Falsafa ma’ruzalar matni


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/27
Sana15.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#481
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27

 
 
 
 

Tayanch tushunchalar 
Ilk o’rta asrlar falsafasi, «Qur’on», hadislar, islom falsafasi, islomdagi mazhablar, tasavvuf, tasavvuf oqimlari. 
 
Takrorlash uchun savollar 
 
1. Islom dini to’g’risida nimalarni bilasiz? 
2. Tasavvufda komil inson taomilini Siz qanday tasavvur qilasiz? 
3. Tasavvufdagi kubraviya, yassaviya va naqshbandiya tariqatlari to’g’risida nimalarni bilasiz? 
4. Mashhur muhaddislardan kimlarni bilasiz? 
5. Sizning nazaringizda diniy bag’rikenglik nima? 
6. «Ma’naviy merosni bilmay turib, mustaqillikning mafkurasini yaratib bo’lmaydi» degan fikrni qanday tushunasiz? 
 
ADABIYoTLAR 
 
1. Karimov I. Olloh qalbimizda yuragimizda. – T., O’zbekiston, 1999. 
2. Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. // Muloqot. 1998. №5. 
3. Karimov I. Donishmand halqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. //Fidokor. 2000. 8 iyun. 
4. Karimov I. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 1999. 
5. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 2000. 
6. Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. 1-tom. — T.: Fan, 1968. 
7. Mo’minov I.M. O’zbekistondagi tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixidan lavhalar. — T.: Fan, 1998. 
8. Nosirov R.N. O’rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy tarixi bo’yicha maxsus kurs. — T.: 1992. 
 
 

4-mavzu. Temuriylar davri va o’rta asrlar falsafasi 
 
Reja: 
1. Temur va temuriylar davri falsafasi, uning ahamiyati. 
2. Temurning hayoti, faoliyati, jahon va Vatan tarixidagi o’rni. 
3. Ulug’bek — o’rta asr madaniyatining atoqli vakili. 
4. Alisher Navoiyning falsafiy qarashlari. 
5. Bobur va boburiylar davridagi falsafiy qarashlar. 
6. Temuriylar davri va o’rta asr falsafasini o’rganishning ahamiyati. 
 
Insoniyat tarixida shunday davrlar borki, unda buyuk ishlarga tayyor millatlar, o’zining yo’lboshchilari 
etakchiligida, tarixning muayyan qisqa bosqichlarida ming yillarda qo’lga kiritish mumkin bo’lgan natijalarga 
erishganlar. Aynan ana shunday davrlar insoniyat tarixiga shu millatga mansub buyuk kishilarning o’chmas nomini 
bitadi, jahon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga katta hissa bo’lib qo’shiladi. 
Temur va temuriylar davri xuddi ana shunday, mo’g’ul bosqinchilaridan ozod bo’lgan xalqimizning milliy dahosi 
eng yuksak cho’qqiga ko’tarilgan davrdir. Bu davr falsafasi xalqimizning sohibqiron Temur boshchiligida ozodlikka 
erishgan va mustaqillikni saqlash hamda mustahkamlash uchun amalga oshirgan buyuk ishlarining ifodasidir. Bu 
xalqimizning markazlashgan davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, mustaqil yashash 
orzularining ushalgan davridir. Uning falsafasida ham ana shu jihatlar yaqqol ko’zga tashlanadi va bu meros bugungi 
milliy ong va istiqlol mafkurasining falsafiy negizlari orasida alohida o’rin tutadi. 
O’rta Osiyoning mo’g’ullar tomonidan bosib olinishi mamlakatni g’orat qildi, iqtisod, madaniyat, san’at va ilm — 
fan sohasida tanazzul ro’y berdi. Jabr, zulm, zo’ravonlik natijasida xalqning turmushi keskin yomonlashdi. 
Mo’g’ullar zulmiga chek qo’yishda xalq ommasining noroziligi, sarbadorlar boshchiligidagi ommaviy 
qo’zg’olonlar, ayniqsa, sohibqiron Amir Temurning faoliyati muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Mug’ullar o’rnatgan 
mustabid tuzumning Amir Temur dunyoga kelgan davrida erli aholi o’rtasida chuqur ijtimoiy va ma’naviy uyg’onish 
jarayoni borayotgan edi. Bu jarayon, «Tarixi, o’sha davrdayoq, ming yilliklar qa’riga ketgan buyuk xalq 
mustamlakachilik azobida yotaveradimi?» yoki «Mustaqillik uchun kurash olib borishda davom etadi va ozodlikka 
erishadimi?»- degan asosiy savollar atrofida ro’y berayotgan edi. 
Mo’g’ullar mamlakatimizni siyosiy va harbiy jihatdan istilo qilgan edilar, ammo uni ma’naviy bo’yso’ndirish, 
madaniy jihatdan mo’g’ullarning ustunligi to’g’risida gap ham bo’lishi mumkin emas edi. Ko’chmanchilik va shaharlarni 
g’orat qilishdan boshqasiga yaramaydigan, o’troq hayotga mensimay qaraydigan Chingiz avlodlari ma’naviy va madaniy 
jihatdan o’zlaridan ustun bo’lgan xalqqa nima ham bera olar edilar? ular o’z hukmronligining oxirigacha ham 
Vatanimizda birorta tuzukroq yashash mumkin bo’lgan yangi shahar barpo etmadilar, madaniyat o’choqlarining 
yuksalishi uchun imkon bermadilar, erli aholi orasidan chiqqan barkamol kishilarni qilichdan o’tkazib turdilar. Ammo 
xalq irodasini buka olmadilar, uning ozodlik va mustaqillikka intilishini to’xtatib qo’ya olmadilar. Amir Temur ana shu 
harakatning natijasi, xalqining milliy g’oyalarini ro’yobga chiqarish uchun tarixiy shakllangan zaruriyat, o’sha paytda 
harbiy uyushqoqlik, siyosiy hushyorlik, g’alabalar uchun fodokorlik jihatidan jahonda tengi yo’q millatga aylangan xalq 
dahosi yaratgan buyuk jahongir edi. Xalq jahongirga aylanganida o’zining jahongirini yaratadi. Gohida bir jahongir 
millat boshqasini uyg’otib yuboradi. Bu esa tarixning muayyan hududdagi eng burilish nuqtalariga to’g’ri keladi. 
Ba’zilar Temur falsafiy asarlar yozmagan-ku, uning falsafaga aloqasi bormi, deb o’ylaydi. Aslida Temurning 
hayoti va faoliyati falsafadan iborat emasmi? u falsafiy xulosalar chiqarish uchun boshqa kishilarning hayoti va 
asarlaridan ham mazmunliroq hayot emasmi? Falsafani faqat kitoblardangina o’rganish mumkinmi? Aslida, falsafani 
to’la-to’kis kitobga tushirib bo’lmaydi. Kitobga tushirilgan falsafa muayyan tizimga keltirilgan falsafiy bilimlar 
sitemasi xolos. Temur va temuriylar davrini tarix falsafasi va falsafa tarixini uyg’un tarzda yozish orqali nisbatan 
to’g’ri ifodalash mumkin. Amir Temurning hayoti, uning faaliyati, temuriylar davridagi madaniy jarayonlar, ilm-fan 
rivoji kabi masalalar esa bir necha falsafiy kitoblar, o’nlab tadqiqotlar uchun mavzu ekanligi aniq. Qolaversa, Temur 
va temuriylar kabi ilm-fan, madaniyat va san’atni, falsafa va adabiyotni nozikta’b tushungan, o’zlari ham bu sohalarda 
ajoyib yutuqlarga erishgan siyosiy sulolalarni jahon tarixidan topish qiyin. Bu sulola vakillari orasida she’r yozmagan, 
adabiy mashqlar qilmagan, fan-madaniyatga qiziqmagan biror temuriyzoda bo’lmasa kerak. Tarix shundan dalolat 
beradiki, yurtboshliqlari fan va madaniyatga qiziqqan, ma’naviyatni yuksaklikka ko’tarish uchun ko’rashgan o’lkada 
bu sohalarda haqiqiy yuksalish bo’ladi. Siyosiy ta’minlanganlik, boshqa sohalar bilan birgalikda, madaniy 
taraqqiyotning eng asosiy omili ekanligini rad qilish unchalik o’rinli emas. Madaniyatparvar va millatparvar Amir 
Temur va temuriyzodalar o’sha davr ma’naviy taraqqiyoti uchun siyosiy va iqtisodiy asoslarni to’la-to’kis yaratgan 
arboblar edi. Xalqimizning asrlar osha ular ruhiga minnatdorlik tuyg’usi bilan yondashuvi, haligacha o’z 
 
 

farzandlariga bu sulola vakillari nomlarini qo’yib yurishi, bugungi kunlarda ham o’sha zamondan tashbehlar 
izlayotganining sabablaridan biri ham ana shunda. 
Amir Temur ibn Tarag’ay Bahodir (1336-1405) Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xo’ja ilg’or qishlog’ida 
dunyoga keldi. Uning eng asosiy tarixiy xizmatlari shundan iboratki, u mo’g’ullarning bosqinchilik va 
vayronkorliklariga qarshi kurashib, O’rta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va mulkdorlarning o’zaro nizolariga 
barham berib, kuchli markazlashgan davlat barpo qildi. Mamlakatda tartib-intizom va qonun ustuvorligini ta’minladi. 
Uning davrida «Kuch — adolatda» tamoyili amalga oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, o’zga mamlakatlar bilan 
mustahkam aloqalar o’rnatildi. 
Amir Temur mohir harbiy sarkarda sifatida nom qozondi. U o’z hayotini Movarounnahr xalqining farovonligi, yurt 
obodonchiligi uchun sarfladi, uning davrida hashamatli binolar, qurilish inshootlari, go’zal bog’lar bunyod qilindi, 
maktab va madrasalar, masjidlar qurildi, mamlakatimiz Sharqning go’zal hududiga aylandi. 
Temurning yana bir ulkan hizmati shuki, u madaniyat va ilm-fan homiysi sifatida mashhur bo’ldi, o’z saroyiga 
olimu fuzalo va din arboblarini to’pladi. Xoja Afzal, Jalol Xokiy, Mavlono Xorazmiy, Mavlono Munshiy va boshqalar 
uning saroyida ilm-fan va badiiy ijod bilan mashg’ul bo’ldilar. Bobur Mirzoning xabar berishicha, o’sha davrda 
Samarqand eng go’zal shahar edi. Ispan sayyohi R. G. Klavixo Samarqandning go’zalligiga qoyil qolgan edi. Temur 
hukmronligi davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi. Ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Rusiya, arab mamlakatlari bilan 
aloqalarning kuchayishi Temur saltanati iqtisodiy qudratini oshirdi. Temur va temuriylar davrida islom dini va 
tasavvufga katta e’tibor berildi. Islom dini o’sha davrda asosiy mafkura bo’lib, markazlashgan davlat barpo etishda, 
iqtisod, madaniyat va ilm-fan sohasidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda nazariy asos bo’lib xizmat qildi. 
Temur o’z faoliyatida unga tayanib ish ko’rdi. 
Temuriylar davrida tasavvuf ta’limoti keng quloch yoydi. Sohibqiron tasavvuf qoidalaridan mamlakatdagi salbiy 
illatlarni yo’qotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, haqiqat va adolat o’rnatishda, insonparvarlik g’oyalarini 
tarqatishda foydalangan. Temur tasavvufdagi poklanish, to’g’ri va sofdil bo’lish, zino va fahsh ishlar bilan 
shug’ullanmaslik, harom-harish ishlardan qochish, halol mehnat qilish, biror kasbni egallash, muhtojlarga mehr-shafqat 
ko’rsatish kabi g’oyalarni xalqqa singdirish uchun kurash olib bordi. Naqshbandlik tariqatining yirik shayxlari bo’lmish 
Sayyid Amir Kulol, Shayx Abu Bakr Tayobodiy, Mir Sayyid Barakalar Temurning pirlari bo’lib, sohibqiron ular bilan 
tez-tez muloqot qilib turgan. 
Temuriylardan Shohrux, Ulug’bek, Xusayn Boyqaro, Bobur Mirzolar davlatni boshqarishda, din va tasavvuf 
qoidalariga amal qilishda, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishda uning an’analarini izchil ravishda davom ettirdilar. 
Bu davrda me’morchilik san’ati yuksak darajaga ko’tarildi. Amir Temur Ko’ksaroy masjidi, Shohizinda, Bibixonim 
madrasasini qurdirdi. Keshda (Shaxrisabz) Oqsaroy barpo qila boshladi. Mirzo Ulug’bek davrida 1417-1420 yillarda 
Registonda, keyinchalik Buxoroda, 1432-1433 yillarda G’ijduvonda madrasalar qurildi, Bibixonim masjidi, Go’ri Amir 
maqbarasi qurib bitkazildi. 1429 yili esa Ulug’bekning falakiyot rasadxonasi nihoyasiga etdi. Xirotda ham ko’plab 
me’morchilik binolari barpo qilindi. Ular jumlasiga masjid, madrasa va xonaqohlardan iborat bo’lgan Gumbazi sabz, 
Alisher Navoiy qurdirgan «Ixlosiya», «Nizomiya», «Shifoiya» madrasalari, Marv shahridagi «Xusraviya» madrasasi va 
boshqalar kiradi. Navoiy yashagan zamonda Xirotda «Sharq Rafaeli» deb nom olgan Kamoliddin Behzod (1456-1535) 
va shoh Muzaffar kabi dunyoga mashhur rassomlar ijod qildi. Behzod «Zafarnoma» kitobiga, Xusrav Dehlaviyning 
«Hamsa», Sa’diyning «Bo’ston» asarlariga naqsh bergan va Xusayn Boyqaro, Xotifiy, Jomiy va boshqalarning rasmini 
chizgan, xalqning mehnatini, tabiat manzaralarini haqqoniy tasvirlagan. 
XIV-XV asrlarda Movarounnahr va Xurosonda ilm-fanning ko’p sohalarida yuksalish yuz berdi. Jahonga mashhur 
olimlar, tabiatshunoslar va shoirlar etishib chiqdi. Tibbiyot, riyoziyot, handasa, tarix, adabiyot, jug’rofiya, pedogogika
mantiq, falsafa, axloqshunoslik va boshqalarga e’tibor berildi. Ayniqsa, badiiy adabiyot va adabiyotshunoslik tez rivoj topa 
boshladi, ularda o’sha davrning muhim ijtimoiy muammolari va insonparvarlik g’oyalari olg’a surildi. «Gul va Navro’z» 
muallifi Lutfiy (1366-1465), «Behro’z va Bahrom» asarini yozgan Binoiy (1453-1512), «Tazkirat ush-shuaro» (shoirlar 
haqida tazkira) ning muallifi Davlatshoh Samarqandiy, «Yusuf va Zulayxo», «Mahzan ul-asror» (Sirlar xazinasi) 
asarlarining mualliflari Durbek (XIV-XV asrlar), Haydar Xorazmiy hamda Kamol Xo’jandiy (1402 yilda vafot etgan), 
Hofiz Xorazmiy (XIV-XV asrlar), Ismat Buxoriy (1365-1436), Yaqiniy (XV asr), Hiloliy (XV asr), Atoiy (XV asr) va 
boshqalar o’sha davrda yashab ijod etdilar. 
Bu davrda tarix faniga e’tibor kuchaydi, yirik tarixnavislar paydo bo’ldi. Temuriylar davrida Abdurazzoq 
Samarqandiyning (1413-1482) «Matlaa as-sa’dayn va majma’ al-bahrayn» («ikki dengizning qo’shilishi»), Hofizi 
Abruning (1361-1430) «Zubdat at-tavorix» («Tarixlarning sarasi»), Muyiniddin Isfizoriyning (1494 da vafot etgan) 
«Ravzat al — jannat fi avsof madinat», Fosih Havofiyning (1375-1442) «Mujmali fosihiy», Sharafiddin Ali Yazdiyning 
(1454da vafot etgan) «Zafarnoma»si, Nizomiddin Shomiyning (X1V asr XV asrning boshi) «Zafarnoma»si va 
boshqalar mashhur edi. 
O’sha zamonning eng mashxur tarixchilari Mirxond (1433-1498) va Xondamir (1475-1535) edilar. Mirxond 
Hirotda tavallud topib, shu erda ijod qilgan. Uning asosiy tarixiy asari 7 jilddan iborat bo’lib, «Nabiralar, podshohlar va 
xalifalar tarjimai hollari haqida poklik bog’lari» deb ataladi. U olti jildini yozib vafot etadi, ettinchisini nabirasi 
Xondamir yozib tugatadi. 
 
 

Xondamir ham Hirotda tug’ilib, yoshligidan tarixnavislikka havas qo’yadi. U Agrada vafot etadi. Uning muhim 
risolalari «Makorim ul-axloq», «Habib us-siyar», «Vazirlar uchun qo’llanma» va boshqalardir. 
X1V-XV asrlarda mantiq, tabiy-ilmiy fanlar, ayniqsa falakiyot, falsafa va axloqshunoslikka katta e’tibor berildi. 
Mantiq ilmining yirik vakillaridan biri Sa’diddin Taftazoniydir (1322-1392) u Niso viloyatiga qarashli Taftazon 
qishlog’ida dunyoga keladi. Yoshligidan ilohiyot fanlari, arab tili, nutq san’ati va mantiq bilan shug’ullanadi. 
Taftazoniy madrasalarda mudarrislik qildi. Turkiston, Hirot, Jom, G’ijduvon madrasalarida talabalarga dars berdi. 
Taftazoniy shuhrati, ilmiy ishlari Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlariga keng tarqaldi. Temurning taklifi bilan alloma 
Samarqandga kelib, shu erda umrining oxirigacha yashadi. 
Taftazoniy 40 dan ortiq risolalarning muallifidir. Muhimlari: «Tahzib al-mantiq val-kalom» («Mantiq va kalomga 
sayqal berish») «Muxtasar al-maoniy» (Ritorikaga oid «Qisqacha ma’nolar»), «Al-irshod al-hodiy», (Arab tili 
gramatikasiga oid «Yo’l boshlovchi rahbar»), «Al-maqosid at-tolibin» («Falsafa va kalomga oid «Tolibi ilmlarning 
maqsadlari») va boshqalar. Taftazoniy o’tmish olimlarining juda ko’p asarlariga sharhlar ham bitgan. 
Alloma sabab va oqibat, iroda erkinligi, bilish, ong, mantiq fani va uning vazifalari haqida o’z fikrini bayon qilgan. Masalan, 
u tabiatda sabab va oqibat munosabatlarining mavjudligini e’tirof etadi. Taftazoniy iroda erkinligiga to’xtalib, har qanday ezgu 
ishlar xudoning mohiyatidan kelib chiqadi. xudo yaratuvchi sifatida insonlarni yomon xatti-harakatlar qilishdan saqlaydi, insonni 
ko’proq xayrli ishlar qilishga chorlaydi, gunoh ishlardan qochishga da’vat etadi, deb aytadi. 
O’sha davrning yana bir atoqli allomasi Mir Sayyid Sharif Jurjoniy Astrobod shahri yaqinida tug’ilgan. Jurjoniy 
Istambul, Qohira, Hirot, Sheroz shaharlarida bo’lib, ulardagi olimlardan ilm sirlarini o’rganadi. 1387 yildan boshlab 
Samarqand madrasalarida mantiq, falsafa, falakiyot, fiqh va adabiyot, munozara ilmi va boshqalardan dars beradi. 
Jurjoniy 50dan ortiq risolalarning muallifi bo’lib, ularning aksariyati mantiq, fiqh, falsafa va tabiatshunoslikning 
muhim muammolariga bag’ishlangan. Olimning «At-ta’rifot» («Ta’riflar»), «Odob ul-munozara» («Munozara olib 
borishning qoidalari haqida risola»), «Sug’ro» («Kichik dalil bo’la oladigan hukm»), «Kubro» (Katta dalil bo’la 
oladigan hukm»), «Avsat dar mantiq», («Mantiqda o’rta xulosa»), «Risolayi vujudiya» («Borliq haqida risola») va 
boshqa asarlari mavjud. Bulardan tashqari, Jurjoniy salaflarining, xususan ibn Sino, Chag’miniy va Nasriddin 
Tusiylarning asarlariga sharhlar yozganligi ma’lum. 
Mutafakkir risolalarida borliq, modda va uning shakllari, jismoniy va ruhiy munosabatlar, mantiqiy fikrlash, til va 
tafakkurning o’zaro aloqasi, koinot, inson, aql va bilish masalalari yoritiladi. Jurjoniy, xuddi Taftazoniy singari, hamma 
narsa va jismlar bir-biriga sabab-oqibat nisbatida bo’ladi, deb hisobladi. Oddiy narsalar asosida to’rt unsur, ya’ni suv, olov, 
havo va tuproq yotadi. Metall, o’simliklar va hayvonot dunyosi to’rt unsurning qorishishi natijasida paydo bo’ladi. 
Mir Sayyid Sharif Jurjoniy mantiq ilmi sohasida ham o’z fikrlarini bayon qilgan. O’zining qarashlarida mantiq 
ilmini falsafadan ajratmay, ayni bir vaqtda uning huquq va til bilan ham chambarchas bog’liq ekanligini isbotlab beradi. 
Shuning uchun ham, X1V-XV asrdan boshlab islom madrasalarida mantiq ilmini o’qitish huquq va tilshunoslik fanlari 
bilan bog’liq holda olib borildi. Jurjoniy xulosaning uch turi: qiyos (sillogizm), induktsiya va analogiyani har qaysisiga 
ta’rif beradi, ularning har birini tahlil qilib chiqadi. Umuman olganda, Taftazoniy va Jurjoniyning falsafiy va mantiqiy 
qarashlari ilm-fan rivojida katta hissa bo’lib qo’shildi va keyingi davrlarda yashagan mutafakkirlarning dunyoqarashiga 
samarali ta’sir ko’rsatdi. 
Jahon ilm-fani taraqqiyotiga katta ulush qo’shgan buyuk falakiyotchi olim va davlat arbobi Muhammad Tarag’ay 
Ulug’bek (1394-1449) matematika va falakiyot sohasida barkamol ijod qilgan. Uning otasi, Amir Temurning o’g’li 
Shohruh Mirzo edi. Ulug’bek yoshligidan ilm bilan qiziqdi. unga taniqli olimlar Qozizoda Rumiy va G’iyosiddin 
Jamshid ustozlik qildilar. U garchi davlat arbobi bo’lsa ham, madaniyat va ilm-fan ravnaqiga ko’p kuchini sarfladi, 
matematika, astronomiya, geometriya, tarix, kimyo va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Olimning 
dunyoqarashida Aflotun, Arastu, Ptolemey, Muhammad Xorazmiy, al-Farg’oniy, Forobiy, ibn Sino, Beruniy va 
boshqalarning asarlari muhim o’rin egalladi. 
Ulug’bekning ulkan ishlaridan biri uning Samarqandda, Ko’hak tepaligida, Obi Rahmat arig’ining bo’yida, 
rasadxona barpo etganligidir. Ushbu rasadxona qurilishi 1424 yilda boshlanib, 1429 yilda tugallandi. Olimning eng 
muhim asari «Ziji jadidi Ko’ragoniy» deb ataladi. Undan tashqari, Ulug’bek matematikaga oid «Bir daraja sinusni 
aniqlash haqida risola», astronomiyaga bag’ishlangan «Risolayi Ulug’bek» va tarixga oid «To’rt ulus tarixi» kitoblarini 
yozdi. Ulug’bek mantiq ilmi, fiqhshunoslik, musiqa va adabiyot nazariyasini yaxshi bilar edi. Olimning «Ziji» ikki 
qism, muqaddima va 1118 yulduzning o’rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat. 
Ulug’bek sayyoralarni o’rganishda turli uslublarni qo’llaydi, bular kuzatish, eksperiment, jonli mushohada, isbotlash, 
qiyoslash, induktsiya, deduktsiya va boshqalardir. Shuni aytish lozimki, Ulug’bek kuzatish va o’lchash asboblari 
takomillashmagan bo’lsa ham, quyosh va oy harakatlarini, ularning tutilishi va vaqtlarini to’g’ri hisoblab chiqdi. u o’z atrofiga 
qobiliyatli olimlarni to’pladi, o’zga mamlakatlardan iqtidorli olimlarni taklif etdi. 
Ana shunday olimlardan biri G’iyosiddin Jamshid al-Koshiy (1430 yilda vafot etgan) bo’lib, u yirik riyoziyotchi 
va falakiyotchidir. Uning asarlari «Miftoh ul-hisob» («Hisob kalidi»), «Risola al-muhitiya» («Doira haqida risola») va 
boshqalardir. XVI asrdan boshlab Evropa mamlakatlarida uning kashfiyotidan foydalana boshladilar. 
 
 

Tarixda Ali Qushchi nomi bilan mashhur bo’lgan Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi (1403-1474) 
Ulug’bekning shogirdidir. U ilmiy ishlarini falakiyot va riyoziyot sohasida olib bordi. Uning asarlari: «Arifmetika ilmi 
haqida risola», «Mantiq risolasi», «Astronomiyaga oid risola» va boshqalardir. 
Ali Qushchi «Astronomiyaga oid risola»sida Oy va Quyosh tutilishi qonuniyatlarini ilmiy asoslab berdi. Olim tabiat sirlari va 
uning qonuniyatlarini o’rgandi, jismlar harakati va ularning oddiydan murakkabga o’tishi to’g’risida o’z fikrini ilgari surdi. 
Umuman shuni ta’kidlash lozimki, Ulug’bek va u asos solgan astronomiya maktabi koinotdagi hodisalarni 
o’rganishda muxim rol o’ynadi, o’sha vaqtgacha fanga ma’lum bo’lmagan hodisalarni idrok qilib, inson aql-
zakovatining bilish imkoniyatlarini kengaytirdi, keyingi davrlarda yashagan olimlarga samarali ta’sir ko’rsatdi. 
Ulug’bekning astronomiya sohasidagi g’oyalarini Evropada XV1 asrdan boshlab Kopernik, Galiley va boshqalar 
rivojlantirdilar. 
Ulug’bek islom diniga chuqur e’tiqod qo’ygan, ilohiyot rivojiga munosib hissa qo’shgan, maktab va madrasalar 
qurishga e’tibor bergan jahonga mashhur olim edi. Lekin sobiq sho’rolar davrida uning tabiiy-ilmiy qarashlari islom 
diniga qarshi qaratildi, hatto uni ateist darajasiga ko’tarishga urinishlar ham bo’ldi. «Ulug’bek Mirzo — deb ta’kidlagan 
edi Alisher Navoiy, — donishmand podshoh edi. Kamoloti bag’oyat ko’p erdi». U XV asrning ikkinchi yarmidan 
boshlab Hirot madaniy va ilmiy markazga aylandi. Ayniqsa, Temuriylardan Xusayn Boyqaro hukmronligi davrida bu 
erda ilm-fan, adabiyot sohasida yuksalish yuz berdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi jahonga mashhur 
mutafakkirlar etishib chiqdi. O’rta asr mumtoz adabiyotining vakili, ulug’ shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiy 
(1414-1492) dir. Jomiyni Navoiy ustoz deb hisoblar edi. uning qalamiga mansub asarlar «Nafahot ul-uns», «Hujjat ul-
asror», «Musiqa haqida risola», «Naqshi fusus», «Vohid atamasi haqida risola», «Haj qilish yo’llari haqida risola», 
«Bahoriston» va boshqalardir. 
Jomiyning eng yirik asari «Haft avrang» bo’lib, unga «Tuhfat ul-ahror», «Suhbat ul-abror», «Yusuf va Zulayxo», 
«Suhbat ul-asror», «Layli va Majnun», «Salamon va Absol», «Xiradnomayi iskandariy» dostonlari kiradi. 
Barcha musulmon mutafakkirlari kabi Jomiy ham xudo abadiy, mutlaq va dunyodagi hamma narsalarning 
sababchisidir, xudo mavjud bo’lganda, borliq yo’q edi, dunyo o’zining boshlang’ichini Ollohdan olgan, demak, xudo 
hamma narsaning yaratuvchisidir, deb hisoblaydi. Jomiyning falsafiy qarashlari uning insonparvarlik g’oyalari bilan 
chambarchas bog’lanib ketadi. Mutafakkirning ko’pgina asarlarida inson, adolat, muhabbat, ezgulik g’oyalari 
tasvirlanadi. 
Jomiy naqshbandiylik ta’limotiga e’tiqod qilib, uning nazariy va amaliy jihatlarini rivojlantiradi. So’fiy, uningcha, halol 
va pok bo’lishi, biror kasb-hunarni egallashi, qanoatli va olijanob bo’lishi, tamagirlikdan uzoq yurishi, nafsini jilovlashi lozim. 
Jomiy xudoni «go’zal ma’shuqa» sifatida tasvirlab insonning maqsadi uning vasliga etishdir, deydi. 
Jomiy o’zining ijtimoiy-siyosiy va ahloqiy qarashlarida mukammal jamiyat, adolatli shox to’g’risidagi orzu-
umidlarini ilgari surdi, tenglik, erkinlik, insof va diyonatga asoslangan davlat tuzumi to’g’risida so’z yuritdi. «Haft 
avrang»ga kirgan «Yusuf va Zulayxo», «Layli va Majnun», «Xiradnomayi iskandariy» dostonlarida ishq va muhabbat, 
do’stlik va birodarlik, mehr-shafqat, o’zaro yordam, bilimdonlik va boshqa insoniy qadriyatlarni tasvirladi. 
Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo’shgan siymolardan biri, ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling