4. O‘qitishning ko‘rgazmaliligini ta’minlash talablari


Download 20.2 Kb.
bet1/2
Sana07.02.2023
Hajmi20.2 Kb.
#1173697
  1   2
Bog'liq
jav


32.Elektron darslikni yaratish jarayonida psixologik-pedagogik, texnik-texnologik, estetik va ergonomik talablar qo‘yiladi. Elektron darslik ham bosma o‘quv adabiyotlari kabi an’anaviy o‘quv nashrlariga qo‘yilgan didaktik talablarga javob berishi kerak. Didaktik talablar ta’lim berishning spetsifik qonuniyatlariga va mos ravishda ta’lim berishning didaktik tamoyillariga mos kelishi kerak.
1.O‘qitishda ilmiylikni, fan,texnika va texnologiyalarni so‘nggi yutuqlarni hisobga olinishi
2.O‘qitishning erishuvchanlik talablari - elektron darslik vositasida amalga oshiriladi va ta’lim oluvchilarning yoshi hamda individual xususiyatlariga xos o‘quv materialini o‘rganishning murakkablik va chuqurlik darajasini aniklash zaruriyatini bildiradi.
3.O‘qitishning muammoviylinini ta’minlash talablari - ta’lim olish faoliyatining tavsifi shartlashtirilgan.
4.O‘qitishning ko‘rgazmaliligini ta’minlash talablari
5. O‘qitishni ongliligini, ta’lim oluvchining mustaqilligi va faolligini ta’minlash talablari
6.Elektron darslikdan foydalanishda o‘qitishning tizimliligi va ketma-ketligi talablari
33. Elekron darslik tayyorlash uchun fan o‘qituvchisidan talab qilinadigan vazifalar:
• Fan bo‘yicha to‘liq material tayyorlash.
• Qo‘llanma annotatsiyasini berish.
• Elekron o‘quv qo‘llanma auditoriyasini aniqlash va shunga qarab talablarni belgilash.
• Psixo-ergonomik qoidalarni aniqlash (o‘quvchini asabiga, ko‘ziga ta’sir qilmaslik uchun).
o Matnlar rangini
o Fon rangini
o Fon rasmini (kerak bo‘lsa)
o Shrift o‘lchamini
o Shrift turini.
• Dasturni interfeys qismini loyihasini aniqlash
o Dastur oynasining tashqi ko‘rinishi
o Oyna rangi
o Oyna shrift turlarini
o Oyna shirift ranglarini
o Oynalarni chiqish usullarini
o Dastur strukturasini (struktura fan mavzulari, nazorat bo‘limlari, mualliflari, elektron qo‘llanma, qanday auditoriyaga mosligi va h.k. larni hisobga olgan holda kelib chiqadi) aniqlash
• Interfaolligi aniqlash.
o Izohlarni mavjudligi (kerak bo‘lsa)
o Savol javoblarni mavjudligi (kerak bo‘lsa)
o Tovushlarni mavjudligi (kerak bo‘lsa)
o Izohli tovushlarni mavjudligi (kerak bo‘lsa)
o Izohli animatsiya va roliklarni mavjudligi (kerak bo‘lsa)
• Axborotlarni o‘quvchilarga berish usullarini aniqlash .
o Matnli
o Ovozli
o Animatsiyali
o Rolikli
o Grafikli
o Hammasi birgalikda
o Ayrimlari birgalikda
o Qanday usulda berishi (birdaniga, tugmacha yordamida yoki qandaydir harakat orqali)
o Matnlarni ekranda bo‘laklab berish usullarini aniqlash.
o Bir ekranga necha sahifa chiqarilishi kerakligi
• Kerakli joylarda internet resurslariga ulanish imkoniyatini aniqlash
o Sso‘lka manzillari aniqlanadi ( kerak bo‘lsa)
• Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxatini va internet resurslari internet manzillarini aniqlab berish.
o Adabiyotlar fayliga sso‘lkalarni ( mavjud bo‘lsa)
o Mavzuga oid maqolalarga sso‘lkalarni ( mavjud bo‘lsa)
o Internet resurslariga sso‘lkalarni ( mavjud bo‘lsa)
• Bilimni nazorat qiluvchi dastur kerak yoki kerak emasligini aniqlash.
o Kerak bo‘lsa belgilangan formatda test savollarini, grafiklarini aniqlab berish

Yuqorida keltirilgan Fan mavzulari mazmuni, rasmlar, grafiklar, diagrammalar, test savollari, annotatsiyalar fayl ko‘rinishida. Qolgan ma’lumotlar qog‘oz ko‘rinishida (izohlab yozilgan holatda, chizmalar holatida) topshiriladi.


Animatsiyalar, roliklar tayyorlash, tovush yozish va dastur yozish jarayoni dasturchilar tomonidan amalga oshiriladi (Animatsiya, rolik tayyorlash, tovush berish jarayoni ko‘rsatmalari fan o‘qituvchilari tomonidan tayyorlanadi).
Elektron o‘quv adabiyotlarni baholash tadbirlarini o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor beriladi:
1. Elektron o‘quv adabiyotining davlat ta’lim standartlari asosida tayyorlanganligiga;
2. Ta’lim-tarbiya jarayoniga hamkorlik pedagogikasiga va o‘qitishning interaktiv usullarini tadbiq qilishda ko‘mak bera olishligiga;
3. Bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish, qiziqish uyg‘ota oladigan va mustaqil fikrlashga yo‘naltira oladigan xususiyatlarga ega bo‘lishi;
4. Bilim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilishi, mustaqil ta’lim olishiga qiziqish uyg‘otishi;
5. Fan va texnika yutuqlarining ahamiyatini ifodalashi, ilmiy masalalarning mantiqiy ketma-ketlikda, fanning o‘quv dasturiga muvofiq bayon etilishi;
6. Asosiy tushuncha va xulosalarning ta’riflari nihoyatda aniq va ravshan yozilishi, atamalarning umumiyligiga erishilganligiga e’tiborni qaratadi.
34. Bunday elektron darslik tayyorlovchi dasturlar orasida SbookBuilder va htm2chm dasturlari o‘ziga xos mavqega ega. Quyida ana shu dasturlar imkoniyalari bilan tanishib chiqamiz.
Hozirda vaqtda bir necha xil elektron darslik tayyorlash imkonini beruvchi dasturlar mavjud. Oddiy HTML ko‘rinishida elektron darslikni biror bir matn muharrida ham tayyorlash mumkin (misol uchun, HTML sahifalarni Notepad matn muharrida tayyorlash uchun HTML kodlarini matn muharririga yozib saqlashda .html yoki .htm kengaytma berish kifoya ) yoki maxsus HTML ma’lumotlar tayyorlashga mo‘ljallangan Microsoft FrontPage, Dreamweaver kabi dasturlari yordamida ham tayyorlash mumkin. Lekin .exe yoki .chm kengaytmali faylllar o‘zining yaxlitligi va oson nusxasini ko‘chirib olinishi bilan oddiy HTML sahifalar to‘plamidan iborat elektron darsliklardan afzal hisoblanadi.
Ushbu dastur bepul tarqatiluvchi dasturlardan biri bo‘lib osonlik bilan elektron darsliklar tayyorlashga juda qulaydir. Ushbu dasturni global tarmoqning ushbu http:G’G’www.jansfreeware.com manzilidan ko‘chirib olish mumkin. Dastur hech qanday o‘rnatilishni talab qilmaydi. Ushbu dastur mavjud HTML sahifalarini exe fayl ko‘rinishidagi elektron darslik holatiga keltiradi. Ya’ni bu dasturda avvaldan tayyorlab olingan bir-biriga bog‘liq HTML sahifalar ko‘rinishidagi ma’lumotlarni yaxlit bir exe fayl ko‘rinishiga keltiradi. Uni ishga tushirish uchun SbookBuilder.exe fayli ustida sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosamiz va natijada
Ushbu dastur bilan ishlash oynasi ochiladi. Bu dastur juda sodda tuzilmaga ega. Uning quyidagi boshqarish maydonlari mavjud:
1)
Download 20.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling