Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) «Qadriyat» kategoriyasi, uning asosiy shakllari


Download 162.87 Kb.
bet83/92
Sana20.06.2023
Hajmi162.87 Kb.
#1631780
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

101) «Qadriyat» kategoriyasi, uning asosiy shakllari.
1970-yilda Moskvada nashr qilingan 5 tomli «Filosofskaya ensiklopediya» to‘plamining 5-tomida ta’riflanishicha, «Qadriyat falsafiy va sotsiologik tushuncha. U, birinchidan, biror obyektning ijobiy yoki salbiy qiymatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ belgilovchi – baholovchi jihati (subyektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi. Shunga ko‘ra obyektiv (ashyoviy) va subyektiv (ong) qadriyatlari bir-biridan farqlanadi».
Milliy qadriyatlar – bu millatning tili, madaniyati, tarixi, urf- odatlari, an’analarini, jamiki moddiy-ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi.
Mintaqaviy qadriyatlar – iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini, urf-odat va an’analari mushtarak bo‘lgan xalqlar manfaatiga xizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar majmuasini tashkil qiladi.
Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlardan mazmuni jihatidan chuqur va keng bo‘lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan umumbashariy muammolar kiradi.
Shaxsning qadri u yashayotgan zamon, undagi jarayonlar, ijtimoiy, tarixiy shart-sharoitlar bilan dialektik aloqadorlikda namoyon bo’ladi. Muhit va davr talablari shaxs qadrini shakllantirib, sayqallab boradi, uning o’zi esa o’z qadrining shaxsiy talablari, ehtiyojlari va maqsadlari bilan naqadar aloqadorligini chuqurroq anglab olish tomon boradi. Qadriyatlar yoshlarga hayot mazmunini chuqurroq tushunish, jamiyat qonun-qoidalaridan to’g’ri foydalanish, o’z xatti-harakatlarini ana shu ma’naviy mezonlar talabiga moslashtirish imkonini beradi.
Yoshlar, xususan talabalar va o’quvchilarni ma’naviy barkamol avlod vakillari sifatida tarbiyalash va shakllantirishda qadr va qadrlash tuyg’usi, qadriyatlar kategoriyasi, ularning mohiyati, mazmuni, namoyon bo’lish shakllari to’g’risidagi bilimlarning majmuasi bo’lgan zamonaviy aksiologiya, ya’ni qadriyatshunoslikning asoslarini o’rgatish nihoyatda muhim. Ana shu sababdan ham umuminsoniyatning qadrlash me’yorlari borasida to’plagan yutuqlarini umumlashtirgan bilim sohrlari imkoniyatidan foydalanish ta’lim-tarbiya samaradorligining asosiy mezonlaridan biridir.



Download 162.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling