Falsafada borliq muammosi. Borliqning mazmuni. Borliqning ta`riflanishi. Substantsiya va substrat
Download 1.97 Mb.
|
1. Falsafa (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson borlig`ida ongning tabiati.
- Foydalanilgan adabiyotlar
Individuallik borlig`i. Nima uchun bilish jarayonida insonning ichki dunyosi doim
birinchi o`rinda turadi? Nima uchun inson borlig`i narsalar borlig`ini tushunishda aksariyat mualliflarga tayanch nuqtasi bo`lib xizmat qiladi? Bu savollarga javobni qisman frantsuz faylasufi A. Bergson (1859-1941) ning quyidagi so`zlaridan topish mumkin: «Mavjud barcha narsalar orasida eng ishonchlisi va bizga ko`proq ma`lum bo`lgani, hech shubhasiz, bizning o`z mavjudligimizdir, zero bizda boshqa narsalar haqida mavjud tushunchalarni sirtqi va yuzaki deb hisoblash mumkin, holbuki o`z o`zini bilish ichki, teran bilishdir» . Odamlar asrlar osha o`zlariga o`zlari nazar tashlab, o`z ichki dunyosini tahlil qilish va o`z mohiyatini tushunishga o`rinish yo`li bilan ba`zi bir shak-shubhasiz tamoyillarni aniqlaganlar. Ular orasida inson tana va ruhning uzviy birligidir degan tamoyil, birinchi o`rinda turadi. Zero bu inson mavjudligining mutlaq va zaruriy omilidir. Ayni vaqtda bu birlikning yo`qolishi, uning uzilishi muayyan individning o`limini, u fikrlovchi jonzot sifatida borliqdan yo`qlikka o`tishini anglatadi. Bunda tana tabiiy-jismoniy tuzilma sifatida inson o`limidan keyin ham ma`lum vaqt mavjud bo`ladi, ya`ni o`z borlig`ini muayyan darajada saqlaydi. Ammo borliq ma`nosidagi individual ruh, ongdan asar ham individuallik yo`q bo`lganini anglatadi. Inson borlig`ida ongning tabiati. Ong muammosini echishga nisbatan yangicha yondashuvlar hozirgi zamon falsafasining irratsionalistik oqimlariga mansub. Ong muammosi o`ta murakkab muammolardan biri bo`lib, falsafada doim qizg`in bahs va munozaralarga sabab bo`lib kelgan. Bu bahs va munozaralar hozir ham tugagani yo`q. Bu erda gap faqat falsafa o`z tabiatiga ko`ra unda izlanish va ishtiboh ruhi yashagani tufayligina mavjudligida emas. Ongning tabiati shunday: u hissiy idrok etiladigan ob`ektiv borliqni tushunish va aks ettirish uchun biz yuqorida foydalangan aksariyat ko`rsatkichlar va tavsiflarga mos kelmaydi. Ongni o`lchash, biron-bir tarzda miqdoriy ifodalash, sezish yoki kuzatish mumkin emas, zero uning massasi ham, energiyasi ham yo`q, shuningdek u moddiy ob`ektlar kabi muayyan shakl-shamoyilga ham ega emas. Ong shak-shubhasiz mavjud, ammo u aniq-ravshan emas, balki bilvosita – odamlar tili va muayyan faoliyati orqali namoyon bo`ladi. Binobarin, inson borlig`ining bu elementlarini tahlil qilmasdan ongning mohiyatini aniqlash mumkin emas. Mazkur tahlil ongning biologik jihatini ham o`z ichiga oladi, zero uning mavjudligi inson bosh miyasi faoliyati bilan uzviy bog`liq. SHu sababli ongning tabiati nafaqat falsafada, balki fiziologiya, psixologiya, sotsiologiya, kibernetika, informatika va boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlarda ham o`rganiladi. Ayni vaqtda mazkur muammo o`ta murakkabligi tufayli uning falsafiy talqini ayrim fanlar uchun muhim metodologik rol o`ynaydi. Ularning natijalari esa, o`z navbatida, ongning tabiati xususidagi falsafiy mulohazalar uchun asos bo`ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: Ocherki istorii obshestvenno-filosofskoy mыsli v Uzbekistane. T.:Fan, 1977. 63-64-b. Spirkin A.G. Filosofiya. M., 2000. 243-b. Filosofiya. Uchebnik. M.,1996. 139-b. Forobiy. Risolalar. T.:Fan, 1975. 50-b. Bergson A. Tvorcheskaya evolyutsiya. – M.: 1984. – S.1. SHreyder YU.A. Zagadochnaya prityagatel`nost` filosofii (sub`ektivnыe zametki) // Voprosы filosofii. 1996. №7. – S.168. Falsafa qomusiy lug`at. Nazarov Q. tahriri ostida – T.: SHarq, 2004. –B.172. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling