Falsafa tarixida inson mohiyatiga oid qarashlar tasnifi


Download 334.31 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi334.31 Kb.
#1758297
Bog'liq
SLAYD MADINA

Falsafa tarixida inson mohiyatiga oid qarashlar tasnifi.Dunyoqarash haqida tushuncha.

Reja:

  • Dunyoqarash haqida tushuncha.
  • Falsafadagi dunyoqarashning tarixiy shakllari.
  • Mifologik dunyoqarash.
  • Diniy e’tiqodlarning tarixiy shakllari.
  • Falsafaviy dunyoqarashlar.

Dunyoqarash haqida tushuncha.

Dunyoqarash subyektiv voqe’likni baholovchi qarorlar toʻplamidir. Atrof-olamni anglashga harakat qilish natijasi oʻlaroq kelib chiqadi. Dunyoqarash diniy, falsafiy, ilmiy boʻlishi mumkin. Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. Dunyoqarash kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq.

Dunyoqarashda jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar oʻz aksini topadi. Shaxsning dunyoqarashi ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻlangan. Dunyoqarash insonning oʻzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Bu jihatdan dunyoqarash voqelikning inson ongidagi subyektiv inʼikosidir.

Kishilarning olam va uning o’zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy va hokazo qarashlari va tasavvurlari majmuasidir. Dunyoqarash – bu olam haqidagi yaxlit umumlashtirilgan bilimlar to’plami.

Dunyoqarash

Dunyoqarash tushunchasi “ dunyoni his qilish”, “dunyoni tushunish” iboralari bilan uzviy bog’liqdir. Dunyoqarash faqatgina insongagina xos xususiyat bo’lib, hayvonot dunyosi, boshqa narsa, buyumlar va mavjudodlar uchun bu hol yotdir. Ilmiy dunyoqarash turli kasb egalarida turlicha –to’laroq, mukammalroq, chuqurroq yoki yuzakiroq, chalaroq, sayoz va xomroq bo’lishi mumkin.


DUNYOQARASHNING SHAKLLARI.
1. MIFOLOGIK DUNYOQARASH.
2.DINIY DUNYOQARASH.
3.FALSAFIY DUNYOQARASH.

MIFOLOGIK DUNYOQARASH

Mifologik yoki afsonalarga tayanuvchi dunyoqarash U voqelik haqidagi mifologik bilimlar toʻplangan va tizimga solingan bir davrda vujudga kelgan, borliqning inson ongidagi xayoliy inʼikosi sifatida qad. davr kishilari uchun xos boʻlgan. Ular voqelikni turli rivoyatlar va afso-nalar asosida tasvirlab, uni qahramonlar, yovuz va xayrli kuchlarni aks ettiruvchi obrazlar tarzida bilishgan. Tabiatdagi jonsiz jismlarni jonlantirib, olov, suv, havo, tabiat hodisalarini ham muayyan jonli obrazlarning namoyon boʻlishi deb hisoblashgan. 


Mif qadimgi odamning borliq haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui bo‘lib, koinotning yaratilishi, inson, o‘simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo bo‘lishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, ma'budlar va ilohlar to‘g‘risidagi e'tiqodiy qarashlarni o‘z ichiga olgan. O‘zini jonli tabiatning ajralmas bir qismi sifatida anglagan insonning o‘z atrofidagi moddiy mavjudlikning paydo bo‘lishi, yashash tarzi, ibtido va intihosini mifologik timsollar ramzlar orqali ifodalagan.

Miflarning turlari

  • TOTEMIZM.
  • FETISHIZM.
  • ANIMIZM.
  • MAGIYA.

Insoniyat tarixiga ko‘p sonli turli-tuman dinlar ma’lum. Xususan, madaniyat va bilimlar darajasi juda past bo‘lgan inson o‘ziga qudratli, yot va sirli bo‘lib tuyulgan tabiatning favqulodda kuchlariga qarshilik ko‘rsata olmagan ibtidoiy jamoa davrida dinning ancha sodda shakllari: fetishizm, animizm, totemizm, magiya va boshqalar yuzaga kelgan.

DINIY DUNYOQARASH.

 Diniy dunyoqarash U olamdagi voqea va hodisalarning sabablarini ilohiy, gʻayritabiiy kuch bilan boglab tushuntiradi. Diniy eʼtiqod, tuygʻu, diniy aqidalarga ishonish, ilohiy kuchlarga sigʻinish diniy dunyoqarashning muhim jihatlari hisoblanadi.

Diniy dunyoqarash-olamdagi voqea va hodisa sabablarini,insonning orzu-umidlarini ilohiy kuchlar,oldindan belgilangan qismat,taqdir bilan bog’lab tushunishdir.

Falsafiy dunyoqarash Unda butun borliq, tabiat, jamiyat, inson ruxiyati va tafakkurining eng umumiy jihatlari idrok etiladi, shu asosda olamning umumlashgan nazariy modeli yaratiladi. Falsafiy dunyoqarash dunyoqarashning boshqa shakllariga tayanadi, ulardagi umumiy qonuniyatlarni, jihatlarni anglashga harakat qiladi. Falsafiy dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishi falsafaning paydo boʻlishi bilan uzviy bogʻliq. Inson voqelikka muayyan maqsad, manfaat va qiziqishlardan kelib chiqib yondashadi.

Falsafiy dunyoqarash-dunyoni, borliqni aqliy jihatdan mantiqiy, izchil umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimidir


XULOSA.
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, bu mustaqil ishdan falsafaning tarixidagi dunyoqarash shakllarini, ilmiy dunyoqarashning mohiyati, dunyoqarashning turlari ularning ma’nolari, kabi ma’lumotlarni bilib oldim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
  • Choriyev A. Inson falsafasi – T.: “O’zbekiston faylasuflari” – 2007.
  • Osnovi filosofii». — T.: «O’zbekiston», 1998.
  • www.ziyonet.com kutubxonasi

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.
Download 334.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling