Falsafa madaniyat tizimida Falsafa va fan Falsafa va san'at Falsafa va din Falsafa va jamiyat


Download 20.3 Kb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi20.3 Kb.
#1472497
1   2   3   4
Bog'liq
FALSAFANING JAMIYaTDAGI O‘RNI

Falsafa va din
Din ham falsafa kabi dunyoqarashlardan biridir. Shu tufayli ularning taqdiri avval boshdan chatishib ketgan. Falsafa ham, din ham dunyoning dunyoqarash ta'rifini yaratadi, tafakkurning ma'lum usullari va qadriyatlar tizimini shakllantiradi. Diniy ongni tashvishga solgan voqyea-hodisalar ko‘pincha falsafiy tafakkur sohasiga ham dahldor. Bularning hammasi falsafa va dinni birlashtiradi. Biroq ular o‘rtasida prinsipial farqlar ham mavjud.
Mantiqiy ratsional asoslarga suyanadigan falsafadan farqli o‘laroq din e'tiqodga asoslanadi. Dinning mana shu prinsipial xususiyatini xristian cherkovi otalaridan biri Avgustin quyidagi postulatni ifodalaganda qayd etgan: «Tushunish uchun ishonaman». E'tiqod prinsipining haddan ziyod ifodasini Tertullan bergan: «Ishonaman, chunki – bema'ni (absurd)dir».
Har qanday din aqida (dogma)larga asoslangan. Ularning asosida Xudo tomonidan yuborilgan vahiy – o‘gitlar, tamoyillar va muqaddas ilohiy matnlar yotadi. O‘zining «ilohiy» tusdaligi tufayli muqaddas matnlar o‘zgarmasdir, ularga shubhali qarash esa - Xudoga shak keltirishdir. Falsafiy tafakkur hyech qachon u yoki bu darajada aqidaparast bo‘lmagan desak, xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. Biro­q u ko‘pincha hur fikrli bo‘lgan.
Din bilan falsafa o‘rtasidagi munosabat turli davr va har xil mintaqalarda turlicha tushunilgan hamda ifodalangan. Bir xil ta'limotlarda falsafa - bu «dinning yo‘ldoshi va emishgan opa-singlisidir»: ikkalasi ham bitta, yagona bilish mavzusiga ega, biroq mulohaza usuli bilan farqlanadi (Ibn-Rushd); boshqasida u – o‘z bekasi ilohiyotning yuvosh xizmatkori (P.Damiani), uchinchi ta'limotlarda esa haqiqiy falsafa - dinning muxolifi va batamom qarama-qarshisidir deyiladi (K.Marks, F.Nitsshe, B.Rassel). O‘rta asr yevropasida falsafiy hur fikrlikka qarshi katolik cherkovi tomonidan inkvizitsiya qo‘llanilgan, XX asrda esa SSSRda falsafiy ateizm diniy dunyoqarashga qarshi urush e'lon qildi.
Har qanday rivojlangan diniy tizim hamisha o‘z aqidalarini tasdiqlash uchun falsafaning mantiqiy-metodologik vositasidan foydalangan va foydalanmoqda. Shu bois katolitsizm, islom, buddaviy va boshqalarning falsafiy doktrina, ta'limotlari to‘g‘risida gapirish mumkin. Diniy g‘oyalarga asoslangan tomizm va netomizm, tasavvuf, teyyardizm kabi falsafiy yo‘nalishlar ham mavjud.


Download 20.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling