Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma’ruza rejasi


XVIII asr yevropa falsafasining ma'rifiy xususiyati


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/60
Sana31.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1142839
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60
Bog'liq
1-мавзу маърузаси

XVIII asr yevropa falsafasining ma'rifiy xususiyati. yevropada XVIII asr falsafasi 
XVII asr g‘oyalarini davom ettiradi va rivojlantiradi. Bu davrda falsafiy tafakkur fan va ijtimoiy 
amaliyot sohasida erishilgan yutuqlarni umumlashtiradi. Falsafiy g‘oyalar yanada kengroq 
targ‘ib qilinadi, chunki XVII asrda falsafiy asarlar faqat lotin tilida yozilgan va ular bilan 
tanishish imkoniyatiga ega kishilar doirasi ancha tor bo‘lgan; XVIII asrda faylasuflarning 
asarlari ular qaysi mamlakatda yashasa, shu mamlakat tilida yozilgan va nashr etilgan.
XVIII asr falsafasida tabiat hodisalarini tushuntirishga nisbatan qarashlarda materializm 
sezilarli darajada rivojlanadi. Fransuz materializmi tarixiy ahamiyat kasb etadi: u o‘rta asrlar 
sxolastikasiga qarshi chiqibgina qolmasdan, balki o‘z dunyoqarashi va dunyoviy manfaatlarini 
ham asoslashga harakat qiladi.
Albatta, XVIII asr falsafasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: unda materialistik dunyoqarash 
mo‘ljallari ham, idealistik dunyoqarash mo‘ljallari ham, ateistik va deistik qarashlar ham 
mavjud. Aksariyat hollarda idealizm va materializm, din va fan yonma-yon turadi.
Shuni qayd etish lozimki, XVIII asr falsafasi avvalo ma'rifat falsafasi sifatida rivojlangan; 
qomuslar va lug‘atlar, pamfletlar va boshqa nashrlarda ilmiy va falsafiy g‘oyalar keng ommaga 
tushunarli tarzda atroflicha bayon etilgan.
Ma'rifat davri falsafasiga P.Gassendi (1592-1655) asarlari, uning atomistik materializmi, 
Epikur g‘oyalari, etikasi, sxolastikaning tanqidi, R.Dekart, P.Beyl (1647-1706) asarlaridagi diniy 
dogmatizmning tanqidi zamin yaratdi.
XVII-XVIII asrlar yevropa falsafasiga ingliz ma'rifatchilari J.Lokk va D.Yum, XVII asr 
nemis ma'rifatchisi G.Leybnits, shuningdek buyuk olim I.Nyuton falsafasi ham kuchli ta'sir 
ko‘rsatdi. XVIII asr Ma'rifat falsafasida ikki yo‘nalish: Volter, Russo, Volf, Monteske va 
boshqalarning deistik materializmi hamda Mele, Didro, Golbax, Gelvetsiy, Lametri kabi 
olimlarning asarlarida Nyuton, Galiley, Dekartning materialistik tabiatshunosligi negizida 
deizm nazariy asoslarining tanqidi farqlanadi. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling