Falsafa yakuniy nazorat testlari


Ijtimoiiy ong shakllaridan biri, olamni amaliy-hissiy o‘zlashtirish turi. Gap nima haqida bormoqda?


Download 187 Kb.
bet17/22
Sana28.12.2022
Hajmi187 Kb.
#1021666
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Falsafa testlar R.O.Rasulov

142. Ijtimoiiy ong shakllaridan biri, olamni amaliy-hissiy o‘zlashtirish turi. Gap nima haqida bormoqda?
A) Bazis.
*B) San’at.
C) Badiiy obraz.
D) Din.


143. U tabiatda, jamiyatda, inson faoliyati mahsulotlarida jamlangan. Tabiatda baland tog‘lar, qudratli sharsharalar, cheksiz okeanlar, moviy mavj urayotgan dengizlar, tubsiz osmon timsolida namoyon bo‘ladi. Gap qaysi estetik xususiyat, kategoriya to‘g‘risida bormoqda?
A) Go‘zallik.
B) Fojiaviylik.
*C) Ulug‘vorlik.
D) Qiziqarlilik.


144. Ushbu kategoriya mohiyatida hayotning chuqur ziddiyatlari va to‘qnashuvlari aks etib, unda hayot va o‘lim, erkinlik va zarurat, aql va tuyg‘u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy tomonlar namoyon bo‘ladi. Gap qaysi estetik xususiyat, kategoriya to‘g‘risida bormoqda?
A) Go‘zallik.
*B) Fojiaviylik.
C) Ulug‘vorlik.
D) Qiziqarlilik.


145. Estetika kategoriyasi, go‘zallikning aksi, inson go‘zalligi, sha’ni, qadr-qimmati, tabiatning saxiyligi, so‘limligi va ideal tasavvurlarga xilof keladigan xususiyat, narsa-hodisalarni ifodalaydigan tushuncha nomini toping.
A) Yovuzlik.
B) Fojiaviylik.
C) Tubanlik.
*D) Xunuklik.


146. Shaxsning muayyan voqelikka nisbatan o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoji, va qiziqishi, obyektlarning ahamiyatli tomoni bilan bog‘liq bo‘lgan turli darajadagi, mazmundagi, shakldagi yoqimli va yoqimsiz kechinmalarning majmuasidir. Gap qaysi termin to‘g‘risida bormoqda?
A) Hayajon.
B) Qiziqish.
*C) Emotsiya.
D) Qo‘rquv.


147. Voqea-hodisalarning estetik sifatlarini idrok etish va baholash jarayonida olinadigan qoniqish yoki qoniqmaslik tuyg‘usi fanda qanday ataladi?
*A) Estetik did.
B) Estetik munosabat.
C) Estetik qiziqish.
D) Estetik ideal.


148. Estetik qadriyatlar, ularni yaratish va iste’mol qilish usullarining majmuini nomini toping.
A) Estetik did.
B) Estetik munosabat.
C) Estetik qiziqish.
*D) Estetik madaniyat.



Download 187 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling