Sana: 16.12.2020.
Sinf: 6-a sinf.
Fan: Tarix
Dars mavzusi: Miloddan avvalgi III – milodiy II asrlarda Xitoy
I. Darsning maqsadi:
a)Ta’limiy maqsad: Xitoyda markazlashgan davlatning tashkil topishi, Buyuk Xitoy devori, Xitoyda yuz bergan xalq qo’zg’olonlari, Qadimgi Xitoy madaniyati haqida ma’lumot berish;
b)Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda qadimgi Xitoy davlati, madaniyati va ahamiyatli ixtirolari haqida tushunchalar paydo etish;
c) Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarning diqqatini, xotirasini, erkin fikrlashini, og`zaki nutqini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish;
II. Tayanch kompetensiya elementlari:
Kommunikativ kompetensiya: o`z fikrini og`zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, savollarga mantiqan javob berish.
O`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasi: shaxs sifatida doimiy ravishda o`z-o`zini rivojlantirish, ma`naviy va intelektual kamolotga intilish,o`zini nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |