Falsafada borliq muammosi. Borliqning mazmuni. Borliqning ta`riflanishi. Substantsiya va substrat


Download 1.97 Mb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1554619
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Falsafa (2)

Individuallik borlig`i. Nima uchun bilish jarayonida insonning ichki dunyosi doim
birinchi o`rinda turadi? Nima uchun inson borlig`i narsalar borlig`ini tushunishda
aksariyat mualliflarga tayanch nuqtasi bo`lib xizmat qiladi? Bu savollarga javobni
qisman frantsuz faylasufi A. Bergson (1859-1941) ning quyidagi so`zlaridan topish
mumkin: «Mavjud barcha narsalar orasida eng ishonchlisi va bizga ko`proq ma`lum
bo`lgani, hech shubhasiz, bizning o`z mavjudligimizdir, zero bizda boshqa narsalar
haqida mavjud tushunchalarni sirtqi va yuzaki deb hisoblash mumkin, holbuki o`z
o`zini bilish ichki, teran bilishdir» .
Odamlar asrlar osha o`zlariga o`zlari nazar tashlab, o`z ichki dunyosini tahlil qilish va
o`z mohiyatini tushunishga o`rinish yo`li bilan ba`zi bir shak-shubhasiz tamoyillarni
aniqlaganlar. Ular orasida inson tana va ruhning uzviy birligidir degan tamoyil, birinchi
o`rinda turadi. Zero bu inson mavjudligining mutlaq va zaruriy omilidir. Ayni vaqtda bu
birlikning yo`qolishi, uning uzilishi muayyan individning o`limini, u fikrlovchi jonzot
sifatida borliqdan yo`qlikka o`tishini anglatadi. Bunda tana tabiiy-jismoniy tuzilma
sifatida inson o`limidan keyin ham ma`lum vaqt mavjud bo`ladi, ya`ni o`z borlig`ini
muayyan darajada saqlaydi. Ammo borliq ma`nosidagi individual ruh, ongdan asar ham
individuallik yo`q bo`lganini anglatadi.
Inson borlig`ida ongning tabiati. Ong muammosini echishga nisbatan yangicha
yondashuvlar hozirgi zamon falsafasining irratsionalistik oqimlariga mansub. Ong
muammosi o`ta murakkab muammolardan biri bo`lib, falsafada doim qizg`in bahs va
munozaralarga sabab bo`lib kelgan. Bu bahs va munozaralar hozir ham tugagani yo`q.
Bu erda gap faqat falsafa o`z tabiatiga ko`ra unda izlanish va ishtiboh ruhi yashagani
tufayligina mavjudligida emas.
Ongning tabiati shunday: u hissiy idrok etiladigan ob`ektiv borliqni tushunish va aks
ettirish uchun biz yuqorida foydalangan aksariyat ko`rsatkichlar va tavsiflarga mos
kelmaydi. Ongni o`lchash, biron-bir tarzda miqdoriy ifodalash, sezish yoki kuzatish
mumkin emas, zero uning massasi ham, energiyasi ham yo`q, shuningdek u moddiy
ob`ektlar kabi muayyan shakl-shamoyilga ham ega emas.
Ong shak-shubhasiz mavjud, ammo u aniq-ravshan emas, balki bilvosita – odamlar tili
va muayyan faoliyati orqali namoyon bo`ladi. Binobarin, inson borlig`ining bu
elementlarini tahlil qilmasdan ongning mohiyatini aniqlash mumkin emas. Mazkur
tahlil ongning biologik jihatini ham o`z ichiga oladi, zero uning mavjudligi inson bosh
miyasi faoliyati bilan uzviy bog`liq. SHu sababli ongning tabiati nafaqat falsafada, balki
fiziologiya, psixologiya, sotsiologiya, kibernetika, informatika va boshqa ijtimoiy va
tabiiy fanlarda ham o`rganiladi.
Ayni vaqtda mazkur muammo o`ta murakkabligi tufayli uning falsafiy talqini ayrim
fanlar uchun muhim metodologik rol o`ynaydi. Ularning natijalari esa, o`z navbatida,
ongning tabiati xususidagi falsafiy mulohazalar uchun asos bo`ladi.















Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Ocherki istorii obshestvenno-filosofskoy mыsli v Uzbekistane. T.:Fan, 1977. 63-64-b.

  2. Spirkin A.G. Filosofiya. M., 2000. 243-b.

  3. Filosofiya. Uchebnik. M.,1996. 139-b.

  4. Forobiy. Risolalar. T.:Fan, 1975. 50-b.

  5. Bergson A. Tvorcheskaya evolyutsiya. – M.: 1984. – S.1.

  6. SHreyder YU.A. Zagadochnaya prityagatel`nost` filosofii (sub`ektivnыe zametki) // Voprosы filosofii. 1996. №7. – S.168.

  7. Falsafa qomusiy lug`at. Nazarov Q. tahriri ostida – T.: SHarq, 2004. –B.172.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling