Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma’ruza rejasi
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
1-мавзу маърузаси
Bahouddin Naqshband asos solgan so‘fiylik ta'limotining nazariy asoslaridan birini
Xudo, dunyo va insonning o‘zaro nisbati muammosi tashkil etadi. Bu bosh muammo talqinida so‘fiylarni ikki yo‘nalish – teistik va panteistik yo‘nalishlarga ajratish mumkin. Alloh hamma narsaning yaratuvchisi deb e'tirof etilgan, insondan tashqarida turgan, dunyo uzra yuksalgan va bilish mumkin emas deb e'lon qilingan bo‘lsa, so‘fiylar ta'limoti monoteizm shakl-shamoyilini kasb etgan, dunyo va Xudo tushunchalari tenglashtirilgan taqdirda bunday ta'limot panteistik deb hisoblangan 30 . Bahouddin Naqshband hayotning mazmunini Haqiqat (Alloh)ga erishishga intilishda ko‘rgan va Haqiqat (Alloh)ga erishish tashqi narsalar haqidagi bilim – shariatga asoslanadi va ichki narsalar haqidagi bilim – tariqat jarayonida yuz beradi, deb hisoblagan. U shariat Qur'oni karim va hadislarni bilishdan kelib chiquvchi diniy qonun-qoidalar to‘plami ekanligidan kelib chiqqan. Tariqat odam Haqiqatga erishish uchun qaysi bosqichlardan o‘tishi, Allohni anglash va u bilan birikish uchun qanday to‘siqlarni yengishi lozimligini belgilaydi. Bunda bilish jarayonida shariatdan tariqatga o‘tish darhol yuz bermaydi. Faqat shariatni o‘zlashtirish va uning talablarini bajarish orqali Haqiqat yo‘lidan jadalroq va samaraliroq borish mumkin. So‘fizmda mistik bilish zamirida «O‘zini bilgan odam o‘z Allohini biladi» degan tamoyil yotadi. O‘zini o‘zi bilish orqali Allohni bilish maqsadga erishishning eng qisqa yo‘lidir. Bahouddin Naqshband yaratgan ta'limotning asosida «Dil ba yor-u, dast ba kor», ya'ni «Ko‘ngil yorda, qo‘l – ishda», degan shior yotadi. Xulosalar. Sharq falsafasida o‘z tafakkur uslubida bilimlarni ifodalash va o‘zlashtirishning o‘z mexanizmlari va shakllari, bilim va haqiqatga eltuvchi yo‘lni yorituvchi o‘z mo‘ljallari mavjud. Sharq ta'limotlari va tafakkur uslubini Sharq amaliyoti va tajribasidan olingan o‘ziga xos usullar va metodlar yordamida tushunish va ichdan anglab yetish mumkin. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling