Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma’ruza rejasi
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
1-мавзу маърузаси
Tomas Gobbs (ingliz faylasufi 1588-1679) tomonidan F.Bekonning materialistik
qarashlari tizimga solingan va rivojlantirilgan. Gobbs materiyaga birdan-bir substansiya sifatida yondashgan, barcha hodisalar, narsalar, jarayonlarni bu substansiyaning namoyon bo‘lish shakllari deb hisoblagan. Materiya – abadiy, jismlar va hodisalar – o‘tkinchi: ular vujudga keladi va yo‘q bo‘ladi. Fikrlashni materiyadan ajratib bo‘lmaydi, zero materiyaning o‘zigina fikrlaydi. Jismsiz tana bo‘lmaganidek, jismsiz substansiya ham bo‘lishi mumkin emas. Aynan materiya barcha o‘zgarishlar sub'ekti hisoblanadi. Barcha moddiy jismlar ko‘lamlilik va shakl bilan tavsiflanadi. Ularni o‘lchash mumkin, chunki ular uzunlik, kenglik va balandlikka ega. F.Bekondan farqli o‘laroq, Gobbsda materiya sifat ko‘rsatkichlariga ega emas, u materiyani matematik va mexanik sifatida miqdor jihatidan o‘rganadi. Unda materiya dunyosi rang, hid, ovoz kabi xossalardan mahrum. T.Gobbs talqinida materiya go‘yo geometrik tus oladi va sifat jihatidan bir jinsli, rangsiz narsa tarzida, miqdoriy kattaliklarning muayyan tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Harakatni u faqat mexanik nuqtai nazardan tushunadi. Makon va vaqt muammolarini o‘rganishga nisbatan Gobbs materialistik nuqtai nazardan yondashadi. T.Gobbs o‘zining dunyo haqidagi falsafiy qarashlarida deist sifatida ish ko‘radi. Ammo uning asarlarida ateistik xususiyatga ega bo‘lgan fikrlarga ham duch kelish mumkin. Masalan, u Xudo – inson tasavvurining mahsuli, degan fikrni ilgari suradi. «Tabiiy va siyosiy qonunlarning elementlari» asarida, «Falsafa asoslari» trilogiyasi («Jism haqida», «Inson haqida», «Fuqaro haqida»)da, shuningdek «Leviafan» asarida Gobbs tabiiy aloqalar va qonuniyatlar rolini takror qayd etadi. Biroq, T.Gobbs Xudoni odamlar hayotidan butunlay chiqarmaydi: uning fikricha, Xudo «hamma narsani ko‘rguvchi va hamma narsani boshqaruvchi», «u barcha sabablarning birinchisi»dir. Gobbs Xudo voqyealarning tabiiy oqimiga aralashmasligini qayd etadi. F.Bekon kabi T.Gobbs ham gnoseologiyada asosan empirik va sensualist bo‘lgan (hissiy bilishni bilishning asosiy shakli deb hisoblagan). Insonga moddiy jism ta'siri natijasida vujudga kelgan sezgini u bilishning birinchi bosqichi deb hisoblagan. Fikrlashni u tushunchalarni qo‘shish yoki ayirish deb hisoblagan, unga o‘z matematik metodini to‘la tatbiq etgan. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling