Ma’ruza Ilm-fan va ilmiy tadqiqot tushunchalari va maqsadlari


Download 222.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana25.02.2023
Hajmi222.24 Kb.
#1228787
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-маъруза



Ma’ruza 1. Ilm-fan va ilmiy tadqiqot tushunchalari va maqsadlari. 
 
Mashg’ulot rejasi: 
1. 
Ilm-fan va ilmiy tadqiqot tushunchalari va maqsadlari. Tadqiqot usullari. 
2. 
Ilm-fan samaradorligi va ilmiy-texnik taraqqiyot 
3. 
Ilmiy-tadqiqot ishlarining bosqichlari 
 
Kalit so’zlar: Ilm-fan,ilmiy tadqiqot, abstraktsiya, postulotlar, aksiomalar, 
nazariya, metodologiya, usullar, faraz, fundamental, amaliy va innovatsion 
tadqiqotlar. 
1. Ilm-fan va ilmiy tadqiqot tushunchalari va maqsadlari. Tadqiqot 
usullari. 
Boshlanishiga quyidagi ikkita tsitatani keltiramiz:
«Ilm-fan – borliq haqidagi ob’ektiv bilimlarni shakllantirish va nazariy 
tizimlashtirish amalga oshiriladigan inson faoliyatining sohasi bo’lib, unga ilm - 
fan rivojlangan sari yana ham chuqurroq va kengroq kirib boriladi»
1

«Butun ilmiy ishning asosi bo’lib, dunyo tartiblanganligi va uni o’rganish 
mumkinligi haqidagi e’tiqod hizmat qiladi»
2

SHunday qilib, agar Siz ilmiy faoliyat bilan shug’ullanadigan bo’lsangiz, 
Sizning asosiy vazifalaringizdan biri mavjud bilimlarni tushunib olish va 
yangilarini hosil qilish hisoblanadi. Ilm-fanni juda mavhum bir narsa deb o’ylash 
kerak emas. Misol uchun, so’mning konvertatsiya bo’lishiga erishish va dunyo 
valyutalarining biriga aylanishi vazifasini xalqaro tajriba va bu yo’nalishda 
davlatning ilmiy asoslangan qadamlarini o’rganishsiz amalga oshirish mumkin 
emas. 
Ilm-fan – bu tabiat, jamiyat va tafakkurning ob’ektiv qonunlarini uzluksiz 
rivojlanadigan bilimlar tizimi bo’lib, insonlarning maxsus faoliyati natijasida 
ularni aniqlash va bevosita jamiyatning samarali kuchga aylantirilishidir. 
Ilm-fanni turli o’lchovlarda ko’rib chiqish mumkin: 
1) asosini bilimlar tizimi tashkil etadigan ijtimoiy ongning o’ziga xos shakli 
sifatida; 
2) ob’ektiv dunyoning qonunlarini bilish jarayoni sifatida; 
3) mehnatning ijtimoiy taqsimlanishining mo’ayyan turi sifatida; 
4) ijtimoiy taraqqiyotning muhim omillaridan biri va bilimlarni ishlab 
chiqarish va ulardan foydalanish jarayoni sifatida. 
Har qanday bilimni ilmiy deb qarash to’g’ri emas. Insonlarning faqat oddiy 
kuzatuv orqali olgan bilimlarini ilmiy deb tan olish mumkin emas. Bu bilimlar 
inson hayotida muhim rolь o’ynaydi, lekin ular hodisalar mohiyatini, ularning 
o’zaro bog’lanishlarini, bu hodisalar nima uchun boshqacha emas, aynan shunday 
kechayotganini ochib bermaydi va ularning kelajakda qanday rivojlanishini 
bashorat qila olmaydi.
1
Кохановский В.П. Философия и методология науки: Учебник для высших учебных заведений. – Ростов-на-
Дону.: «Феникс», 1999. с.3. 
2
Эйнштейн А. Собрание научных трудов. Том 4 – М.: Наука, 1967 – 600 с. 


Ilmiy bilimlarning to’g’riligi faqatgina mantiq bilan emas, balki birinchi 
navbatda amalda tajriba orqali tekshirish bilan aniqlanadi. Ilmiy bilim, mantiqiy 
asoslanmagan va amaliy tekshirilmagan u yoki bu fikrni to’g’ri deb ko’r-ko’rona 
ishonishdan tubdan farq qiladi. Borlikning mavjud qonuniyatlarini aniqlab, ilm-fan 
ularni shu borliqqa mos keladigan abstrakt tushunchalar va sxemalar bilan 
ifodalaydi. 
Ilm-fanning asosiy xususiyati va asosiy vazifasi - ob’ektiv dunyoni bilishdir. 
Ilm-fan tabiat, jamiyat va tafakkurning barcha hodisalarining asosiy jihatlarini 
to’g’ridan-to’g’ri aniqlash uchun yaratilgan. 
Ilm-fanning maqsadi - tabiat va jamiyat rivojlanishi qonunlarini bilish va
jamiyatga foydali natijalarni olish uchun olingan bilimlar asosida tabiatga ta’sir 
qilish. Tegishli qonunlar ochilmagan bo’lsa, inson faqatgina hodisalarni tasvirlab 
berishi, faktlar to’plashi, tizimlashtirishi mumkin, ammo u hech narsani tushuntira 
olmaydi va bashorat qila olmaydi. 
Ilm-fanni rivojlanishi faktlarni to’plash, ularni o’rganish va tizimlashtirish
ayrim qonuniyatlarni mantiqiy 
mos keluvchi ilmiy bilimlar tizimiga 
umumlashtirilishi va oshkor etilishiga olib keladi, bu bizga ma’lum bo’lgan 
dalillarni tushuntirishga va yangi ma’lumotlarni oldindan aytib berishga imkon 
beradi. 
Bilish yo’li jonli kuzatishdan (his qilishdan) abstrakt tafakkurga va undan 
amaliyotga borish bilan aniqlanadi. 
Bilish jarayoni faktlarni to’plashni o’z ichiga oladi. Hech bir ilm-fan 
faktlarni tizimlashtirish va umumlashtirish, ularni mantiqiy bilishsiz mavjud bo’la 
olmaydi. Lekin faktlar – olim uchun havodek zarur bo’lsa-da, ularning o’zi ilm-fan 
bo’la olmaydi. Faktlar tizimlashtirilgan, umumlashtirilgan holdagina ilmiy 
bilimning tarkibiy qismiga aylanadi.
Faktlar 
ilm-fanning 
muhim 
tarkibiy 
elementlari 
bo’lgan oddiy 
abstraktsiyalar-tushunchalar 
(ta’riflar) 
yordamida 
tizimlashtiriladi 
va 
umumlashtiriladi. 
Kengroq 
tushunchalarni 
kategoriya 
deb 
nomlashadi. 
Kategoriyalarga hodisalarning shakli va mohiyati haqidagi falsafiy tushunchalar
iqtisod nazariyasida – tavar, qiymat va boshqalar kiradi. 
Bilishning muhim sharti – printsiplar (postulotlar), aksiomalardir. Printsiplar 
deb biror bir ilm-fan sohasining boshlang’ich holatiga tushuniladi. Ular bilimlarni 
tizimlashtirishning boshlang’ich shakli hisoblanadi (Evklid geometrisining 
aksiomalari, kvant mexanikasidagi Bor postulati va x.k.)
Ilmiy bilish tizimida ilmiy qonunlar eng muhim tarkibiy zveno hisoblanadi. 
Ular tabiat, jamiyat va tafakkurdagi eng muhim, turg’un, takrorlanadigan ob’ektiv 
ichki bog’lanishlarni aks ettiradi. Odatda qonunlar tushunchalar, kategoriyalarning 
ma’lum bir munosabatlari shaklida namoyon bo’ladi. 
Bilishni umumlashtirish va tizimlashtirishning eng yuqori shakli – bu 

Download 222.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling