Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Falsafiy bilimlar tizimi va uning xususiyatlari


Download 195.3 Kb.
bet12/92
Sana28.10.2023
Hajmi195.3 Kb.
#1732035
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

11) Falsafiy bilimlar tizimi va uning xususiyatlari.
Hozirgi zamon falsafasi doirasida ko'pincha quyidagi fanlar mustaqil sohalarni ajratishadi: falsafa tarixi, ontologiya - borliq to'g'risida, gnoseologiya (epistemologiya) — bilish to'g'risida, aksiologiya — qadriyatlar to'g'risida, falsafiy antropologiya — inson to'g'risida, ijtimoiy falsafa — jamiyat to'g'risida, mantiq - tafakkur qonunlari va shakllari to'g'risida, etika — axloq to'g'risida, estetika — go'zallik to'g'risidagi ta’limot.
Shuningdek, tabiatshunoslik falsafasi, din falsafasi, huquq falsafasi, fan falsafasi, texnika falsafasi, tarix falsafasi, madaniyat falsafasi, siyosat falsafasi, global muammolar falsafasi kabi bugungi kunda mustaqil fan maqomini olish bilan bir butun yo'nalishlarga ajralgan.
U yoki bu falsafiy fanning rivojlanish darajasi turlichadir. Ulardan ba’zilari (masalan, ontologiya) falsafa ibtidosida vujudga kelgan bo'lsa, boshqalari (global muammolar falsafasi yoki texnika falsafasi) XX asr mahsulidir. Falsafiy fanlarning mustaqilligi to'g'risida gapirganda, mustaqillikning o'zini nisbiyligini nazarda tutish kerak. Falsafiy fanlar bir-biridan uzilib
qolgan emas, ular o'zaro yaqindan aloqada va o'zaro bog'liqdir. Ularning negiz mavzulari ko'pincha bir-biri bilan yondosh keladi: mantiq va bilish, bilish va din, din va axloq, axloq va san’at va hokazo. Falsafiy fanlar, ayniqsa, muayyan tizimlar va oqimlar doirasida o'zaro aloqador va o'zaro bog'liq bo'ladi. Masalan, Gegel tizimida dialektika yoki ruh fenomenologiyasini tushunmay turib, na uning mantig'ini va na uning falsafa tarixini anglab bo'ladi. Xuddi shuningdek, masalan, neokonfutsianchilik va dzenbuddaviylikda ontologiya, bilish nazariyasi va etika o'zaro aloqadordirlar.
Falsafiy bilimlar tarkibida fanlarning ko'p xilligi tabiiy tizimlilikka ega. Shuning uchun falsafa haqida tizim sifatida gapirish mumkin. Falsafaning bir butunligi va tizim xususiyatiga cgaligi dunyoning bir butunligi va yaxlitligidan kelib chiqadi. Umuman inson bilimining tizim tarzidaligi, uning o'z tashkiliy tuzilishiga yo'nalganligi va falsafa predmetining tizimga xosligi shundan kelib chiqadi.



Download 195.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling