Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari: Kategoriya tushunchasi va ularning turlari


Download 27.17 Kb.
bet6/10
Sana06.11.2023
Hajmi27.17 Kb.
#1751433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu (3)

Inkorni inkor qonuni. Bu qonunga ko‘ra, ob’ektiv voqelikdagi narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilinishi ro‘y beradi. Biroq eskilik butunligicha inkor qilinmaydi, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi.Rivojlanish burama(spiralsimon) shaklda, ma’lum nisbiy takrorlanishlar asosida, oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga qarab boradi.
Taraqqiyotdagi vorislik va davomlilik inkorni inkor etish yo‘li bilan amalga oshib boradi. Bu muammoni o‘rganishni inkor tushunchasi nimani ifodalashini aniqlab olishdan boshlash lozim.
Borliqning hamma sohasida doimo eski, umri tugayotgan narsa va hodisalarning barham topishi va yangi narsa va hodisalarning vujudga kelish jarayoni sodir bo‘lib turadi. Bundagi eskining yangi bilan almashinishi inkor, deb ataladi. «Inkor» atamasini falsafaga Gegel kiritgan. Uning nuqtai nazaricha, inkor g‘oyaning, fikrning rivojlanish bosqichidir.

  1. Falsafiy kategoriyalar

Falsafa tarixida kategoriyalar masalasi arastu tomonidan batafsil ishlab chiqilgan. U o‘zining “Metafizika”, “Kategoriyalar” nomli asarlarida mohiyat va hodisa, miqdor va sifat, sababiyat, zaruriyat va tasodif, butun va bo‘lak kabi tushunchalarning mohiyati va falsafiy ahamiyatini tavsiflab bergan.
Markaziy Osiyo mutafakkirlari, jumladan Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino,Ulug‘bek asarlarida ham mazkur kategoriyalar ko‘p ishlatilib kelingan.
Falsafiy kategoriyalar falsafiy tafakkur uchun nihoyatda muhim bo‘lgan olamdagi o‘zgarish, rivojlanish, aloqadorlik va uzviy bog‘liqlikka xos umumiy jihatlarning in’ikosidir. Ular narsa va hodisalarning o‘ziga xosligi, o‘xshashligi va farqlarini, barqarorligi va o‘zgarishini anglatuvchi, bilishning asosini tashkil etuvchi eng umumiy tushunchalar bo‘lib, olamdagi barcha hodisa, jarayonlarga xos umumiy, muhim tomonlar, hususiyatlar, munosabatlarni ifodalovchi keng ma’noli va chuqur mazmunli ilmiy atamalardir.
Falsafada o‘z xususiyatlariga ko‘ra “juft kategoriyalar” deb ataladigan tushunchalar mavjud.
Ular insonning tabiat, jamiyat hodisalari mohiyati va qonuniyatlarini bilish jarayonida erishgan bilimlari bo‘lib, voqelikni yana ham chuqurroq bilishda qo‘llaniladigan muhim ilmiy vositalar hisoblanadi.

Download 27.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling