2-sinf I. Dars mavzusi


Download 17.94 Kb.
Sana26.10.2023
Hajmi17.94 Kb.
#1724558
Bog'liq
2 sinf mulk mehnat bilan topiladi ma


2-SINF

I. Dars mavzusi: Mulk mehnat bilan topiladi.


II. Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarni mulk va ularning turlari haqidagi ma’lumotlar bilan to’la tanishtirish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni mehnatkash, tejamkor va tadbirkor qilib tarbiyalash;
c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni mustaqil va erkin fikrlashlariga imkon yaratish, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish.
III. Asosiy tushuncha va atamalar: mulk, qonun, davlat mulki, shaxsiy mulk, burch, huquq.
IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari:
Bilimlar:
- mulk nima ekanligini bilish;
- mulkning turlarini bilish;
- mulk to’g’risidagi burchlarimizni bilish.
Ko’nikma va malakalar:
- davlat mulki bilan shaxsiy mulkning farqini aytish.
- davlat mulkiga nimalar kirishini aytish;
- shaxsiy mulkka nimalar kirishini aytish.
V. Darsning metodlari: Aqliy hujum, “ Beshinchisi, oltinchisi, yettinchisi… ortiqcha “ metodi.
VI. Dars shakli: amaliy mashg’ulot, suhbat-ma’ruza.
VII. Dars usuli: noan’anaviy.
VIII. Darsda qo’llanialdigan vositalar: Mulkni ifodalovchi buyumlarning rasmlari, 2-sinf “Kostitutsiya alifbosi” darsligi.
1. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, yangiliklar haqida suhbat.
2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Sog’lom bo’laylik.
Takrorlash yuzasidan savollar:
1. Inson sog’lom bo’lishi uchun nimalar qilishi kerak?
2. Konstitutsiyamizda bu haqida nimalar deyilgan?
3. She’rdan qanday xulosa chiqardingiz?
X. Yangi mavzu bayoni: Aqliy hujum.
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, o’zingizga tegishli bo’lgan qanday shaxsiy buyumlaringiz bor?
O’quvchi: Kitob, daftar, qalam, ruchka, velosiped, qo’g’irchoq va hokazo.
O’quvchi: Ota-onangiz sizga ana shu buyumlaringizni qayerdan sotib olib beradi?
O’quvchi: Supermarketdan yoki bozordan.
O’qituvchi: Har kuni maktabga nimada kelasiz?
2-o’quvchi: Avtobusda yoki metroda.
O’qituvchi: Barakalla, siz sanayotgan narsalarning barchasi mulk turlariga kiradi. Ularning hech qaysinisi o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmaydi. Inson ushbu narsalarga faqat mehnat qilish orqali erishadi. Biz bugun sizlar bilan “ Mulk – mehnat bilan topiladi” mavzusini o’tamiz.
XI. Darslik bilan ishlash.
Mulk - mehnat bilan topiladi.1
Atrofimizdagi barcha narsalar, buyumlar kimgadir tegishli bo’lsa, bular mulk deb atalishini birinchi sinfdan bilamiz. Davlatga tegishli narsalar davlat mulki deyiladi. Alohida odamga tegishli narsalar shaxsiy mulk deyiladi.
Biz foydalanadigan avtobus, metro, tramvay, trolleybuslar, maktablar davlat mulkidir. Bizning shaxsan o’zimizga tegishli mulk, masalan, velosiped, o’yinchoqlarimiz, kiyimlarimiz, kitob va boshqalar bizning shaxsiy mulkimizdir. Shunday mulk bizning sinfdoshlarimiz va boshqa o’rtoqlarimizda ham bor.
Ruhsatsiz birovning mulkini olish, unga zarar yetkazish mumkin emas. Biz o’z mulkimizni qanday asrab – avaylasak, davlatning va o’zgalarning mulkini ham ehtiyot qilishimiz shart. Bu bizning burchimizdir.
XII. Mustahkamlash uchun metodlar: “ Beshinchisi, oltinchisi, yettinchisi …ortiqcha” metodi.
O’quvchilarni mantiqiy tafakkur yuritish ko’nikmalariga ega bo’lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo’llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi.
O’quvchilar ikki guruhga ajratiladi: 1-guruh “Mulkdorlar”, 2-guruh “Tadbirkorlar”.
O’rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimi shakllantiriladi. Masalan: alohida kvadrat shaklidagi qog’ozlarga davlatga va shaxsga tegishli bo’lgan mulk turlari aralash holatda yoziladi.
Har bir guruhdan ikkitadan yoki uchtadan vakil chiqib, 1-guruh davlatga tegishli bo’lgan, ikkinchi guruh shaxsga tegishli bo’lgan mulk turlarini ajratishlari kerak bo’ladi.
Topshiriq tugatilgach o’quvchilardan ikkala mulk turlari o’rtasidagi bog’liqlikni sharxlash vazifasi topshiriladi.
Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlikni ko’rsata va asoslay olish o’quvchilarda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarini asoslay olish, shuningdek, tengdoshlarining fikrlari bilan shaxsiy mulohazalarini o’zaro taqqoslash ko’nikmalarini ham shakllantiradi.
Uyga vazifa: “Men mulk egasiman” mavzusida kichik matn yozib kelish.

1 Karimova O. Konstitutsiya alifbosi: 2-sinf o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma/ O.Karimova, Sh.Sariqovning umumiy tahriri ostida. – T.: Yangiyo’l polygraph service. 2008. 28-29-betlar.

Download 17.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling