Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli
Yangi davr (XVII asr)da kategoriyalarning tahlili
Download 6.56 Mb.
|
Maxmudova Samira
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lomonosov
Yangi davr (XVII asr)da kategoriyalarning tahlili.
Yangi davrda fan yanada rivojlanadi. Uning bosh vazifasini olimlar tabiat qonunlarini aniqlashda ko‘radilar. Insonning aqli tabiat hodisalarining o‘xshash o‘zaro ta'sirlarida muqarrar tarzda takrorlanuvchi barqaror aloqalar mavjudligini qadim zamonlardayoq payqagan edi. Bunda muhim, takrorlanuvchi xossalar fan va falsafa kategoriyalarida qayd etiladi, ularning o‘rtasidagi takrorlanuvchi aloqalar esa tabiat qonunlari sifatida tushuniladi. Fan va falsafa qonunlari muhim xossalariga ko‘ar o‘xshash, ikkinchi darajali xossalariga ko‘ra esa bir-biridan farq qiladigan tabiiy jarayonlar rang-barang variantlarining ideal invarianti hisoblanadi. Yangi davr faylasuflarining asosiy e'tibori ilmiy bilish metodologiyasi muammolariga qaratiladi. Bunda yuzaga keladigan eng katta qiyinchilik ziddiyatlar birligi anglab yetilmagan, empirizm va ratsionalizm dialogi esa empirizmning tantanasi bilan tugagan empirik va nazariy bilimning o‘zaro nisbati muammosidir. Lomonosov – Lavuaze modda va harakatning saqlanishi g‘oyasi; G.Leybnits ta'riflab bergan rivojlanish g‘oyasi; Nyuton klassik mexanikasidagi massa, inersiya va harakat, markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi kuchlar tushunchalari; tabiatdagi turli-tuman aloqalarning o‘rganilishi; determinizm tamoyilining asoslanishi; mexanik harakat dialektikasi; yer evolyusiyasi haqidagi tasavvur. Yangi davr va Ma'rifat davri falsafasi dialektika tamoyillaridan butunlay voz kechish davri emas, balki dialektika rivojlanishining o‘ziga xos va ancha yetuk bosqichi hisoblanadi. Nemis klassik falsafasining atoqli namoyandasi Immanuil Kant XVII-XVIII asrlar fani va falsafasining g‘oyalari va kategoriyalarini tizimga solishga ahd qiladi. Shu maqsadda u kategoriyalarning uch guruhi: hissiyot, idrok va aql kategoriyalarini farqlaydi. Kant barcha kategoriyalar aprior (tajribada ko‘rilmagan) xususiyatga ega ekanligini qayd etadi. Bilish kategoriyalarini Kant tajribaga yo‘l ochadigan dastlabki konstruktiv sxemalar sifatida talqin qiladi. Kategoriyalar bilayotgan inson hissiy taassurotlar xaosi ustiga «tashlaydigan» va har xil taassurotlarni tasniflash, ta'riflash va o‘zaro aloqani amalga oshiradigan tushunchalar «to‘ri»ga o‘xshatiladi.
Kant makon va vaqt tushunchalarini kiritadi. Ular bizning o‘z sezgi organlarimiz ko‘rsatgan narsalarni umumlashtirish va anglab yetish qobiliyatimizni tavsiflaydi. Hissiyot kategoriyalari Idrok Aql Kant kategoriyalarning to‘rt turkumi: miqdor, sifat, nisbat va modallikni kiritadi. U inson idrokining aprior shakllari ob'ektiv va umumiy mazmunga ega bo‘ladi, buning natijasida tajriba umumiy va zaruriy ahamiyat kasb etadi, deb qayd etadi. Kant g‘oyalar deb nomlaydi. Kant fikriga ko‘ra, g‘oya mumkin bo‘lgan tajriba chegarasidan chetga chiquvchi tushunchadir. G‘oyalar bizning amaliy va bilish faoliyatimizni tartibga keltiruvchi va tizimga soluvchi sxemalarga aylanadi. Download 6.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling