Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) O’zbekistonda yangi jamiyatni barpo etish va barkamol insonni shakllantirish


Download 162.87 Kb.
bet78/92
Sana20.06.2023
Hajmi162.87 Kb.
#1631780
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

95) O’zbekistonda yangi jamiyatni barpo etish va barkamol insonni shakllantirish.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonni ma’naviy-ruhiy jihatdan kamol toptirishga qaratilgandir. Insonning ma’naviy ehtiyojlarini uning tabiiy-moddiy manfaatlaridan ajratish, unga faqat ilohiy mavjudot sifatida qarash ham biryoqlamalikka olib kelishi, etilgan ijtimoiy muammolar mohiyatini to’g’ri tushunishga xalaqit berishi mumkin.
Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy g’oya va milliy mafkura insonga biryoqlama qarashlarga zid ravishda, undagi moddiylik va ma’naviylikni uyg’unlashtirishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy — badavlat, mulkdor, barcha qulayliklarga ega bo’lishini inkor etmaydi. Aksincha, ularni tadbirkor, uddaburon va mehnatsevar bo’lishga rag’batlantiradi. Yuksak ma’naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolat o’rnatib, saxiy va olihimmat bo’lishga undaydi.
Islom Karimov ta’rifiga ko’ra, ma’naviyat (ruh) insonni axloqan poklaydigan, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydigan, ezgulikka undaydigan botiniy kuchdir. Yuksak ma’naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir. Insonning olijanob fazilatlari etuk shaxslar timsolida o’z aksini topadi. Insonga xos bo’lgan barcha xususiyatlar shaxs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan o’rnida, uning o’z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishida, muayyan mafkurani amalga oshirishida yaqqol ko’rinadi.
Shaxsning shakllanishi va rivojlanishida tarixiy shart-sharoit, ayniqsa, g’oya va mafkura muhim o’rin tutadi. Bozor munosabatlariga o’tish davrida vujudga kelgan muammo va vazifalar yangi barkamol insonni voyaga yetkazishni taqozo etdi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson manfaatlari, uning ezgu maqsadlari ro’yobga chiqishini ta’minlashga, uning barkamol sifatlar kasb etishiga qaratilgandir. Shaxs islohot natijalaridan bahramand bo’luvchigina emas, balki ularni sobitqadamlik bilan amalga oshiruvchi kuch sifatida ham yangilanish jarayonida o’zgaradi, yuksaladi, qadr-qimmat topadi va e’zozlanadi.
Insonning jamiyatidagi o’rni, qadr-qimmati borasida milliy istiqlol o’z oldiga quydagilarni maqsad va vazifa qilib qo’yadi:
- insonning qadr-qimmatini joyiga qo’yish;
- inson uchun baxtli hayot sharoitlarini yaratish;
- insonning o’zligini anglashi, ijtimoiy burch va vazifalarini ado etishi, sog’lom avlodlar uzluksizligini ta’minlashi, kelgusi avlodlarga yaxshi xotiralar qoldirishi va iymon-e’tiqodi butun bo’lishi uchun qulay sharoitlar yaratish.



Download 162.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling