Falsafada borliq muammosi. Borliqning mazmuni. Borliqning ta`riflanishi. Substantsiya va substrat


Inson borlig`ining o`ziga xos xususiyati


Download 1.97 Mb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1554619
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Falsafa (2)

Inson borlig`ining o`ziga xos xususiyati. Inson borlig`i tirik tabiatdan tabiiy
rivojlanishning butunlay yangi, yuqoriroq bosqichi ekanligi bilan ajralib turadi. Ayni
shu sababli yuqoridagi mavzuda jonli narsalar borlig`i haqida nima deyilgan bo`lsa,
barchasi insonga ham tegishli va uning tabiiy-jismoniy, biologik asosi hisoblanadi.
SHunday qilib, jonli organizmlarning mavjudlik qonunlari va tamoyillari his etuvchi
mavjudot sanalgan insonga nisbatan ham to`la tatbiq etiladi. Ammo bundan tashqari
insonni qolgan barcha jonli narsalardan farqlash imkonini beradigan, unda hech
shubhasiz mavjud bo`lgan, lekin sinchiklab qaraganda ko`rinmaydigan, aniq tavsif
berishning iloji bo`lmagan nimadir mavjud. Insonning ichki dunyosini aks ettiruvchi bu
«nimadir» turli davrlarda turli mutafakkirlar tomonidan jon, ruhiyat, ong, tafakkur, ideal
va hokazolar deb atalgan.
Insonning mohiyatini tushunishga o`rinishlar, inson borlig`ining o`ziga xos
xususiyatini aniqlash istagiga biz ibtidoiy jamoa davridayoq duch kelamiz. Falsafa
tarixida inson individualligining ichki, yashirin holatini aks ettiruvchi «jon» va «ong»
tushunchalarining tahliliga alohida e`tibor qaratilgan.
Jumladan atoqli sofistlardan biri Protagor (mil. av. 490-420 yillar) mil. av. V asrdayoq
«inson barcha narsalar mezonidir: u mavjud narsalarning mavjudligini, yo`q
narsalarning esa yo`qligini belgilaydi», deb qayd etgan edi. Suqrot (mil. av. 469-399
yillar) ham haqiqat izlab insonga murojaat etadi. Inson o`z joni faoliyatini boshqara
oladi, shu bois dunyoni tushunish yo`li o`z-o`zini bilish orqali o`tadi, deb hisoblaydi.
Suqrotning mashhur shogirdi Platon birinchi bo`lib jon haqidagi yaxlit ta`limotni
yaratdi. U odamlar jonining qandayligiga qarab ularni har xil tiplarga ajratdi.
Keyingi davrlarda Seneka, R. Dekart, A.Navoiy, A.Jomiy, I.Kant, I.G.Fixte, J.P.Sartr,
M.Xaydegger va boshqa mutafakkirlar insonning ma`naviy negizini birinchi o`ringa
qo`yib, uning ongi, ma`naviy dunyosi va bilish qobiliyatlarini o`rganish ishiga salmoqli
hissa qo`shdilar. Biroq XXI asrda deyarli ikki yarim yillik tarixiy taraqqiyot jarayonida
ham inson muammosi o`z ahamiyatini yo`qotmagan.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling