Falsafa tushunchasining kelib chiqishi, predmeti va asosiy mazmuni
Quyidagilar falsafiy bilimning muhim tarkibiy qismlari
Download 23.83 Kb.
|
1.Falsafa fanining predmeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Politologiya
- Fan falsafasi
- Dunyoqarash
Quyidagilar falsafiy bilimning muhim tarkibiy qismlari:
Ontologiya - borliq xaqidagi yoki butun mavjudotning mohiyati xaqidagi ta’limot; Gnoseologiya - olamni bilish xaqidagi ta’limot; Logika - to‘g‘ri, ya’ni izchil, isbotli tafakkur qonunlari haqidagi ta’limot; Etika - axloq-odob nazariyasi; Estetika - hayotda va san’atdagi nafosat qonunlarini o‘rganadi; Politologiya – siyosat falsafasi; Praksiologiya – faoliyat falsafasi Ijtimoiy falsafa - jamiyat taraqqiyoti qonunlarini o‘rganadi; Falsafiy antropologiya - insonning mohiyati xaqidagi ta’limot; Aksiologiya - jamiyat va inson hayotida qadriyatlarning o‘rni haqidagi ta’limot; Tarix falsafasi - jamiyat tarixiy taraqqiyotining mazmun-mohiyati, genezisi, omillari, harakatlantiruvchi kuchlari va istiqbollarini o‘rganadi; Fan falsafasi - fanni mustaqil fenomen sifatida genezisi, taraqqiyot qonunlari, qadriyatlari, maqsad va vazifalari, muammolarini o‘rganadi; Metodologiya - ilmiy bilimlarni yaratishning umumiy yo‘llari, shakllari haqidagi ta’limot; Falsafa tarixi - falsafiy ilmning insoniyat falsafiy tafakkuri shakllana boshlagandan to hozirgacha yaratilgan falsafiy ta’limotlarni o‘rganadigan alohida yo‘nalishi. Falsafiy muammolar mohiyatini tushunib yetish, ularning eng muhimlarini aniqlash va nihoyat, falsafiy bilimlar bilan oshno bo‘lish – ko‘rsatilgan bo‘limlarni sinchiklab o‘rganish, bunda ularga yaxlit bir butunning tarkibiy qismlari sifatida yondashish demakdir. Dunyoqarash - insonning o‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni tushunishi, shuningdek turli voqealar, hodisalarni va o‘z burchini qanday talqin qilishida namoyon bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, inson dunyoqarashida e’tiqodlar va bilimlar, tuyg‘ular va emotsiyalar, oqilonalik va irratsionallik, tajriba, intuitsiya va hokazolar chambarchas bog‘lanadi. Ayni shu sababli falsafasiz dunyoning yaxlit manzarasini yaratish mumkin emas, chunki, «hamma narsaga aralashadigan» falsafagina dunyoqarashning o‘zaro bog‘lanmagan turli «parchalari»ni birlashtirib, shu tariqa odamlarning butun borliqqa nisbatan umumiy, izchil va mantiqan to‘g‘ri munosabatini yaratish imkonini beradi. Bunda falsafa ayrim ikir-chikirlar, ahamiyatsiz tafsilotlarni mavhumlashtiradi va umumiy aloqalarga, turli narsalar va hodisalar xossalarining birligiga e’tiborni qaratadi va shu tariqa o‘zining bosh funksiyasi – dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini bajaradi. Ayni shu davrdan boshlab insonning ancha rivojlangan dunyoqarashi shakllangani haqida va umuman to‘plangan bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, vujudga kelgan qadriyatlar, o‘zi va o‘zini qurshagan dunyo haqidagi tasavvurlar majmui sifatidagi odamlar dunyoqarashi to‘g‘risida ishonch bilan so‘z yuritish mumkin. Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining tizimsiz majmui sifatida amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yo‘l ko‘rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi. Keng ma’noda, dunyoqarash – insonning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘z-o‘ziga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek uning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari,, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo‘ljallaridir. Aql paydo bo‘lishi bilan inson o‘zini fikrlovchi mavjudot sifatida anglay boshlaydi, unda o‘z «meni» va o‘zgalar haqida tasavvuri shakllanadi va rivojlanadi. Shu tariqa u o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni anglaydi, o‘zi va boshqa odamlarni, o‘zi va tashqi muhitni farqlaydi, ilgari o‘ziga ma’lum bo‘lmagan dunyoning yangi va yangi jihatlarini idrok etadi. Bunday qarashlar insonning o‘zi va o‘zini qurshagan borliq haqidagi tasavvurlari majmui sifatida shakllanadigan dunyoqarash negizini tashkil etadi. Bunda inson o‘ziga ma’qul va noma’qul narsalarni farqlaydi, baholar beradi, ustuvorliklar tizimini yaratadi va muayyan maqsadlarga erishishda tegishli tarzda ish ko‘radi. Download 23.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling