Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Temuriylar davri falsafasi, uning axamiyati


Download 195.3 Kb.
bet27/92
Sana28.10.2023
Hajmi195.3 Kb.
#1732035
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

29) Temuriylar davri falsafasi, uning axamiyati.
Amir Temur va temuriylar davrida jamiyatda qaror topgan ma’naviyat, insonparvarlik, obodonchilik, bunyodkorlik, jamiyat manfaati uchun mehnat qilish g‘oyalari, ilm-ma’rifatga, san’at va hunarga o‘chlik va hokazo hayotiy ishtiyoqlarning faolligi o‘z davri falsafasida g‘oyatda ilg‘or falsafiy mushohadalar hamda ilmiy-falsafiy yo‘nalishlarning yuzaga kelishi va rivojlanishiga asos bo‘ldi.
Bunday yo‘nalishlarning biri inson falsafasi mavzui edi. Inson mohiyati, uning aql-zakovati, hayotda tutgan o‘rni, odobi va hokazo fazilatlari falsafiy mavzu sifatida talqin etildi; inson va jamiyat, insonlar munosabatlari, inson va mehnat, hunar, san’at, madaniyat va hokazo sohalar o‘tgan tarixiy davrlarga nisbatan chuqurroq va har tomonlama o‘rganila boshlandi.
Bu davr falsafasida jamiyat ilmiga ham kengroq, ham teranroq ahamiyat berildi. Odil podshoh va odil jamiyat masalasi faqat nazariy yoki badiiy shakllarda emas, amaldagi siyosiy, Amir Temur va temuriylar davlatlari boshqarish tajribalarida ham o‘z ifodasini topa oldi. Ana shu g‘oyaning amalda ko‘rinishi sifatida tinchlik, totuvlik, obodonchilik falsafasi oldinga surildi.
Amir Temur davri falsafasining yana bir muhim yo‘nalishi huquq falsafasidir. Bu yo‘nalishning yuzaga kelishi va rivojlanishi «Temur tuzuklari» kitobining yuzaga kelishi bilan bog‘liqdir. Kitobda ilgari surilgan asosiy falsafiy g‘oya «adolat» mezoniga nisbatan yondashuvda o‘z ifodasini topdi. Sohibqiron tomonidan kashf etilgan va bu mahalgacha davlatlar tajribasida ommalashmagan «Kuch – adolatdadir» qoidasi jamiyatning barcha huquqiy hodisalarini, ularni falsafiy mushohada qilish yo‘llarini asoslab berdi.
Amir Temur davri ma’naviyati va bu ma’naviyat asosida yuzaga kelgan mafkura Sohibqiron harbiy yurishlarining maqsadlari va yakuniy natijalarini ham belgilab berdi.
Harbiy yurishlarining asosiy maqsadi-Markaziy Osiyoda birlashgan qudratli davlat tuzish, mintaqada tinchlik, barqarorlik o‘rnatish, obodonchilik ishlarini yo‘lga qo‘yish, fan-madaniyatni rivojlantirish va hokazolar edi. Bunday yuksalishga erishmoq uchun mayda, qabilachilik asosida tashkil topgan davlatlarni birlashtirish, ular o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, janjallarga chek qo‘yish, ipak yo‘lini qayta tiklab uzoq-yaqin va xorijiy o‘lkalar o‘rtasida savdo-sotiqni rivojlantirish, madaniy aloqalarni kuchaytirish zarur edi. Ana shu maqsadlarda olib borilgan harbiy yurishlar natijasida Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqning katta qisimlarini o‘z ichiga olgan ulkan mintaqada Buyuk davlat-Temur imperiyasi yuzaga keldi. Bu bilan mintaqada urush-janjallar barham topdi; xo‘jalikni, savdo-sotiqni rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratildi; fan, madaniyat, san’at rivojiga keng yo‘l ochildi. Eng muhimi- Buyuk imperiyaning barcha hududlarida adolat hukmronligi o‘rnatildi.
Bularning barchasi asosida Amir Temur davri ma’naviyati va bu ma’naviyat mazmunida tashkil topgan jamiyat mafkurasi yotar edi. Bu esa o‘z davri ilm-fani va madaniyatining gurkurab rivojlanishiga keng yo‘l ochib o‘zining buyuk samarasini berdi. Bu samara Amir Temur zamonasida shakllangan va keyinchalik temuriylar davrida rivojlangan quyidagi to‘rt yo‘nalishdagi buyuk maktablarda o‘z ifodasini topdi. Bular Mirzo Ulug‘bek boshchiligidagi fan taraqqiyoti, Alisher Navoiy rahnamoligidagi adabiyotlar, Abdulqodir Marog‘iy ustozligidagi musiqa san’ati, Komoliddin Behzod yetakchiligidagi rassomlik san’ati maktablari edi.
Bu yo‘nalishlardagi ilm-fan, adabiyot, san’at asarlarida insonning mohiyati, uning ijtimoiy sifatlari, inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, mehnatsevarlik, san’atga, hunarga, madaniyatga ishtiyoq kabi falsafiy g‘oyalar ifoda etiladi. Shuningdek, bu asarlarda jamiyat falsafasiga oid, odil jamiyat, odil podshoh, inson erkinligi, tinchlik, totuvlik, obodonchilik kabi ilg‘or g‘oyalar targ‘ib qilinadi.
Tabiiyki, bunday qulay shart-sharoitda ko‘plab fan va madaniyat, san’at va hunarmandlik, naqqoshlik va me’morchilik ilmi va amaliyoti- ning buyuk namoyandalari yetishib chiqdilar. Chunonchi, buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek, xalqimizning mutafakkir shoiri va davlat arbobi Alisher Navoiy, buyuk daho shoir Abdurahmon Jomiy va boshqa ko‘p allomalar ana shu davrda yashab ijod etdilar.



Download 195.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling