’llari ishlab chiqilgandagina paydo bo’ladi va mustahkamlanadi. Ana shunday din tufayli omma baxt saodat uchun yetarli bilim olishi mumkin”1. Odamzod o’zini qurshagan borliqni faqat qisman anglab yetadi. Ayni shu sababli olam inson uchun sirlar va mo’jizalarga to’ladir. Odamzod o’zi e’tiqod qiladigan ko’p narsalarni faqat aqlga tayanib isbotlashga ham, rad etishga ham qodir bo’lmaganidek, yuqorida zikr etilgan sirlar va mo’jizalarga javob to’ishga ham (balki hozircha) qodir emas. psixologlar qayd etganidek, «o’ta mushkul vazifa aqlni o’tmaslashtiradi», inson yechimsiz muammolar qarshisida o’zini ojiz his qiladi va aql dalillarini uydirma, g’ayrioddiy narsalar bilan osongina to’ldiradi.


Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling