Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Mafkura, uning mazmuni, inson va jamiyat xayotidagi o’rni


Download 195.3 Kb.
bet65/92
Sana28.10.2023
Hajmi195.3 Kb.
#1732035
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

76) Mafkura, uning mazmuni, inson va jamiyat xayotidagi o’rni.
Mafkura muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad va muddaolari ,orzu intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o’zida mujassam etadigan g’oyalar tuzilishidir.
Har qanday mafkura muayyan maqsadlarga xizmat qiladi, bu yo’lda xilma-xil vazifalarni bajaradi. Ma’lumki, mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarda namayon bo’ladi:
- odamlarni muayyan g’oyaga ishontirish;
- shu g’oyani atrofida uyushtirish;
- kishilarni ma’naviy – ruxiy jihatdan rag’batlantirish;
- g’oyaviy tarbiyalash;
- g’oyaviy immunitetni shakllantirish;
- harakat dasturi bo’lish.
Milliy mafkura jamiyatdagi barcha sotsial qatlamlar va guruhlarning umumiy harakat dasturi, ularni faollikka da’vat etuvchi vosita hisoblanadi. Mafkuraviy maqsad – g’oyaviy faoliyatni amalga oshirishdan qutiladigan ideal natijasidir. Maqsadni aniq-ravshan idrok etish inson va jamiyat faoliyatiga izchillik, sobitqadamlik va faollik bag’ishlaydi. Milliy istiqlol mafkurasining oliy maqsadi – Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalq farovonligi g’oyalariga tayangan holda xalqimizni mustaqillikni mustahkamlash, O’zbeksitonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etishdir.


77) Xozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi.
Mafkurada ifoda etilgan g’oya va maqsad jamiyatdagi ko’plab partiyalar, ijtimoiy harakat va tashkilotlarning faoliyati dasturiga asos bo’ldi, ijtimoiy rivojlanshga kuchli turtki beradi. U jamiyatda ro’y beradigan tub o’zgarishlarga zamin yaratadi, unga keng xalq ommasini ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyorlaydi, so’ngra bunyodkorlik ishlariga safarbar etadi.
Jahon tarixida bunga misollar juda ko’p. Bunyodkor mafkuranng safarbar etuvchi roli tub ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishlarda, jamiyat hayotidagi ma’naviy o’zgarishlarda yaqqol ko’zga tashlanadi. Buni xalqlarning chet el bosqinchilariga qarshi kurashida, turli bunyodkorlik ishlarida, chunonchi hashar yo’li bilan suv inshootlari, ko’priklar, yo’llar, shahar va qishloqlar qurishdaig umumiy safarbarlik ishlarida ko’rish mumkin.
Jamiyatda turli sotsial guruhlar, sinflar, qatlamlar mafkura asosida siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga o’z munosabatlarini belgilaydilar. Biroq, mafkuraning safarbar etuvchilik xususiyati sotsial o’zgarishlar jarayonida doim ham ko’zga aniq tashlanavermaydi, balki, tub ijtimoiy o’zgarishlar davrida yaqqolroq namoyon bo’ladi. Masalan, mamlakat mustaqilligi va yaxlitligiga tahdid soladigan mafkuraviy xavf-xatarlar kuchaygan paytlarda kishilarni Vatan istiqloli, ravnaqi yo’lida jipslashtirish va safarbar etishda milliy mafkura muhim rol o’ynaydi.
Siyosiy kurashlar davrida aholining juda oz qismini va tor doiradagi manfaatlarni ko’zlovchi, buzg’unchilikni maqsad qilib olgan mafkuralar ham dunyoga kelishi mumkin. Bunday mafkuraga ega bo’lgan guruhlar bilan aholining asosiy qismini tashkil etuvchi guruh va sinflar o’rtasida mafkuraviy masalalarda turli ixtiloflar kelib chiqadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlagani kabi: “Xalq – o’zining ming yillik an’ana va tajribalari, so’nmas xotirasi va buyuk tuyg’ulari bilan yashab kelayotgan qudratli kuch. Yolg’onga, aldovga duch kelgan paytda uning asriy qadriyatlari, doimo uyg’oq vijdoni tilga kiradi, nohaqlikka, qabihlikka, qarshi kurashga da’vat etadi”. Mafkuraning safarbar etuvchilik funktsiyasi, ayniqsa, mafkuraviy kurashlar jarayonida to’laroq namoyon bo’ladi. Zero, mafkuraviy ziddiyatlar keskinlashgan davrda maqsadga erishishning qo’pol vositasidir, xususan bosqinchilik, terror, qo’poruvchilik, inqilobiy usullar ishga solinishi mumkin. Bu – mafkuraviy kurashning o’ta qo’pol va g’ayriinsoniy usullari bo’lib, ularga qarshi kurashda sobitqadamlik, bardosh, sabot va faollik talab qilinadi.
Bu jarayonda bunyodkorlik g’oyalari bilan qurollangan keng xalq ommasining ideallari, manfaatlarini o’zida mujassamlashtiruvchi mafkuragina insonparvarlik, taraqqiyparvarlik tamoyillari asosida mamlakat, xalq taqdirida ijobiy ahamiyatga ega bo’ladi, kishilarni ezgu ishlarga da’vat etadi.



Download 195.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling