Sinf: 6-a sinf. Fan: Tarix Dars mavzusi: Miloddan avvalgi III – milodiy II asrlarda Xitoy I. Darsning maqsadi
Download 1.23 Mb.
|
Xitoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
- Ma’lumotlar Hindiston Xitoy
- Yangi mavzu bayoni: Markazlashgan davlatning tashkil topishi. Mil. avv. 246-yilda
- Xitoyda xalq qo‘zg‘olonlari. Mil. avv. 206-yilda
- Qadimgi Xitoy madaniyati.
- IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
- V. Dars yakunini chiqarish
- Uyga vazifa.
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilar tayyorgarligini tekshirish, o’quvchilar e’tiborini darsga jalb qilish. 3 guruhga bo’lish: 1) Hindiston 2) Xitoy 3) Mesopatamiya II.O`tilgan mavzuni takrorlash: 1) O’quvchilarning o’tilgan mavzular bo’yicha o’zlashtirgan bilimlarini tekshirish maqsadida “Toifalash jadvali” metodidan foydalanaman. 3 guruhga Jadval tarqatiladi va 5 daqiqa vaqt beriladi. Jadvalda Hindiston va Xitoy haqida ma’lumotlar berilgan bo’lib, to’g’ri kelgan ma’lumotni “+” belgisi bilan belgilashi kerak.
2) “Bilimlar imorati” metodi orqali o’tilgan mavzuni mustahkamlaymiz. Bunda 3 guruhdan bir o’quvchidan chiqib savollarga javob berishi kerak. Har bir to’g’ri javob orqali imorat quriladi.
Savollar: Hindiston sivilizatsiyalari qaysi daryolar bo’yida vujudga kelgan? Hindistondagi eng yirik shaharlar? Hindistonda donishmandlik xudosi? Xitoy sivilizatsiyalari qaysi daryolar bo’yida vujudga kelgan? Xitoyda ilk davlat qachon va qayerda vujudga kelgan? Xitoyliklarning asosiy dehqonchilik ekinlari qaysilar? Xitoyda “ko’p podsholiklar” davri qaysi asrlarda yuz bergan? Xitoy aholisining asosiy mashg’ulotlaridan biri? Qadimgi hind aholisi necha tabaqaga bo’lingan? Kshatriylar – kimlar? Maurya davlatiga kim asos slogan? Maurya davlatining poytaxti? Hindistonda qaysi o’yin ixtiro qilingan? Buddaviylik diniga kim asos solgan? “Chjou” davlati hukmdorlari o’zlarini kim deb nomlagan? Mil.avv. VII-VI asrlarda Hindistonda qaysi davlalar vujudga kelgan? Yangi mavzu bayoni: Markazlashgan davlatning tashkil topishi. Mil. avv. 246-yilda Xitoyni o‘z hokimiyati ostida birlashtirgan hukmdor Sin Shixuandi nomini qabul qilgan. Bu nom «Sinning birinchi hukmdori» degan ma’noni bildiradi. O‘z davlati hududini 36 viloyatga taqsimlagan hukmdor har biriga noiblarini rahbar etib tayinladi. Sin Shixuandi hali tirikligidayoq o‘ziga atab maqbara qurishga farmon bergandi. Hashamati va bezaklari jihatidan bu maqbara Misr piramidalari bilan bellasha oladi. Maqbarani 720 ming odam 37 yil mobaynida bunyod etgan. Maqbara bir necha kvadrat kilometr maydonga joylashgan. Sin Shixuandi qabridan hukmdorni «qo‘riqlash» uchun o‘rnatilgan 6 mingta sopol askarlar haykallari topilgan. Sin Shixuandi o‘z davlatini ko‘chmanchi xunnlarning hujumlaridan himoya qilish uchun Shimoliy Xitoy bo‘ylab qurilgan mudofaa devorini yanada mustahkamlashni buyurgan. Devorni qurish ishlari dastlab mil. avvalgi IV asrda boshlangan. Bu devor tarixda Buyuk Xitoy devori deb atalgan. Uning balandligi 6-10 metr, qalinligi 5-8 metr, uzunligi esa qariyb 4000 kilometrni tashkil etadi. U qadim zamonlarda dushman qo‘shinlari uchun jiddiy to‘siq bo‘lib xizmat qilgan: otliq qo‘shinlar undan oshib o‘ta olmas, qal’alarni hujum bilan zabt etishni esa ko‘chmanchilar hali uddalay olishmasdi. Podsho va amaldorlar devor qurilishida minglab dehqonlarni majburan ishlatganlar. Xitoyda xalq qo‘zg‘olonlari. Mil. avv. 206-yilda Sin sulolasiga qarshi dehqonlar qo‘zg‘oloniga Lyu Ban boshchilik qilgan. Qo‘zg‘olonchilar poytaxtni egallab oladilar. Shu tariqa Sin podsholigi tugatildi va Xan sulolasi hukmronligida yangi davlat barpo etildi. Bu sulola davlati U-Di hukmronligi davrida eng qudratli davlatga aylandi. Sharqning boshqa davlatlaridagi kabi Xitoyda ham mavjud yerlar hukmdorniki hisoblangan, aholi soliqlar to‘lab, turli mehnat majburiyatlarini bajarishgan. Og‘ir mehnat evaziga yetishtirilgan hosil ko‘pincha dehqonning o‘ziga nasib etavermasdi. Jabr-zulm hamisha xalqning noroziligini kuchaytirib yuboradi. Davlatning turli joylarida qo‘zg‘olonlar boshlanib ketadi. Ulardan biri milodning boshlarida «qizil qoshlilar»qo‘zg‘oloni nomini olgandi, chunki qo‘zg‘olon ko‘targanlar o‘z odamlarini chalkashtirib qo‘ymaslik uchun qoshlarini qizil rangga bo‘yab olgan edilar. «Sariq ro‘mollilar» qo‘zg‘oloni II asrdagi eng yirik isyon bo‘ldi. Qo‘zg‘olon butun mamlakatni qamrab oldi. Faqat hukmdorning yaxshi qurollangan va harbiy ta’lim ko‘rgan qo‘shinlarigina uni bostirishning uddasidan chiqishdi. Xunnlar hujumlari kuchayishi bilan davlat ham zaifl ashdi. Milodiy III asrda Xan davlati uchta podsholikka parchalanib ketdi. Qadimgi Xitoy madaniyati. Qadimgi Xitoyda o‘ziga xos yuksak madaniyat yaratilgan. Mahalliy aholining kundalik hayoti ziroatchilik, hunarmandchilik, binokorlik va boshqa sohalar bilan bog‘liq bo‘lib, ilmiy bilimlarning rivojlanishini taqazo etgan. Shu tariqa matematika, astronomiya va geografi ya fanlari rivoj topgan. Shuningdek, qadimiy xitoyliklar me’morchilik va haykaltaroshilik sohalarida katta yutuqlarga erishganlar. Qadimgi Xitoyda so‘z va jumlalarni ifodalagan iyeroglif yozuvi mavjud bo‘lgan. Avvaliga xitoyliklar bambuk taxtachalarga yozishgan. Bundan 2,5 ming yil muqaddam yozuv uchun bambuk o‘rnida shoyidan foydalanishga o‘tildi. Shoyi matolariga mo‘yqalam bilan yozilgan. Endi kitob uzun shoyi parchasiga o‘xshar va tayoqchaga o‘ralardi. Mil. avv. I asrda esa qog‘oz ixtiro qilindi. Xitoyliklarning eng ajoyib ixtirolaridan biri kompas bo‘lgan. U magnitlangan temirdan yasalgan uzun dastali katta qoshiqni eslatar edi. Bu moslamani kataklarga ajratilgan zarhallangan yog‘ochga o‘rnatishgan, uning dastasi esa hamma vaqt janubni ko‘rsatgan. Xitoyda zilzilani oldindan aniqlab beruvchi seysmograf ham ixtiro qilingan. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash. 1) Yangi mavzuni mustahkamlashda bilimlarimizga tayangan holda “Yangi yil archasi”ni bezaymiz. Savol-javob kartochkalaridan foydalanamiz. 1. Sinning birinchi hukmdori? 2. Sin Shixuandi davlat hududini necha viloyatga taqsimlagan? 3. Sin Shixuandi maqbarasi necha yil davomida qurilgan? 4. Hukmdorni “qo’riqlash” uchun nechta sopol askarlar o’rnatilgan? 5.Buyuk Xitoy devori qanday maqsadda qurilgan? 6. Devorni qurish ishlari qachondan boshlangan? 7. Buyuk Xitoy devorining balandligi necha metr? 8. Buyuk Xitoy devorining qalinligi necha metr? 9. Buyuk Xitoy devorining uzunligi necha km? 10. Xitoyda Lyu Ban boshchiligidagi dehqonlar qo’zg’oloni qachon bo’lib o’tgan? 11. Xan sulolasi hukmronligi qachondan boshlanadi? 12. Xitoyda qanday qo’zg’olonlar bo’lib o’tgan? 13. Milodiy III asrda Xan davlati nechta podsholikka parchalanib ketadi? 14. Qog’oz qachon ixtiro qilingan? 15.Xitoyliklar ixtirolarini sanab bering? 16. Xan davlati qaysi hukmdor davrida eng qudratli davlatga aylanadi? 2) “Rasmli savol-javob” metodi. O’quvchilar rasmlarga qarab ta’rif berishlari kerak. Bunda o’quvchilar guruh bilan birga, birin-ketin ta’rif bera boshlaydi. 3) “Zanjir” metodi. Bunda guruhlar o’zaro savol-javob o’tkazadi. To’xtab qolgan guruh o’yindan chiqib ketadi. Oxirigacha brogan guruh g’olib bo’ladi. V. Dars yakunini chiqarish: O’quvchilarda paydo bo’lgan savollarga javob berish. Guruhlarni rag’batlantirish va faol oquvchilarni baholash. O’quvchilarning baholarini eshittirish. Uyga vazifa. Yangi mavzuni o’qish, tayanch konspekt qilish. Mavzuga oid berilgan savol va topshiriqlarni bajarish. Mavzu bo’yicha test va krossvord tuzish topshiriladi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling