189. Markaziy Osiyoga Buddaviylik dinining qanday tarqalgan?
*A) Kushon podsholigi davrida buddaviylik Hindistondan Markaziy Osiyoga, undan esa Buyuk ipak yo‘li orqali Xitoy va Uzoq Sharqqa tarqalgan.
B) Kanishka davrida Pokiston orqali Uyg‘uristonga tarqalgan.
C) Markaziy Osiyo xalqlarining ilk diniy qarashlari buddaviylik dini bilan bog‘liq.
D) Kushon podsholigi davrida Markaziy Osiyoni bosib olish natijasida buddaviylik dini tarqalgan.
190. Korrupsiya o‘zi nima?
A) Buzish, sotib olish.
B) Chirish yoki zanglash, hokimiyatni buzish orqali sotib olish
C). O‘z vakolati bilan savdo qilish yoki mansab furushlik.
*D) Barcha javoblar to‘g‘ri.
191. O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘RQ-419-sonli Qonuni qachon qabul qilingan?
*A) 2017-yil 3-yanvarda.
B) 2018-yil 26-martda.
C) 2019-yil 26-dekabrda.
D) 2020-yil 26-yanvarda.
192. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-154-sonli Farmoni qachon qabul qilingan?
A) 2020-yil 3-yanvarda.
B) 2020-yil 26-martda.
C) 2021-yil 26-dekabrda.
*D) 2022-yil 14-iyunda.
193. Etimologik jihatdan «Korrupsiya» so‘zi lotin tilidagi «corruptio» so‘zidan olingan bo‘lib, mazmuniga ko‘ra … deganidir. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
A) Qurush, barpo etish.
*B) Buzish, sotib olish.
C) Vayronkorlik, buzg‘unchilik.
D) B va C javoblar to‘g‘ri.
194. O‘zbekiston Respublikasi BMTning «Korrupsiyaga qarshi kurashish Konvensiyasi»ga qachon qo‘shilgan?
A) 2002-yil 1-aprelda.
B) 2003-yil 2-martda.
*C) 2008-yil 28-avgustda.
D) 2021-yil 11-yanvar.
195. «Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni» yilning qaysi sanasida nishonlanadi?
A) 9-noyabrda.
*B) 9-dekabrda.
C) 8-dekabrda.
D) 15-yanvarda.
196. O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘RQ-419-sonli Qonunining nechanchi moddasida Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning va fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi belgilangan?
A) 10-modda.
*B) 14-modda.
C) 15-modda..
D) 11-modda.
197. O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘RQ-419-sonli Qonunining nechanchi moddasida ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishiga urg‘u berilgan?
A) 10-modda.
B) 14-modda.
*C) 15-modda.
D) 11-modda.
198. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari tog‘risida»gi PQ-81-sonli qarori qachon qabul qilingan?
A) 2020-yil 3-yanvarda.
B) 2020-yil 26-martda.
C) 2021-yil 26-dekabrda.
*D) 2022-yil 12-yanvarda.
199. Mazkur holat korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish hisoblanadi. Ushbu ta’rifda qaysi noqonuniy qilmish haqida so‘z bormoqda?
A) Savdo do‘konida o‘g‘irlik sodir etish.
*B) Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik.
C) Birovning mol-mulkini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritish.
D) Xalqaro tashkilotlar bilan jinoiy til biriktirish.
200. Quyidagi qaysi qatorda proteksionizm atamasining izohi keltirilgan?
A) Hokimiyatni noto‘g‘ri, ga‘razli ravishda qo‘llash.
B) O‘z qarindoshlarini noqonuniy qo‘llab-quvvatlash.
C) Biror bir shaxsning muammolarini hal qilishda yuqori mansab va mavqega ega bo‘lgan shaxs tomonidan noqonuniy homiylik qilinishi.
*D) Barcha javoblar to‘g‘ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |