Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari
) Amir Temurning ijtimoiy-siyosiy qarashlari
Download 195.3 Kb.
|
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e
28) Amir Temurning ijtimoiy-siyosiy qarashlari.
Markaziy Osiyoda XIV-XV asrlar ijtimoiy-falsafiy fikrlarning rivojlanishi Amir Temur va temuriylar saltanati davriga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, Amir Temur (1336-1405) va temuriylar saltanati davrida faqat Markaziy Osiyoda emas, O‘rta Sharqdagi hududlarning katta qismini egallagan Buyuk Temur Davlati o‘lkalarining barchasida turmush ko‘tarinkiligi ko‘zga tashlanadi. Savdo-sotiq, xalqlar va o‘lkalar orasida o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar tobora rivojlanadi. Ko‘chmanchilik barham topib, saltanatning barcha o‘lkalarida o‘troq turmush tarzi qaror topadi. Shaharlar obodonchiligiga e’tibor kuchayadi. Kosibchilik, hunarmandchilik taraqqiy etadi. Dehqonchilik rivojlanishi bilan suv inshoatlari qurilishi rivoj topadi. Saltanat hayotidagi bunday yuksak ko‘tarinkilikka mos ravishda fan, madaniyat, san’at oldingi davrlarga nisbatan beqiyos darajada o‘sadi. Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda ilm-fan va madaniyatning yuksalishi ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Savdo-sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik avj oladi; jamiyat manfaati yo‘lida mehnat qilish odat tusiga kiradi. Bu chinakam buyuk yuksalish davri edi. Ma’naviyatning bu qadar yuksalishi o‘z-o‘zidan bo‘lmadi, albatta. Bunga birinchidan, IX-XII asrlarda kechgan buyuk Sharq uyg‘onishi (Renessans) davri ilmiy va madaniy kashfiyotlari; ikkinchidan, Amir Temur tomonidan Movaraunahrda bunyod etilgan qudratli va markazlashgan davlat tartib va qoidalari asos bo‘ldi. Bulardan tashqari, Amir Temur davriga kelib yana ikki muhim ijtimoiy-siyosiy omil paydo bo‘lgan ediki, bu omillarsiz XIV-XV asrlar madaniyatining bu qadar gurkurab rivojlanishi mumkin emas edi. Bularning birinchisi Amir Temur davri ma’naviyatining asosi qilib Bahovuddin Naqshband tariqati ta’limotlarining olinganligi va, ikkinchisi, ilm-fan, madaniyat, sanat, ma’rifat taraqqiyotiga bevosita Amir Temurning o‘zi rahnamolik va boshchilik qilganligi edi. Birinchi manba, ya’ni Bahovuddin Naqshband ta’limotlarining Amir Temur davri ma’naviyatining asos etib tanlanishining madaniyat ravnaqi uchun ahamiyati g‘oyatda ulkan edi. Buning mohiyati shunda ediki, Bahovuddin Naqshband o‘z ta’limotida jamiyat saodati uchun yashashni, bunyodkorlik, savob ishlar qilishlikni, mukammal axloqqa erishishni targ‘ib qilar edi. Binobarin, naqshbandiya tariqati yo‘lini tutganlar tarkidunyo qilish, xalqdan, jamiyatdan uzoqda bo‘lish emas, balki qalbda Ollohni jo qilib, mehnat qilishlari, dunyoni obod etishlari zarurdir. Naqshbandiya tariqatining «dil ba yoru, dastba kor» (diling Ollohdayu qo‘ling mehnatda bo‘lsin) degan asosiy qoidasi ham yuqoridagi g‘oyaga aynan mos keladi. Ma’naviyat taraqqiyotining ikkinchi muhim manbai, ya’ni fan- madaniyat rivojiga bevosita sohibqironning o‘zi rahnamolik qilganligi ham g‘oyatda katta ahamiyatga molik bo‘lgan hodisa edi. Gap shundaki, mamlakatda ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish ishlarini farmon va qarorlar chiqarish yo‘li bilan ham, ehtimol, uddalasa bo‘lar edi. Lekin Amir Temur boshqacha yo‘l tutdi. Madaniyat, fan, san’at taraqqiyotini, me’morchilik va hunarmandchilik ravnaqini, eng muhimi, san’atkor, hunarmand atalmish ijodkorning nozik qalb torlarini ishga solishda yurtboshi shaxsiyatining ma’naviyatga bo‘lgan qalb qo‘ri kuchining nechog‘lik muhimligini chuqur angladi. Shu sabab, Amir Temur ma’naviyat muammolarini qaror va ko‘rsatmalardan tashqari, bevosita shaxsiy homiyligi hamda rahnamoligi usullari bilan hal etish yo‘lini tanladi. Shunday qilib, Amir Temur davri ma’naviyatining yuqoridagi ikki asosiy omili ilm-fan, madaniyat, san’at taraqqiyotining qudratli vositasi bo‘lib xizmat qildi. Bu omillar Sohibqiron hukmronligi davrida madaniyat yuksalishiga nechog‘lik hissa qo‘shgan bo‘lsalar, keyinchalik, temuriylar saltanati davrlarida ham jamiyat madaniyatining o‘sishiga shunchalar ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Amir Temur davri ma’naviyati faqat axloqiy-madaniy hodisa bo‘lib qolmasdan jamiyat mafkurasining shakllanishi va rivojlanishi uchun ham asos bo‘ldi. Bu bilan u jamiyat mafkurasi sifatida Amir Temur davlati ijtimoiy-siyosiy hayotiga faol ravishda o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bu ta’sir avvalambor Amir Temur davlati siyosatida ayniqsa ravshan ko‘rindi. Siyosatda haqiqat qaror topib, odil jamiyat qurish g‘oyasi tasdiq etildi. Sohibqiron bu g‘oyani yanada takomillashtirib va unga aniqlik kiritib «Adolat kuchda emas, kuch-adolatdadir» degan mashhur hamda bu davrgacha davlatlar tajribasida asosiy g‘oya sifatida qo‘llanilmagan qoidani kashf etdi Davlatni adolat yuzasidan boshqarishning yo‘lga qo‘yilishi davlat ishlarini, shuningdek, jamiyat voqea-hodisalarini ana shu mezon bilan baholashni taqozo etar edi. Shu maqsadda davlatni boshqarish masalalari maxsus tashkil etilgan (hozirgi parlament bosqichlarini eslatuvchi) katta va kichik kengashlar muhokamasiga qo‘yiladigan bo‘ldi. Kengashlar oralig‘ida pishib-yetilgan shoshilinch masalalar esa favqulodda maslahat kengashlarida hal etilishi joriy etildi. Mamlakatda qat’iy tartib-intizom o‘rnatildi. Adolat oldida barcha: shoh ham, fuqaro ham tenglashtirildi. Ta’lim-tarbiya shu asosda olib borildi. Va, nihoyat, adolat qoidasi yo‘rig‘ida «Temur tuzuklari» maydonga keldi. «Temur tuzuklari» Temur davlatini boshqarishning asosiy yo‘llanmasi sifatida xizmat qildi. Download 195.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling