Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma’ruza rejasi


Dunyoni falsafiy idrok etishning o‘ziga xos xususiyati


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/60
Sana31.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1142839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Bog'liq
1-мавзу маърузаси

Dunyoni falsafiy idrok etishning o‘ziga xos xususiyati, dunyoni bilish, sezish, ko‘rish 
va tushunishning butunlay yangi sohasi – falsafavujudga kelishida namoyon bo‘ladi. Darhaqiqat 
falsafa – bu nafaqat u yoki bu odam dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong shakli, odamlar 
borlig‘i va bilishining umumiy tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks etuvchi, tabiat, 
jamiyat, tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf etiluvchi va ta’riflanuvchi ma’naviy 
faoliyatdir. YA’ni bu dunyoga va insonning undagi o‘rniga nisbatan qarashlarning umumiy 
tizimidir. Bunday qarashlar zamirini savollar va insonning ularga javob topish istagi yotuvchi 
oqilona yo‘l bilan olingan bilimlar majmuini tashkil etadi. Ammo bilish shunday bir tabiatga 
egaki, bir savolga javob ko‘pincha boshqa bir talay savollarni yuzaga keltiradi va ba’zan 
muammoga nafaqat oydinlik kiritmaydi, balki uni yanada chigallashtirib, insonning 
qiziquvchanligini oshiradi va yangi tadqiqotlarga da’vat etadi. Xullas, bunda ijod, tinimsiz 
izlanish, yangilikka intilish muhim o‘rin egallaydi.
Falsafaning asosiy masalalari. Falsafani o‘rganayotgan har bir odamda falsafada 
qolgan barcha muammolarga nisbatan ustunroq ahamiyat kasb etadigan, ya’ni muhimroq
asosiyroq hisoblanadigan masalalar, muammolar mavjud yoki mavjud emasligiga qiziqish 
ertami, kechmi albatta yuzaga keladi. Bu mavzu nafaqat boshlovchi, balki professional 
faylasuflar uchun ham diqqatga sazovordir. Ularning orasida kimdir bu mavzuga jiddiy e’tibor 
beradi, kimdir esa, aksincha, uni muhim deb hisoblamaydi. Falsafaning uzoq tarixiga umumiy 
nazar tashlasak, olam va insonning kelib chiqishi, rivojlanishi va mohiyatiga, shuningdek, 
hayotning ma’nosi, inson bilishining tabiatiga tegishli «boqiy» falsafiy muammolar deyarli 
barcha falsafiy ta’limotlarda u yoki bu tarzda mavjudligini, turli falsafiy asarlarda, ular aynan 
kimga qarashliligi va qaysi davrga mansubligidan qat’iy nazar, qisman yoki, aksincha, atroflicha 
muhokama qilinishining guvohi bo‘lishimiz mumkin.  

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling