Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma’ruza rejasi


Dunyoqarashda ijtimoiy muhitning roli


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/60
Sana31.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1142839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
1-мавзу маърузаси

Dunyoqarashda ijtimoiy muhitning roli. Aql paydo bo‘lishi bilan inson o‘zini 
fikrlovchi mavjudot sifatida anglay boshlaydi, unda o‘z «meni» va o‘zgalar haqida tasavvuri 
shakllanadi va rivojlanadi. Shu tariqa u o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni anglaydi, o‘zi va 
boshqa odamlarni, o‘zi va tashqi muhitni farqlaydi, ilgari o‘ziga ma’lum bo‘lmagan dunyoning 
yangi va yangi jihatlarini idrok etadi. Bunday qarashlar insonning o‘zi va o‘zini qurshagan borliq 
haqidagi tasavvurlari majmui sifatida shakllanadigan dunyoqarash negizini tashkil etadi. Bunda 
inson o‘ziga ma’qul va noma’qul narsalarni farqlaydi, baholar beradi, ustuvorliklar tizimini 
yaratadi va muayyan maqsadlarga erishishda tegishli tarzda ish ko‘radi.
Demak, dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni belgilash 
funksiyalari mujassamlashadi.
Dunyoqarashning bilish funksiyasi insonda qiziqish uyg‘otuvchi barcha savollarni, 
shuningdek muayyan yo‘l bilan topuvchi javoblarni o‘z ichiga oladi. Bilish odamlar 
dunyoqarashini boyitadi va kengaytiradi, u jamiyatning rivojlanishiga qarab yanada teranroq va 
mazmunan boyroq bo‘lib boradi.
Dunyoqarashning qadriyatlarga munosabat funksiyasi – insonnning hayotni va o‘zini 
oliy qadriyat deb hisoblagan holga shakllanadi. Zero, o‘z qadrini bilmagan inson o‘zgalar 
qadrini bilmaydi va hayotda o‘z o‘rnini topa olmaydi.
Dunyoqarashninng xulq atvorni belgilash funksiyasi – insonda o‘z-o‘zini tarbiyalash, 
ma’naviy madaniyatini takomillashtirish va faqat o‘zining ma’naviy dunyosiga munosib muhit 
tanlash malakalarini shakllantiradi.. 
Ammo dunyo juda rang-barang bo‘lib, muttasil o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi, 
qoniqarli javoblarga ega bo‘lmagan savollar esa, uzil-kesil javob berish mumkin bo‘lgan 
savollarga qaraganda, ko‘proqdir. Shu bois, muammolarga nisbatan muayyan tarzda 
yondashadigan har bir odamning dunyoqarashi, savollari va javoblari doim shaxsiy o‘ziga xoslik 
bilan ajralib turadi va hech bo‘lmasa shu sababga ko‘ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech 
qachon o‘xshamaydi.
Dunyoqarashda intellektual, emotsional va ruhiy asoslar uzviy bog‘liq bo‘lib, ,ular 
jamuljam holda har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual xususiyatlar sifatida amal 
qiladi.
Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uyg‘unlikda e’tiqodlar – odamlar 
faol qabul qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi mo‘ljallariga mos keladigan qarashlarni 
yuzaga keltiradi.
Dunyoqarashning muhim elementi shubha bo‘lib, u insonni dogmatizm, ya’ni 
biryoqlama, notanqidiy fikrlash, u yoki bu qoidani shak-shubhasiz haqiqat deb qabul qilishdan 


asraydi. Dogmatizmning qarama-karshisi skeptitsizm bo‘lib, bunda shubha mutlaqlashadi, 
fikrlashning asosiy omiliga aylanadi, bilish va borliqni idrok etishning bosh tamoyili sifatida 
amal qiladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling