Dogmatizm – tanqidiy nuqtayi nazardan tekshirmay, aniq sharoitni hisobga olmay koʻrkoʻrona fikr yuritish usuli.
Rasionalizmning mohiyati nimadan iborat? Ratsionalizm – aqlni bilish va odamlar xulq-atvorining asosi deb e’tirof etadigan falsafiy yoʻnalish. Ratsionalistlar haqiqiy bilimga falsafiy mushohada va tafakkur orqaligina erishish mumkin degan gʻoyani ilgari suradilar.
Bilishning maqsadi nima? Ilmiy bilimlarni hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy uyg'unlikka erishish.
Haqiqatning mezoni nima?
Bilish darajalari falsafaning qaysi yo`nalishida o`rganiladi? Gnotseologiya
Mantiq fanining o`rganish ob’ektini aniqlang. Tafakkur, uning shakllari va to'g'ri fikr yuritish qonunlari
Tafakkurning mantiqiy shakllarini aniqlang. 3 ta: tushuncha, mulohaza(hukm), xulosa
Mulohaza(hukm)ning tarkibiy tuzilishini aniqlang. Ikki qismdan iborat: 1. Predmet, ya'ni subyekt (S) . 2. Predmetga tegishli bo'lgan belgi (obyekt) (P)
«Hamma С–Пdir». Ushbu formula hukmning qaysi turiga tegishli ekanligini aniqlang. Umumiy tasdiq hukmlar
«Hech bir С–П emas». Ushbu formula hukmning qaysi turiga tegishli ekanligini aniqlang. Umumiy inkor hukmlar
«Ba’zi С–Пdir». Ushbu formula hukmning qaysi turiga tegishli ekanligini aniqlang. Juz'iy tasdiq hukmlar
«Ba’zi С–П emas ». Ushbu formula hukmning qaysi turiga tegishli ekanligini aniqlang. Juz'iy inkor hukmlar
Tushunchaning hajmi ... Shu tushunchada ifodalanayotgan barcha narsa va hodisalarning yig'indisi
Tushunchani chegaralash ...hajmi keng tushunchadan hajmi tor tushunchaga tomon harakatlanishdir. Masalan, “telefon” tushunchasidan “Samsung” telefoni tushunchasiga oʻtsak, telefon tushunchasining hajmini chegaralagan boʻlamiz
Tushunchani umumlashtirish ... tushunchani chegaralashning aksi boʻlib, hajmi tor tushunchadan hajmi keng tushunchaga qarab harakatlanadi. Masalan, “Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti” tushunchasi mazmunidan faqat ungagina xos boʻlgan tur belgilarni chiqarib tashlasak, “universitet” tushunchasini hosil qilamiz.
Taqqoslanadigan tushunchalarning o`ziga xos xususiyatini aniqlang. Ular umumiy belgilarga ega boʻlib, hajmi va mazmuni jihatidan bir-biriga yaqin boʻladilar. Masalan, “oʻqituvchi” va “oʻquvchi” tushunchalari taqqoslanadigan tushunchalar hisoblanadi.
Taqqoslanmaydigan tushunchalarning o`ziga xos xususiyatini aniqlang. Bir-biri bilan uzoq aloqada boʻladi va koʻp hollarda moddiy boʻlishdan boshqa umumiy belgiga ega boʻlmagan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, “Malibu avtomobili” va “olma daraxti” tushunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar hisoblanadi.
Sig`ishadigan tushunchalar o`rtasidagi munosabatlarni aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |