Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/37
Sana19.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1361834
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Bog'liq
1-ma\'ruza matni

Falsafaning asosiy masalalari. Falsafani o
‘rganayotgan har bir odamda falsafada qolgan barcha muammolarga 
nisbatan ustunroq ahamiyat kasb etadigan, ya'ni muhimroq, asosiyroq hisoblanadigan masalalar, muammolar mavjud yoki 
mavjud emasligiga qiziqish ertami, kechmi albatta yuzaga keladi. Bu mavzu nafaqat boshlovchi, balki professional 
faylasuflar uchun ham diqqatga sazovordir. Ularning orasida kimdir bu mavzuga jiddiy e'tibor beradi, kimdir esa, aksincha


uni muhim deb hisoblamaydi. Falsafaning uzoq tarixiga umumiy nazar tashlasak, olam va insonning kelib chiqishi
rivojlanishi va mohiyatiga, shuningdek, hayotning ma'nosi, inson bilishining tabiatiga tegishli «boqiy» falsafiy muammolar 
deyarli barcha falsafiy ta'limotlarda u yoki bu tarzda mavjudligini, turli falsafiy asarlarda, ular aynan kimga qarashliligi va 
qaysi davrga mansubligidan qat'iy nazar, qisman yoki, aksincha, atroflicha muhokama qilinishining guvohi bo
‘lishimiz 
mumkin.
Darhaqiqat, ong, tafakkur, ruh, ideallik va ularning materiya, tabiat, borliq bilan o
‘zaro nisbati masalalariga o‘z 
munosabatini bildirmagan yoki, o
‘z mulohazalari va xulosalarida shubha qilmagan faylasufni topish mushkul. Bu hol o‘z 
vaqtida olimlar tomonidan «falsafaning asosiy masalasi»ni ta'riflashiga turtki bergan bo
‘lib, unda ikki jihat alohida ajralib 
turadi.
Birinchi jihat moddiylik va ideallikning o
‘zaro nisbatiga tegishli. Savol shunday qo‘yiladi: «Materiya birlamchimi 
yoki ruh (ong)mi?» yoki, «Tafakkur va borliqning nisbati masalasi butun, ayniqsa, eng yangi falsafaning buyuk asosiy 
masalasidir».
Ikkinchi jihat birinchi jihat bilan uzviy bog
‘liq bo‘lib, quyidagicha ta'riflanadi: «Dunyoni bilish mumkinmi?» 
Boshqacha aytganda: «Biz haqiqiy dunyo haqidagi o
‘z tasavvurlarimiz va tushunchalarimizda borliqni to‘g‘ri aks ettirishga 
qodirmizmi?»Bu masalada materialistlar va idealistlarning qarashlari ziddiyatli xarakterga egadir. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling