Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Qadriyatlarning jamiyat va inson xayotidagi o’rni


Download 162.87 Kb.
bet84/92
Sana20.06.2023
Hajmi162.87 Kb.
#1631780
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

102) Qadriyatlarning jamiyat va inson xayotidagi o’rni.
Odamlar bitta jamiyatda, bir davrda va o’xshash sharoitlarda yashayotganliklariga qaramasdan, u yoki bu narsaning qadri turlicha anglab olinadi, tushuniladi va talqin qilinadi. Ijtimoiy jarayonlar ta’sirida kishilarning qadriyatlar to’g’risidagi tasavvuri, qarashlari o’zgaradi, bu esa taraqqiyot jarayonida odamlarning turmush sharoitlari, hayoti va ma’naviy qiyofasidagi o’zgarishlar bilan bog’liqdir.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, qadriyatlar jamiyatning rivoji va kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruriyatga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi pog’onasiga chiqib oladi, boshqalarini xiralashtirganday bo’lib tuyuladi. Natijada ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot qonuniyatlariga mos ravishda, oldinga chiqib olgan qadriyatni barqaror qilishga intilish nisbatan kuchayadi. Masalan, yurtni yov bosganida — ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiqlol, urush davrida — tinchlik, tutqunlikda— erkinlik, kasal va bemorlik onlarida — salomatlikning qadri oshib ketadi, ularga intilish kuchayadi.
Ta’lim-tarbiyaning muhim omillari bo’lgan qadriyatlarning namoyon bo’lish shakllari orasida o’z ahamiyatini, ijobiylik xususiyatlarini doimiy saqlab qoladiganlari ham bor. Bular — inson vujudining tirikligi, umri va hayoti, sihat-salomatligi, mehnati, bilimi, muomalasi. Ular inson va jamiyat bor ekan, o’zining ijtimoiy ahamiyatini saqlab qolaveradi. Afsuski, ularning qarama-qarshisi bo’lgan kasallik, ma’nosiz hayot kechirish, bilimsizlik va boshqalar ham tarixiy jarayonlarning hamrohi. Tiriklik bor ekan — o’lim, borliq eng buyuk ma’vo ekan —yo’qlik, inson tirik jonzot ekan — kasallik, hayot kechirishdan maqsad mazmunli umr ekan — ma’nosiz qo’yilgan ba’zi qadamlar, yashashning zaruriy shartlaridan biri bilish va anglash ekan — bilimsizlik, taraqqiyotga intilish bor ekan — tanazzul va boshqalar insoniyatni doimo ta’qib qiladi.
Inson qadri uning ijtimoiy xususiyatlari, jamiyatda amalga oshirgan faoliyati, boshqalarga va atrof-muhitga munosabati, kamolotga etganligi, ijtimoiy xususiyatlarni o’zlashtirib olganligi va ularni ma’naviy qiyofasida namoyon qila olganligida ham ko’rinadi. Inson bolasining shaxsga aylanishi, o’z qadrini va o’zgalar qadrini anglash jarayoni uzok yillar davom etadi.
Bugungi kunga kelib, insoniyat yana tabiat va odamzod naslining uyg’unligini saqlab qolish uchun qadr va qadriyat nihoyatda zarur ekanligini angladi. XX asrning oxirgi va XXI asrning boshlanishidagi birinchi besh yilliklar BMT tomonidan “Inson huquqlari o’n yilligi” deya e’lon qilinganligi, kishilik jamiyati esa yangi ming yillikka umuminsoniy qadriyatlarni barqaror qilishga bel bog’lab o’tganligi bejiz emas. Hozirgi O’zbekistonda
inson manfaatlari va haq-huquqlarini ro’yobga chiqarish, qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini ustuvor qilish bilan bog’liq faoliyatlar butun jahonda bu boradagi umumiy hamkorlikni mustahkamlash harakatining tarkibiy qismiga aylanmoqda.



Download 162.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling