Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 66 Kb.
bet6/7
Sana14.05.2023
Hajmi66 Kb.
#1459399
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
FALSAFA UNING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI

Dinning asosiy ildizlari. Din qonuniy hodisa sifatida vujudga kelgan bo‘lib, u insonning g‘ayritabiiy narsalar va hodisalarga bo‘lgan e’tiqodini to‘yintiruvchi chuqur ildizlarga egadir.
Dinning psixologik ildizi avvalo inson tabiatida mavjud bo‘lib, u inson intellektining rivojlanish darajasi va tanqidiy fikrlash qobiliyatidan qat’iy nazar, nafaqat tushunish, anglash, balki e’tiqod qilish istagi va hattoki ehtiyojining hamisha namoyon bo‘lishidir.
Dinning gnoseologik ildizlari oqilona bilim nuqtai nazaridan dunyo o‘z rang-barangligida insonga cheksiz murakkab bo‘lib tuyulishida namoyon bo‘ladi. Forobiy fikricha “Din nazariy va amaliy qonunlar tuzilgan paytdagina odamlar e’tiqodi, ta’limi tarbiyasi yo‘llari ishlab chiqilgandagina paydo bo‘ladi va mustahkamlanadi. Ana shunday din tufayli omma baxt saodat uchun yetarli bilim olishi mumkin”.1 Odamzot o‘zini qurshagan borliqni faqat qisman anglab yetadi. Ayni shu sababli olam inson uchun sirlar va mo‘jizalarga to‘ladir. Odamzot o‘zi e’tiqod qiladigan ko‘p narsalarni faqat aqlga tayanib isbotlashga ham, rad etishga ham qodir bo‘lmaganidek, yuqorida zikr etilgan sirlar va mo‘jizalarga javob topishga ham (balki hozircha) qodir emas. Psixologlar qayd etganidek, «o‘ta mushkul vazifa aqlni o‘tmaslashtiradi», inson yechimsiz muammolar qarshisida o‘zini ojiz his qiladi va aql dalillarini uydirma, g‘ayritabiiy narsalar bilan osongina to‘ldiradi.
Dinning ijtimoiy ildizlari jamiyatda doimo mavjud bo‘lgan tengsizlik, qashshoqlik va adolatsizlikni, odamlar qancha urinmasin o‘zgartira yoki yenga olmaganligi bilan bog‘liq. Adolatsizlik va foniy dunyoning nomukammalligi tuyg‘usi chorasizlik va umidsizlikni yuzaga keltiradi, so‘nggi zikr etilgan tuyg‘ular osongina u dunyoda hayotning mavjudligiga bo‘lgan ishonchga aylanadi. Vaholanki, har qanday din haqiqiy hayot u dunyodadir, deb o‘rgatadi. Muammolar, qiyinchiliklarga duch kelgan va real hayotda o‘ziga tayanch topa olmagan inson g‘ayritabiiy kuchlarga umid bog‘lab, narigi dunyoga murojaat etadi. Ularga e’tiqod qilib, odamzot taskin, tasalli topadi va oxir-oqibatda taqdirga tan beradi.


Xulosa
Falsafa faktlarni eslab qolishni o‘rgatmasligi, balki mulohaza yuritish va savollarga javob berish qobiliyatini rivojlantirishi lozim. Falsafadan saboqlar inson har bir masala yuzasidan mutafakkirlar fikriga murojaat etmasdan, o‘zi mustaqil o‘ylashni va o‘z aqliga quloq solishni o‘rganishini nazarda tutmog‘i darkor. Ayni shu sababli falsafaning vazifasi insonga muloqot qilishni o‘rgatish, u o‘z shaxsiyatining ahamiyatini ko‘rsatishga emas, balki haqiqatning tagiga yetishga harakat qilishiga erishishdan iborat. Bu, o‘z navbatida, barcha odamlar o‘ziga atrofdagilar quloq solishiga loyiq ekanligini nazarda tutadi.
Bu juda topib aytilgan so‘zlar falsafani fan sifatida o‘rganish, uni bilimlar, tayyor qoidalar va ta'riflarning muayyan yig‘indisi sifatida o‘zlashtirish mumkin emas, degan fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. Insonga ta'lim berishda paydeyya yo‘lini tanlash – unga «nimani ko‘rish lozimligi»ni emas, balki «qaerga va qanday qarash kerakligi»ni o‘rgatish lozim. O‘z-o‘zidan ravshanki, mazkur vazifani ijodiy yondashuvsiz, o‘quvchi va o‘qituvchining qiziquvchanligi va intiluvchanligisiz hal qilib bo‘lmaydi, falsafa esa o‘zining sof ko‘rinishida yo‘qoladi, «havoga sovuriladi», pirovardda kimdir bayon etadigan, kimdir “o‘tishi”, o‘rganishi va qolaversa, imtihon topshirishi lozim bo‘lgan “fan”gina qoladi. Boshqacha aytganda, falsafadan ta'lim berish va uni o‘zlashtirish zamirida ham, albatta ijod yotishi lozim.

Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling