Falsafa tarixida inson mohiyatiga oid qarashlar


Download 1.68 Mb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1537402
  1   2   3   4
Bog'liq
Falsafa qarashlar

FALSAFA TARIXIDA INSON MOHIYATIGA OID QARASHLAR


Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi o’rniga, kishilarning o’z atrofidagi voqelikka va o’z-o’ziga munosabatiga bo’lgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning e’tiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. Dunyoqarash kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bog’liq
Dunyoqarash va uning strukturasi
Vijdon, ma’suliyat, halollik, adolat, go‘zallik deganda nimani tushunish kerak? Shaxsning jamityatdagi o‘rni qanday? Inson hayo Vijdon, ma’suliyat, halollik, adolat, go‘zallik deganda nimani tushunish kerak? Shaxsning jamityatdagi o‘rni qanday? Inson hayotining mazmuni va ma’nosi nimadan iborat tining mazmuni va ma’nosi nimadan iborat. Insonparvar, demokratik jamiyat nima? Bugungi kunda sayyor Hazrati inson olamda o‘z o‘rnini aniqlashga, belgilashga intilishi tufayli bunday mulohazalarga ehtiyoj tug‘ilgan. Kishining falsafa bilan g‘oyibona tanilishining sababi ham ana shunda. Falsafiy tafakkur olamiga qadam qo‘yayotgan har bir kishi yuqoridagi muammolarga o‘zining kundalik turmushidagi xulosalarga asoslanib javob beradi. Falsafiy mushohada esa insondan o‘z fikrlarini har tomonlama ilmiy isbotlashni talab qiladi. Shuningdek, falsafani o‘rganishga kirishishimiz bilan ba’zi tasavvurlarimizning noto‘g‘ri, xatoligiga amin bo‘lamiz. Zero, falsafa kishining mulohazalarini xatolardan xoli qiladi, rivojlantiradi, olam va odam to‘g‘risidagi qarashlarni sistemalashtiradi. Dunyoqarash muammolariga ongli munosabatda bo‘lish esa shaxsni shakllantirishning zaruriy shartidir.
Dunyoqarash – inson ongining zaruriy qismidir. Biroq u ongning elementlaridan biri emas, ularning murakkab yig‘indisidir. Bilimlar, e’tiqodlar, fikr-mulohazalar, kayfiyatlar, his-tuyg‘ular dunyoqarash strukturasidan joy olar ekan, kishilarning olam haqidagi yaxlit tasavvurlarini, tushunchalarini vujudga keltiradi.
Dunyoqarash – integral tuzilma bo‘lib, uning barcha elementlari o‘zaro aloqadordir. Dunyoqarash strukturasida esa eng asosiy o‘rinni umumlashtirilgan bilimlar egallaydi. Ushbu bilimlar hajmi qanchalik bo‘lsa, inson dunyoqarashi ham shunchalik keng bo‘ladi. Ulardan tashqari dunyoqarash strukturasida qadriyatlar ham alohida ahamiyatga egadir.
Ko‘rinib turibdiki, inson dunyoqarashi ikki mustahkam asosga tayanadi: ulardan biri bilimlar bo‘lsa, ikkinchisi qadriyatlardir. Xullas, dunyoqarash – qarashlar, baholar, prinsiplar yig‘indisidan iborat yaxlit sistema bo‘lib, uning eng asosiy komponentlari bilim, e’tiqod va xulq-atvordir.
Dunyoqarashning boshqa shakl va tiplaridan farqli o‘laroq falsafaning barcha g‘oyalari nazariy jihatdan asoslangan, mantiqan izchildir. Faylasuf esa nafaqat ana shunday dunyoqarash sohibi, balki dunyoqarashning strukturasini tahlil qilishni o‘ziga kasb etgan zotdir.Dunyoqarash – bilimlar va qadriyatlar, intelekt va his-tuyg‘ular, e’tiqodlar va gumonlar yig‘indisidir. Shuning uchun ham uning uch tomoni mavjud: dunyoni his etish, dunyoni tushunish, dunyoni idrok etish. Sistemaliligi, “izchilligi”, g‘oyalarning asoslanganligi holatiga qarab dunyoqarashni ikki darajaga bo‘lamiz: hayotiy-amaliy dunyoqarash va nazariy dunyoqarash

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling