3 sinf Ona tili va o’qish savodxonligi Mavzu: “Yer chopil – javob topildi” she’ri
O’tgan mavzuni mustahkamlash:
Maqollar
- la qo‘shimchasini qo’shimchasini qo’llagan holda so’zlar yasang.
Yangi mavzu:
“Yer chopil – javob topildi” she’ri
She’rni ifodali o’qing – Bezovta qilmang, – Deya onamga, Dars tayyorlashga Kirdim xonamga. Boshimni qashib, Rosa o‘tirdim.
Ko‘p misollarni Yozdim, o‘chirdim. Xayol otlari Uchishib chaqqon, Tutqich bermayin, Qochdilar har yon. Masala qurg‘ur Yechilmaydi hech.
She’rni ifodali o’qing Go‘yo ochildi Fikrimga yo‘lim. Barcha savolga Javob topildi. Shu bahonada Yer ham chopildi. Po‘lat Mo‘min
Bunday qarasam, Bo‘lib borar kech. Cho‘kib o‘tirmay, Hovliga chiqdim, So‘ng yerni chopib, Rosa chiniqdim. Birozdan keyin Yorishdi ko‘nglim.
- She’rdagi qahramon nega diqqatini jamlab dars qila olmadi? Unga nimalar xalal berdi? 2. U nega hovliga chiqishga qaror qildi? 3. Uning ko‘ngli nega yorishdi? 4. Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatning farqi nimada? 5. She’rni yod oling.
7. Ajratib ko‘rsatilgan satrlarni o‘z nutqingizga aylan- tirib yo zing. She’r satrlari bilan yozgan gapingiz o‘rtasida qanday farqni sezdingiz? Qaysi biri ta’sirli? Nima uchun? - 8. She’rdagi qofiyadosh so‘zlarni aniqlang, ularni jufti bi- lan yozing.
Uyga vazifa
She’rni yoddan aytib bering.
BARAKALLA, BOLAJONLAR!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |