Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari: Kategoriya tushunchasi va ularning turlari
Download 27.17 Kb.
|
4-mavzu (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sistema, struktura va element.
- Sistema
Butun va qism.
Butun — o‘zaro dialektik aloqadorlikda bo‘lgan qismlar, bo‘laklar, tomonlar, elementlar, komponentlarning uzviy birligidan iborat bo‘lgan alohida narsa, hodisa, jarayondir. Masalan, bizni o‘rab turgan olam bir butundir. Qism esa shu butunni tashkil qilgan, uning tarkibidagi ma’lum bo‘lak, komponent, elementdir. Masalan, bir butun olamning bir qismi tabiatdir. Borliqdagi narsa va hodisalarga xos bo‘lgan butun va qismlarning o‘zaro qonuniyatli aloqadorligi «Butun va qism» kategoriyalarida aks etadi va ifodalanadi. Olamdagi har bir predmet (hodisa, buyum, protsess) ana shu butun va qismlarning dialektik birligidan iborat. Masalan, leksikologiyaga oid «ishchilar» so‘zini olsak. Bu so‘z: «ish» — «chi» — «lar» kabi ma’noli qismlardan iborat. Bu qismlar o‘zaro birikib, bir butun «ishchilar» so‘zini hosil qiladi. Butun va qism o‘zaro dialektik aloqadorlikdadir. Butunning umumiy tabiati uni tashkil qiluvchi qismlarning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, butun tarkibidagi har bir qism butunning o‘ziga xos xususiyatini ma’lum darajada ifodalaydi. Lekin butunni tashkil qilgan bu qismlar butun tarkibida har biri alohida-alohida emas, balki butunning bo‘laklari sifatida ko‘rinadi. Unda butunga xos ma’lum xususiyat qismlarga ham xos bo‘lishi mumkin.. Sistema,_struktura_va_element.'>Sistema, struktura va element.Borliqdagi narsa va hodisalar sistema, struktura va element aloqadorligiga ham ega bo‘ladi. CHunki ular ma’lum sistemalar tarzida mavjud bo‘lib, o‘z tuzilishi va tarkibiga ko‘ra esa muayyan strukturaga ega hamda qator elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Sistema — bu borliqdagi o‘zaro bog‘liq, muayyan tartibdagi bir-biriga ta’sir va aks ta’sir qilib turuvchi narsalar, hodisalar va jarayonlarning qonuniyatli birligidir. Struktura esa shu sistemani tashkil etgan narsalar, hodisalar va jarayonlarning tartibi, tuzilishi, tarkibi, joylashishi va ifodalanishidir. Struktura har bir narsa yoki hodisaning, har bir sistemaning ajralmas tub xususiyati bo‘lib, u muayyan elementlardan tashkil topadi. Element sistema strukturasini tashkil kilgan, nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan tuzilmadir. Har bir sistema o‘z strukturasiga ko‘ra bir qancha o‘zaro chambarchas bog‘liq va aloqadorlikda bo‘lgan elementlardan iborat bo‘ladi. Download 27.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling