Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari
) «Qadriyatlar» tushunchasi va uning tarixiy ildizlari
Download 162.87 Kb.
|
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadriyatning kundalik hayotdagi ma’nosi
99) «Qadriyatlar» tushunchasi va uning tarixiy ildizlari.
Qadriyatlar to’g’risidagi fan — aksiologiya (aksio — qadriyat, logos — ta’limot) falsafaning shu masalani o’rganadigan va u bilan shug’ullanadigan sohasi hisoblanadi. Sobiq ittifoq davrida bu to’g’rida nihoyatda kam ma’lumotlar bor edi. Istiqlol tufayli qadriyatlar to’g’risidagi qarashlarimiz shitob bilan o’zgardi. Sobiq ittifoqning ilgari ulug’langan partiyaviy-sinfiy qadriyatlari sarobga aylandi, zamona realliklari talablariga javob bera olmay, o’tgan o’n yilliklardan iborat tarix sahifalari bilan birga yopilib ketdi. O’zbekistonda qadriyatlarga e’tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutaxassislar tomonidan taxlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi — aksiologiyaning ko’pdan-ko’p mavzulari mutaxassislarimizning ilmiy izlanishlarida o’ziga xos o’rin tutmoqda. Qadriyatning kundalik hayotdagi ma’nosi kishilar o’rtasidagi muloqotlarda, ommaviy axborot vositalarining xabarlarida o’ziga xos tarzda namoyon bo’lmoqda. Kundalik hayotda, ko’pchilik nazarida narsalar (masalan,qimmatbaho buyumlar,taqinchoqlar),tabiat hodisalari, ijtimoiy voqealar, jamiyatdagi talablar, orzu-umidlar, an’ana va marosimlar, madaniy boyliklar va boshqalar qadriyat sifatida tushuniladi. Bundan tashqari, odamlar o’zlari ishonib, gohida intilib, qiziqib yoki orzu qilib yashaydigan maqsad, orzu yoki ideallarga ham “qadriyat” tushunchasini qo’llaydilar. Xullas, kundalik hayotda ko’pchilik tomonidan qo’llaniladigan “qadriyat” iborasi odamlar uchun biror zarur ahamiyat kasb etadigan ob’ekt, narsa, hodisa va boshqalarga nisbatan ishlatiladi. Ammo buyumning qadri hisobga olinmasa, masalaning aksiologik jihati ochilmaydi. «Qadriyat» kategoriyasi buyum yoki narsalarning iqtisodiy qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi. Shu ma’noda qadriyat narsa va buyumlarning qimmatiga nisbatan qo’llanilmasdan, balki inson uchun biror ahamiyatga ega bo`lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab, tartiblar va boshqalarning qadrini, ijtimoiy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy kategoriyadir. Bu kategoriya o’zida qadriyat ob’ektining nafaqat qimmatini, balki ijtimoiy ahamiyatini, falsafiy-aksiologik mazmunini, jamiyat va inson uchun qadrini ham ifodalaydi. Qadriyatlar mavzuining tarixi, ildizlari tamoyillari shakllanishi uzoq o`tmishga ega. G’arbda qadriyatlar bilan shug’ullanadigan falsafiy soha — aksiologiya fanining shakllangani ham ularning bunday qarashlari uchun muayyan asos bo’ladi. Suqrot va Aflotun, Aristotel va Gegellar G’arb falsafasida o’z tarixiga ega. Nomlari sivilizatsiyamiz tarixiga abadiy bitilgan Xorazmiy, Farobiy, al Buxoriy, at Termiziy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Yassaviy, Naqshband, Ulug’bek, Navoiy, Mashrab, Bedil, Behbudiy, Avloniy kabi mutafakkirlar ijodida ham bu mavzuning izlari bor, teran qirralari ochilgan. Qadrlash to’g’risidagi qarashlar rivojida VIII-XII asrlar katta ahamiyatga ega. Bu davrda arab istilosi amalga oshirilgan, islom hukmron dinga aylangan edi. E’tirof etish kerakki, Qur’on va Hadislarda ta’riflab berilgan ilohiy qadriyat va qadrlash masalalari xalqimiz tarixi va madaniyatiga ta’sir ko’rsatgan. Shu bilan birga, arab istilosi davrida ko’pgina milliy qadriyatlarimizning yo’qotib yuborilganligini ham qayd qilmoq kerak. Bu to’g’rida Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida afsus bilan yozib qoldirgan. Download 162.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling