Falsafa fanining seminar mashg’ulotlari savollari 7-Mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’rifiy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi


Download 29.9 Kb.
bet5/7
Sana02.01.2022
Hajmi29.9 Kb.
#190452
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Falsafa 7-mavzu Sobirov Ziyodbek BBI-50 savollarga javoblar

Madaniyat funksiyalari. Ijtimoiy hodisa sifatida madaniyat ko‘p sonli funksiyalarni bajaradi. U insonning bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi, ijtimoiy tajribani avlodlarga qoldirish va boshqa xalqlar madaniyatini o‘zlashtirish vositasi sifatida informativ funksiyani bajaradi. Madaniyatning rivojlanishi u boshqa madaniyatlar bilan aloqa qilishini taqozo etadi.

Madaniyat normativ funksiyani ham bajaradi: u muayyan sivilizatsiyada shakllangan me’yorlarni amalga joriy etadi, shuningdek, o‘z me’yorlari va qadriyatlarini yaratib, ularni inson hayoti va faoliyatining barcha jabhalariga tatbiq etadi.

Ijtimoiy-madaniy jarayonda davlat hayoti qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etadi: ideokratik, teokratik yoki siyosiy davlat boshqa-boshqa madaniy mo‘ljallarga tayanadi. Davlat o‘z negizini mustahkamlaydigan me’yorlarning ustunligini ta’minlaydi va o‘ziga tahdid solishi mumkin bo‘lgan me’yorlarni siqib chiqaradi. O‘z navbatida, madaniyat ham ijtimoiy tajribani saralash, uni ramziy tizimlarda mustahkamlashni amalga oshiradi.

Madaniyatning yana bir muhim funksiyasi insonni kamol toptirish hisoblanadi: individ madaniyatni o‘zlashtirish jarayonida shaxsga aylanadi. Madaniyat normativ tartibga solinadigan faoliyat sanalgani bois, u qadriyatlarni yaratish sohasi sifatida namoyon bo‘ladi. Madaniyat hodisalari ijtimoiy o‘zgarishlarni boshqaradi, ularni ijtimoiy muhim maqsadlarni amalga oshirishga yo‘naltiradi. Madaniyat qadriyatlari mazkur hamjamiyatda ijtimoiy mo‘ljal berish va tartibga solish funksiyasini bajaradi. Madaniyat ijtimoiy munosabatlar tizimiga xizmatlar ko‘rsatadi, bu erda yuz beruvchi o‘zgarishlar va siljishlarni belgilaydi va tayyorlaydi, inson xulq-atvorini tartibga solishni ta’minlovchi maxsus mexanizmlarni yaratadi. Bu, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita tartibga solish bo‘lishi mumkin (huquq, axloq, taqiq). Bu, jamiyatning, u yoki bu qadriyatlari va talablarini aks ettiruvchi ba’zi bir harakatlarni bajarishni buyurish orqali amalga oshiriladigan bilvosita tartibga solish bo‘lishi ham mumkin.

Hozirgi zamon tarix falsafasida, tarixiy jarayon mantig‘i va yo‘nalishini tushuntirishga nisbatan ikki asosiy yondashuv:


Download 29.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling