Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma’ruza rejasi


O‘rta asrlar yevropasida falsafiy tafakkurning rivojlanish xususiyatlari


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/60
Sana31.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1142839
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60
Bog'liq
1-мавзу маърузаси

O‘rta asrlar yevropasida falsafiy tafakkurning rivojlanish xususiyatlari. 
XVI asrgacha G‘arb va Sharq falsafiy tafakkuri har biri
o‘zyo‘lida rivojlangan : arab musulmon Sharqida va Ispaniyaning
arablar istilo qilgan qismida falsafaga dinning ta'siri yevropa va Sharqiy 
Osiyodagidan kamroq bo‘lgan. Bu davrda arab musulmon fani rivojlanishda yevropa fanidan
ancha ildamlab ketgan. Xitoyda ham fan, garchi din ta'siri ancha kuchli bo‘lsa-da, 
yevropadagidan ilg‘orroq bo‘lgan. Ayrim Sharq faylasuflari o‘z asarlarini antik davr mutafakkiri
Demokritning atomlar haqidagi ta'limoti, Empedoklelementlari, Pifagor matematikasi, Platon
g‘oyalari, Aristotelning falsafiy va tabiiy-ilmiy merosi, ayniqsa uning mantiq tizimi ta'sirida
vujudga kelgan ilmiy – falsafiy an'ana ruhida yaratganlar.
Yevropa falsafasida materialism o‘rta asrlarda Sharqdagidek keng tarqalmagan 
va madaniyatga kuchli ta'sir ko‘rsatmagan. U sxolastikada realism bilan bir qatorda paydo 
bo‘lgan nominalistik falsafa ko‘rinishida rivojlangan va avval ayrim narsalar va hodisalar, 
so‘ngra ularning in'ikoslari narsalarning nomlari sifatida talqin qilinuvchi umumiy 
tushunchalarda mavjud, degan g‘oyadan kelib chiqqan. Ammo falsa fani ilohiyotga qaram 
qilishga harakat qilgan din mafkuraning hukmron shakli sanalgan.
Ilk o‘rtaasrlarda falsafiy tafakkur rivojlanishining asosiy shakllari apologetika
va patristika bo‘lgan. Yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo va Shimoliy Afrikaning 
ellinlashgan markazlarida xristianlikning tarqalishi boshqa diniy va falsafiy oqimlar bilan 
qattiq kurash jarayonida yuz bergan. Bunda xristianlikka qarshi neoplatonizm falsafasidan keng 
foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika xristianlikni asoslash va himoya qilish falsafasi 
sifatida vujudga kelgan.
Apologetika ortidan «cherkov otalari» ning falsafiy ta'limoti – patristika (lot. 
pater – ota) paydo bo‘lgan. Patristikaning eng yorqin vakili Gippon (Shimoliy Afrika) dagi 
yepiskop Avliyo Avgustin (354-430) dir. U o‘rta asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy 
ijodning keyingi davrlardagi ko‘pgina vakillariga kuchli ta'sir ko‘rsatgan. 
Avgustin «haqiqiy falsafa va haqiqiy din» ni bir deb hisoblagan. Xristianlik 
asoslarini u Platon falsafasidan topishga harakat qilgan. Uning fikricha, Platon g‘oyalari – «bu 
ijodkor ijodga kirishish oldidan yuritgan mulohazalar »
40
dir. Xudo dunyoni yo‘qlikdan yaratgan. 
Inson panoh topishining asosiy yo‘li uning xristian cherkoviga mansubligidir. Xristian cherkovi 
«ilohiy shahar» ning yerdagi vakilidir. Avgustin inson faoliyatining ikki qarama-qarshi turini 
tahlil qiladi: birinchi – «dunyoviy shahar», ya'ni «Xudoga nisbatan nafrat darajasiga ko‘tarilgan 
o‘z-o‘ziga bo‘lgan muhabbatga» asoslangan davlatchilik; ikkinchi – «o‘z-o‘ziga nisbatan nafrat 
darajasiga ko‘tarilgan Xudoga bo‘lgan muhabbat» ga asoslangan «ilohiy shahar». Avgustinning 
eng mashhur: «Ilohiy shahar», «Insoniy shahar», «Tavba» kabi asarlari mavjud. 
40
Avgustin \\ Vsemirnaya ensiklopediya. –M.: Sovremenniy literator, 2001. –S. 11. 


Avgustin ikki muhim muammo: shaxs dinamikasi va kishilik tarixi dinamikasi 
muammolarini yechishga harakat qiladi. U «Tavba» asarida shaxsning o‘zligini, uning ruhiy 
holatlarini o‘rganadi.
Avgustin shaxsning ichki dunyosini uning go‘daklik yillaridan boshlab inson
xristian sifatidashakllanadigan davrgacha tavsiflaydi. U shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatishning
har qanday shakllarini maktabda bolaga zo‘rlik ishlatishdan davlat darajasida zo‘rlik 
ishlatishgacha) qoralaydi. Avgustin shaxs erkinligi muammosini ilgari suradi. Oradan bir 
necha asrlar o‘tgach, ayni shu muammo ekzistensializm vakillaridan Avgustin falsafasiga
nisbatan qiziqish uyg‘onishiga sabab bo‘ldi. Avgustin inson sub'ektiv tarzda erkin harakat 
qiladi, lekin uning barcha harakatlarini u orqali Xudo bajaradi, deb hisoblagan. Xudoning
borlig‘ini insonning o‘zligidan, inson tafakkurining o‘z-o‘zi uchun ishonchliligidan keltirib 
chiqarish mumkin.Avgustin shaxs uchun o‘zlikning rolini ko‘rsatib berdi. Zero «Men» - tashqi 
dunyodan ajralibchiqadigan va hatto undan «berkinib» oladigan intim mavjudot. Avgustin inson 
o‘z «Meni» ni qanday kashf etadi, degan savolga javob topishga harakat qiladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling