Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma’ruza rejasi


So‘fizm vakili Ibn Arabiyfalsafasi


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/60
Sana31.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1142839
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60
Bog'liq
1-мавзу маърузаси

So‘fizm vakili Ibn Arabiyfalsafasi yevropa falsafiy an'anasiga yaqin bo‘lgan tilda 
yaratilgan filosofema. Uni ayni holda ratsionalistik filosofema deb nomlash mumkin (u birlik, 
ko‘plik, sabab, oqibat, birinchi asos, jism, makon, vaqt kabi kategoriyalar va atamalardan 
foydalanadi); tilini badiiy til deb belgilash mumkin bo‘lgan, biroq nafaqat estetika jabhasini, 
balki ontologiya va naturfalsafaning ratsionalistik tili bilan bir borliqni tavsiflovchi filosofema 
(uning kategoriyalari – muhabbat, intilish, ehtiros, muhtojlik, go‘zallik va sh.k.); nihoyat, 
«mistik» tilda yaratilgan filosofema (kategoriyalari: zavq, hol, fano, baqo, jon, ro‘yo va h.k.). 
Ibn Arabiyda har bir filosofema, bilishning alohida usuliga tayanadi. Shu sababli 
yechimlarning har biri bo‘yicha tegishli bilish usulining qisqacha tavsifini keltirish o‘rinli bo‘ladi 
deb o‘ylaymiz.
1. Bilishning birinchi usuli – oqilona-mantiqiy bilish. Uning vositasi – aql, amalga 
oshirish usuli – sillogizmlar yoki dalillar orqali chiqarilgan xulosalar tarzidagi mantiqiy 
mulohazalar. Ko‘rib turganimizdek, Ibn Arabiy Aristotel mantiqi bilan tanish: u to‘g‘ri 
sillogizmni tuzish uchun zarur shartlarni tavsiflaydi
22
, mantiqan to‘g‘ri mulohaza yuritish uchun 
dalillar va xulosalar zanjiri izchil bo‘lishi, biron-bir bo‘g‘inda uzilmasligi lozimligini ko‘rsatadi 
va o‘zi isbotlashning mantiqiy metodlarini ko‘p karra qo‘llaydi.
Ibn Arabiy fikriga ko‘ra, oqilona bilim inson tanasini boshqaruvchi inson joniga kerak: u 
jonning dunyo haqidagi bilimi muqarrar unsuridir
23
. Oqilona bilim (ilm)ning qimmati Ibn 
Arabiyda shubha uyg‘otmaydi: «Narsani bilish, hyech shubhasiz, uni bilmaslikdan 
ma'qulroqdir»
24
. Sillogizmlar orqali oqilona bilish bizga dunyo haqida to‘g‘ri bilim beradi: u, 
masalan, rangli oyna orqali o‘tgan yorug‘lik oyna rangini kasb etsa-da, o‘z holicha rangsiz 
ekanligini, Quyosh ko‘zga kichkina bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida yerdan bir necha marta kattaligini 
aniqlash imkonini beradi. To‘g‘ri sillogizm tuzib, dunyoning borlig‘i zamirida sabab yotishini 
aniqlaymiz
25
.
Bilishning oqilona-mantiqiy metodidan faylasuf bizni qiziqtiruvchi muammoni yechish 
uchun foydalanadi, biroq uning uchun mantiqiy mulohazalar zanjirida mutlaqo boqiy ilohiy 
mohiyat tushunchasi «boshlang‘ich nuqta», dunyoda bo‘lib turgan o‘tkinchi nomukammal 
mohiyat kategoriyasi esa – «pirovard nuqta» hisoblanadi yoki aksincha. Xudodan dunyoga yoki 
dunyodan Xudoga bunday mantiqiy harakat qilish natijasida muammoning ratsionalistik yechimi 
topilishi lozim: dunyoga nisbatan transsendent ilohiy mohiyat ayni vaqtda unga ichdan xos 
bo‘lishi, uning borlig‘i substansional asosini tashkil etishi darkor. Bu biz yo dunyoni tavsiflovchi 
muhim kategoriyalarni transsendent ilohiy mohiyat tushunchasidan chiqarishimiz, yo dunyoda 
mavjud o‘tkinchi mohiyat kategoriyasini asos qilib olib, transsendent ilohiy mohiyat borlig‘ini 
keltirib chiqarishimiz lozimligini anglatadi. Shunday qilib, muammoning yechimi oqilona-
mantiqiy metodlar yordamida topilishi mumkin.
2. Bilishning ikkinchi usuli – muammoni mushohada yuritish yo‘li bilan yechish: 
(yechimdan shartlar sari). Mushohada yuritishni bilish usuli sifatida o‘rganar ekanmiz, dunyo va 
ilohiy mohiyatning uzviy birligi va ayni vaqtda ilohiy mohiyatning transsendentligi uning uchun 
22
Qarang: Ibn Arabi. Gemmi mudrosti. – M.: -Beyrut, 1980. – S.116-117. 
23
Tam je, – S.198. 
24
Tam je, – S.20. 
25
Ibn Arabi. Mekkanskiye otkroveniya. – M.: -Beyrut, 1989. – B.105 


muqarrar holdir, deb aytishimiz mumkin. Shuni ta'kidlash lozimki, bu birlik ayniylik emas: 
boshqacha aytganda, bu dunyo va ilohiy mohiyatning farqlangan birligidir. Har qanday narsa va 
hodisada mushohada yuritish seziluvchi va idrok etiluvchi tashqi – zohir jihatlarni va sezgilarga 
ham, aqlga ham yashirin ichki (botin) ma'noni aniqlash imkonini beradi. Bu yashirin ma'no 
borliqning birinchi asosi, ilohiy mohiyatning dunyoga ichdan xosligining negizi va ayni vaqtda 
mushohada ob'ekti hisoblanadi. Yashirin ma'noni anglash - narsalarda, dunyoda Xudoni bevosita 
ko‘rish demakdir.
Mushohada yuritish jarayonida bilish sub'ekti o‘zining bilish ob'ektidan ontologik 
mustaqilligini saqlagan holda u bilan birikadi, uni butun vujudi bilan anglab yetadi. Bunga bilish 
sub'ekti bo‘lgan insonda ham «yashirin ma'no» mavjudligi imkoniyat yaratadi. U yagona va 
uzviy bo‘lgani uchun bilish ob'ekti bilan «ichki mohiyat» jihatidan birikish imkoniyati yuzaga 
keladi, «tashqi mohiyat»da esa sub'ekt va ob'ektning alohidaligi saqlanib qoladi
26
.
Mushohada yuritish yo‘li bilan olingan bilim ratsionalistik tildan farq qiluvchi alohida 
tilda bayon etiladi. Mushohada yuritish, mohiyat e'tibori bilan, butundan qism sari harakatdan 
iborat bo‘lgani uchun bu tilni badiiy til deb atash mumkin. Bu tilda yozilgan matnda qismning 
mazmunini anglab yetish uchun (har qanday badiiy asarda bo‘lganidek) avval butunning 
mazmunini anglab yetish lozim. Vaholanki, fan tilida yozilgan matnda qismlarni tushunmasdan 
butunni tushunish mumkin emas. Ibn Arabiy filosofemasi «badiiy» tilda yozilgan bo‘lib, 
mushohada yuritishga asoslanadi va u estetik filosofema deb ataladi..
3. Bilishning uchinchi usuli – muammoni mistik yo‘l bilan yechishdir. (shartlar va 
yechim ayniydir). Bu yerda bilish oqilona-mantiqiy va mushohada yuritish yo‘li bilan bilishdan 
mutlaqo boshqacha shartlardan kelib chiqadi. Bu bilish sub'ekti va ob'ektining ayniylik shartidir. 
Bilish sub'ekti bu ayniylikka erishgach, o‘zining sub'ektlik mohiyatini yo‘qotadi; sub'ekt va 
ob'ekt o‘rtasidagi tafovut yo‘qoladi, biluvchi bilinuvchiga aylanadi, biluvchi ham, bilinuvchi 
ham yo‘qolib, faqat yagona universal qoladi. Bu holat «fano» holati, sub'ektiv o‘zlikning «halok 
bo‘lish», yo‘qolish holati deb ataladi.
Mistik bilish jarayonini tavsiflar ekan, Ibn Arabiy girdob (xiro) obrazidan foydalanadi. 
«Xiro» so‘zi «sarosimalik» degan ma'noni ham anglatadi. Bu o‘ziga xos sarosimalik, hamma 
narsada Allohni ko‘ruvchi, Yagonani ko‘plikda, ko‘plikni Yagonada, «aniqni yashirin, yashirinni 
aniq, shuningdek boshqa ziddiyatli narsalarni» ko‘ruvchi so‘fiyning sarosimaligidir. «Biroq bu 
yo‘qotgan yoki tushunmaydigan odamning sarosimaligi emas»
27
. Bu sarosimalik mistik bilish 
yo‘liga endigina kirayotgan odamni qamrab oladi; so‘ngra, mistik bilish jarayonida sarosimaga 
tushgan odam, Ibn Arabiy tavsifiga ko‘ra, «qutb atrofida aylana harakat qiladi va undan 
uzoqlashmaydi»
28
. Bu qutb – Xudo: girdob obrazining ma'nosi shundan iboratki, bu girdob 
harakatining boshi yo‘q, aniqrog‘i, qayd etilgan aniq bir boshlanish joyi mavjud emas: istalgan 
nuqtadan, dunyoning har qanday narsasidan boshlash mumkin, biroq oxiri bor, bu - qutb, borliq 
girdobining markazi: bilish doiralari muqarrar tarzda yagona Xudoga olib keladi. Girdob butun 
borliqni o‘z komiga tortadi. Uning ichida, markazda turib biz yo‘limiz mo‘ljaldan farq 
qilmasligini, yo‘lni qaerda boshlagan bo‘lsak, o‘sha yerda – Xudoda tugatganimizni ko‘ramiz
29
.
Demak, Ibn Arabiy ijodida ilohiy mohiyatning dunyoga nisbatan transsendentligi va 
immanentligi muammosi yechimining uch varianti mujassam.. Birinchi yo‘l qismdan butun sari 
26
Qarang: Ibn Arabi. Gemmi mudrosti. – M.-Beyrut, 1980. – B.88. 
27
Ibn Arabi. Gemmi mudrosti. – M.-Beyrut, 1980. – S.140. 
28
Tam je, – S.73. 
29
Ibn Arabi. Gemmi mudrosti. – M.-Beyrut, 1980. – S.74. 


harakat, mantiqiy mulohaza yuritishdan boshlanuvchi yo‘l. Bunda ilohiy mohiyat yoki dunyo 
«qism» deb, muammoning izlanayotgan yechimi esa – «butun» deb olinishi mumkin.
Ikkinchi yo‘l butundan qism sari harakatdan iborat: biz yechim mavjudligini faraz qildik, 
u qanday bilishi lozimligini («butun»ni) ko‘rsatdik va so‘ng uni tahlil qildik, transsendent-
immanent muammo yechilgan sharoitda ilohiy mohiyat va dunyo qanday bo‘lishi lozimligini 
ko‘rishga harakat qildik.
Nihoyat, yechimning uchinchi yo‘li qismlar va butunning ayniyligini, mutlaqo va barcha 
yo‘nalishlarda ayniylikni: qismlarning bir-biri bilan, ularning har biri va ikkalasining butun 
bilan ayniyligini qayd etadi. Birinchi holda transsendentlik va immanentlik muammosining 
yechimi topilmadi, ikkinchi holda u o‘z yechimini topish uchun dualizmni qabul qilishni talab 
etdi, uchinchi holda esa u yechilmaydi, balki o‘z asosini yo‘qotadi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling