Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma’ruza rejasi


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/60
Sana31.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1142839
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60
Bog'liq
1-мавзу маърузаси

Fransua Mari (Arue) Volter (1694-1778) fransuz ma'rifatchilarining atoqli 
namoyandasi falsafa tarixi bo‘yicha otashin publitsist, Nyuton fizikasi va mexanikasi hamda 
Angliyadagi konstitutsiyaviy tartib va muassasalarning targ‘ibotchisi, cherkov, iezuitlar, 
inkvizitsiya tajovuzlaridan shaxs erkinligining himoyachisi sifatida o‘rin oldi. Uning «Kandid», 
«Orlean qizi» asarlari, «Falsafiy lug‘at», «Ensiklopediya»dagi maqolalari butun yevropada keng 
tarqaldi.


Jan Jak Russo (1712-1778) yevropa inqilobiy mafkurasining vujudga kelishiga mashhur 
«Ijtimoiy shartnoma» asari bilan ulkan ta'sir ko‘rsatdi. Erkinlik hamda huquqlarning so‘zsiz 
tengligiga asoslangan fuqarolik jamiyatining nazariy asosi hisoblangan bu asar Buyuk fransuz 
inqilobi davrida yakobinchilar uchun o‘ziga xos dasturilamal bo‘lib xizmat qildi.
Sharl Lui Monteske (1689-1755) geografik determinizm asoschilaridan biri jamiyatda 
tartib va axloqni saqlash uchun zarur bo‘lgan dinning funksional roli konsepsiyasini rivojlantirdi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida ma'rifatchilik harakati keng demokratik qamrov kasb 
ketdi. Fransiyada bosh muharriri va tashkilotchisi D.Didro bo‘lgan «Ensiklopediya» nashri 
atrofida jipslashgan ilg‘or mutafakkirlar, olimlar va yozuvchilardan iborat «faylasuflar partiyasi» 
paydo bo‘lgani to‘g‘risida so‘z yuritila boshladi. Bu «faylasuflar partiyasi»da Didro bilan bir 
qatorda Gelvetsiy va Golbax, shuningdek Lametri yetakchi rol o‘ynadi. Ular materializmning 
faylasuflar va falsafiy maktablarning keyingi avlodlariga kuchli ta'sir ko‘rsatgan ancha 
rivojlangan shaklini yaratdilar.
Jyulen Ofre de Lametri (1709-1751) o‘z davrida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan 
«Inson – mashina» asarining muallifi. Moddiy dunyo «o‘z holicha mavjud» ekanligiga, uning 
boshi ham, oxiri ham yo‘qligiga ishonchi komil bo‘lgan. Lametri materializmi Epikurning 
atomistik materializmi, Spinozaning materialistik ta'limoti va Lokk sensualizmi ta'sirida vujudga 
kelgan. Lametri jonni aql faoliyati funksiyasi va ko‘rinishi deb hisoblagan hamda Dekartning 
umrboqiy nomoddiy jon haqidagi g‘oyasi asossiz ekanligini isbotlashga harakat qilgan.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling