Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli
Download 6.56 Mb.
|
Maxmudova Samira
Osiyo Xalqaro Universiteti S9-IQ-23 Guruh talabasi Maxmudova Samiraning falsafa fanidan tayyorlangan slaydi
FALSAFA QONUN VA KATEGORIYALARINING IJTIMOIY JARAYONLAR DIALEKTIKASIDAGI ROLIReja
Sharq an'anasida ham, qadimgi Yunonistonda ham dialektika kategoriyalarining juftli xususiyati va ularning ziddiyatli munosabatlarini anglashga harakat qilingan. Mazkur yondashuv natijasida dialektika kategoriyalari umumiy va fundamental xususiyat kasb etib borgan.Falsafa tarixida kategoriyalarga nisbatan turli yondoshuvlar. Dialektika kategoriyalariga xos bo‘lgan qarama-qarshiliklar birligini tushuntirishga urinishlar jarayonida fikrlash va borliqning qarama-qarshiliklarini birlashtiruvchi yagona asosni topish yo‘lida izlanishlar olib borilgan. Dialektika kategoriyalarini tizimga solish va formal-mantiqiy fikrlashning umumiy qonunlarini ishlab chiqishga ilk urinish Aristotel ijodi bilan bog‘liq. Falsafa tarixida Aristotel antik falsafani tizimga soluvchisi sifatida namoyon bo‘ladi. «Organon» asari ishonchli, haqiqiy bilim olish vositasi sifatida qaralgan. («Organon» - lot. orqanum - qurol, asbob, Aristotel mantiqiy asarlarining umumiy nomi.) Bu asarda Aristotel, xususan, formal-mantiqiy qonunni ta'riflab, haqqoniy fikrlash ziddiyatsiz fikrlash demakdir deb ta'kidlagan. «Metafizika» asarida (lot. metaphisica – butun borliqning ilk asoslari haqidagi ta'limot) Aristotel olamning umumiy asoslariga tavsif berishga harakat qiladi va falsafiy kategoriyalar materiya, shakl, sabab, zaruriyat kabilar haqida so‘z yuritadi, bu kategoriyalarga ularning ichki qarama-qarshiliklarini tushunishni nazarda tutuvchi ontologik ma'no yuklaydi. Bundan fikrdagi ziddiyat u yanglish ekanligining bosh belgisi, borliqning ziddiyatligi haqidagi ta'limot esa – u haqqoniy ekanligining bosh belgisi, degan xulosa kelib chiqadi. Download 6.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling