Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli


Download 10.42 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi10.42 Kb.
#1639479
  1   2   3
Bog'liq
Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi

Termiz agrotexnalogiyalar va innovatsion rivojlanish instituti Agrobiologiya fakulteti, oʻsimliklarni himoya qilish ta'lim yoʻnalishi 302- guruh talabasi Boʻritoshov Obidning Falsafa fanidan tayyorlagan taqdimoti.

Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli.  

  • REJA:
  • Kirish
      • Kategoriya tushunchasi va uning ta’rifi.
      • Yakkalik, xususiylik va umumiylik dialektikasi.
      • Mohiyat va hodisa dialektikasi.
  • Xulosa
  • Foydalanilgan adabiyoti

Kirish

  • Falsafa tarixida kategoriyalarga nisbatan turli yondoshuvlar. Sharq an'anasida ham, qadimgi Yunonistonda ham dialektika kategoriyalarining juftli xususiyati va ularning ziddiyatli munosabatlarini anglashga harakat qilingan. Dialektika kategoriyalariga xos bo‘lgan qarama-qarshiliklar birligini tushuntirishga urinishlar jarayonida fikrlash va borliqning qarama-qarshiliklarini birlashtiruvchi yagona asosni topish yo‘lida izlanishlar olib borilgan. Mazkur yondashuv natijasida dialektika kategoriyalari umumiy va fundamental xususiyat kasb etib borgan.
  • Dialektika kategoriyalarini tizimga solish va formal-mantiqiy fikrlashning umumiy qonunlarini ishlab chiqishga ilk urinish Aristotel ijodi bilan bog‘liq. Falsafa tarixida Aristotel antik falsafani tizimga soluvchisi sifatida namoyon bo‘ladi. Uning «Organon» asari ishonchli, haqiqiy bilim olish vositasi sifatida qaralgan. («Organon» - lot. orqanum - qurol, asbob, Aristotel mantiqiy asarlarining umumiy nomi.) Bu asarda Aristotel, xususan, formal-mantiqiy qonunni ta'riflab, haqqoniy fikrlash ziddiyatsiz fikrlash demakdir deb ta'kidlagan. Ammo «Metafizika» asarida (lot. metaphisica – butun borliqning ilk asoslari haqidagi ta'limot) Aristotel olamning umumiy asoslariga tavsif berishga harakat qiladi va falsafiy kategoriyalar materiya, shakl, sabab, zaruriyat kabilar haqida so‘z yuritadi, bu kategoriyalarga ularning ichki qarama-qarshiliklarini tushunishni nazarda tutuvchi ontologik ma'no yuklaydi.
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling