Ma’ruza Ilm-fan va ilmiy tadqiqot tushunchalari va maqsadlari
Download 222.24 Kb. Pdf ko'rish
|
1-маъруза
Amaliy tadqiqotlar yangi usullarini yaratishga qaratilgan. Ular asosida
yangi uskunalar, yangi mashina va materiallar, ishlab chiqarish va ishni tashkil etish uslublari va hakazolar ishlab chiqiladi. Ular jamiyatning muayyan tarmoqlarni rivojlantirishdagi ehtiyojlarini qondirish uchun kerak. Amaliy tadqiqotlar uzoq va qisqa muddatli, byudjet yoki shartnomaviy bo’lishi mumkin. Ishlanmaning maqsadi - amaliy (yoki nazariy) tadqiqotlarni texnik qo’llanmalarga aylantirishdir. Ular yangi tadqiqotlar o’tkazilishini talab qilmaydi. Tajriba-konstruktorlik byurolarida (TKB), loyihalash, tajriba-ishlab chiqarish korxonalarida amalga oshiriladigan ishlanmalarning yakuniy maqsadi – materialni joriy etishga tayyorlashdan iborat. 2. Ilm-fan samaradorligi va ilmiy-texnik taraqqiyot Ilm-fan kelib chiqishi, rivojlanishi va ishlatilishi nuqtai nazaridan ijtimoiy hisoblanadi. Har bir ilmiy kashfiyot jamoaviy mehnat bo’lib, mo’ayan davrda dunyoning bilishdagi insoniyatning muvaffaqiyatining ifodasi bo’lib namoyon bo’ladi. SHu sababli, u faqat ishlab chiqarish kuchlarining ijtimoiy xarakterining paydo bo’lishi, ijtimoiy mehnat va ishlab chiqarishni keng miqyosda rivojlanishi bilan haqiqiy samaradorlik ishlatilishi mumkin. Ilm-fan va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning samaradorligini oshirishning uchta asosiy imkoniyat mavjud. Bir guruhning imkoniyati tadqiqotchilarning bevosita ijodiy faoliyati sohasiga kiradi va ilmiy ishlarning metodologik darajasini oshirish, yangi, chuqur g’oyalarni targ’ib qilish, istiqbolli tadqiqot usullarini o’zlashtirilishidan iborat. Ikkinchilarining imkoniyati ilmiy jarayonni boshqarish sohasida bo’lib, ilm- fanning barcha toifadagi ilmiy xodimlarining zamonaviy ilmiy jarayonning barcha sohalarida samarali mehnat qilish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Uchinchilarining imkoniyatlari ijtimoiy, birinchi navbatda, iqtisodiy mexanizmni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va umumiy amaliyotning ilmiy natijalarni jadal o’zlashtirishiga yordam berishdan iborat. Download 222.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling